1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet33/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

57-§. GULXAYRIDOSHLAR OILASI.

1. Gulxayridoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk(3)+(5)Gt5Ch()U().


2. Gulxayridoshlar oilasining vakillar qayerda o‘sadi? J: asosan tropik, qisman mo‘tadil iqlimli mintaqalarda.
3. Gulxayridoshlarni yer yuzida nechta turkumi bor? J: 70 ta.
4. Gulxayridoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 900 ta.
5. Gulxayridoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: asosan o‘tlar, qisman butalar va daraxtlar.
6. Gulxayridoshlarni poyasi qanday bo‘ladi? J: asosan tik.
7. Gulxayridoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, yonbargli, uzun bandli, panjasimon tomirli, butun yoki o‘yilgan, ko‘pincha panjasimon bo‘lakli.
8. Gulxayridoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri, ikki jinsli, barg qo‘ltig‘ida yoki shoxlar uchidagi to‘pgulda joylashgan.
9. Gulxayridoshlarni mevasi qanday bo‘ladi? J: 3-5 uyli ko‘sak yoki juda ko‘p bir urug‘li mevachalarga bo‘linadigan yig‘ma meva.
10. Yerbag‘ir tugmachagulning bo‘yini ayting? J: 10-40 sm.
11. Yerbag‘ir tugmachagulning hayotiy shaklini ayting? J: bir yillik begona o‘t.
12. Yerbag‘ir tugmachagulni qayerlarda uchratish mumkin? J: barcha sug‘oriladigan yerlarda, ariqlar bo‘yida va ekinlar orasida.
13. Yerbag‘ir tugmachagulni poyasi qanday bo‘ladi? J: sershox, yer bag‘irlab yoki yonboshlab o‘sadi.
14. Yerbag‘ir tugmachagulni barglari qanday bo‘ladi? J: uzun bandli, yaprog‘i deyarli yumaloq, cheti 5-7 ga bo‘lingan.
15. Yerbag‘ir tugmachagulni gullari qanday bo‘ladi? J: barg qo‘ltig‘ida o‘rnashgan.
16. Yerbag‘ir tugmachagulni tojibarglarini kosachabarglaridan farqini ayting? J: 2 marta uzun.
17. Yerbag‘ir tugmachagul qachon gullaydi? J: apreldan sentabrgacha.
18. Yerbag‘ir tugmachagulning mevasi qanday bo‘ladi? J: quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan yig‘ma meva.
19. Tugmachagulning tabobatdagi ahamiyatini ayting? J: quritilgan bargi, guli va urug‘i xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
20. Dorivor gulxayri qayerlarda o‘sadi? J: daryo va ko‘llar sohilidagi to‘qaylarda, sernam yerlarda.
21. Dorivor gulxayrining bo‘yini ayting? J: 70-150 sm.
22. Dorivor gulxayrining hayotiy shaklini ayting? J: ko‘p yillik o‘t.
23. Dorivor gulxayrining tabobatdagi ahamiyatini ayting? J: ildizidan tayyorlangan damlama ilmiy tabobatda yo‘talga qarshi ishlatiladi.
24. Jaydari go‘zaning ko‘saklari qanday bo‘ladi? J: mayda.
25. Jaydari go‘zaning tolasi qanday bo‘ladi? J: mallarang, qisqa va dag‘al.
26. Jaydari go‘zaning vatani qayer? J: Afrika.
27. Jaydari go‘zani hozirda qayerlarda uchratish mumkin? J: faqat tajriba maydonlarida.
28. Meksika g‘o‘zasining gullari qanday bo‘ladi? J: yakka, yirik, gultojbarglari och sariq, tubi qizil, dog‘siz.
29. Meksika g‘o‘zasining ko‘saklari qanday bo‘ladi? J: yirik, 4-5 chanoqli, yaxshi ochiladi.
30. Meksika g‘o‘zasining tolasi qanday bo‘ladi? J: mayin, uzun, oq, ba’zan qo‘ng‘ir rangda.
31. Meksika g‘o‘zasining vatani qayer? J: Markaziy Amerika.
32. Hozir O‘zbekistonda qaysi g‘o‘za turi asosida yetishtirilgan ko‘plab navlar ekiladi? J: Meksika g‘o‘zasi.
33. Misr g‘o‘zasining ikkinchi nomini ayting? J: Barbadoss g‘o‘zasi.
34. Misr g‘o‘zasining gullari qanday bo‘ladi? J: yakka, yirik, gultojbarglari sapsariq – limon rangida.
35. Misr g‘o‘zasining ko‘saklari qanday bo‘ladi? J: yirik, 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi.
36. Misr g‘o‘zasining tolasi qanday bo‘ladi? J: uzun, ipakka o‘xshash mayin, och sariq.
37. Misr g‘o‘zasining vatani qayer? J: Janubiy Amerika (Peru, Kolumbiya, Braziliya).
38. Gulxayridoshlarga mansub tolali o‘simliklarni ayting? J: g‘o‘za va kanop.
39. Kanop qaysi turkumga mansub? J: bo‘ritaroq turkumiga.
40. Gulxayridoshlar oilasiga oid Afrika savannalarining timsolini ayting? J: baobab.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling