1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
59-§. ITUZUMDOSHLAR OILASI.
1. Ituzumdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk(5)Gt(5)Ch5U1. 2. Ituzumdoshlar oilasini vakillar qayerda o‘sadi? J: mo‘tadil iqlimli mintaqalar va tropiklarda. 3. Ituzumdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar, qisman yarim butalar yoki butalar. 4. Ituzumdoshlarni poyasi qanday bo‘ladi? J: tik, yonboshlab yoki yotib o‘suvchi, ba’zan shakli o‘zgargan yer osti novdalarini hosil qiladi. M: kartoshkada. 5. Ituzumdoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, butun yoki bo‘lingan. 6. Ituzumdoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri, ba’zan biroz qiyshiq, ikki jinsli, yakka-yakka holda barglar qo‘ltig‘ida yoki poya va shoxlar uchidagi gajak to‘pgullarda joylashgan. 7. Ituzumdoshlarni changchilari qayerda o‘rnashgan? J: gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayda. 8. Ituzumdoshlarni mevasi qanday bo‘ladi? J: rezavor yoki ko‘sakcha. 9. Qora ituzumning hayotiy shaklini ayting? J: bir yillik o‘t. 10. Qora ituzum qayerlarda uchratish mumkin? J: paxtazorlarda, polizlarda va boshqa ekinzorlarda, yo‘l yoqalarida. 11. Qora ituzumning bo‘yini ayting? J: 25-50 sm. 12. Qora ituzumning poyasi qanday bo‘ladi? J: sershox. 13. Qora ituzumning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, uzunchoq tuxumsimon. 14. Qora ituzumning gullari qanday bo‘ladi? J: oqish, shoxlari uchidagi to‘pgullarda 3 tadan 10 ta gacha gul joylashgan. 15. Qora ituzumning gul formulasini ayting? J: Gk(5)Gt(5)Ch5U1. 16. Qora ituzum qachon gullaydi? J: iyun oyi oxiridan to tupini sovuq urguncha. 17. Qora ituzumning mevasi qanday bo‘ladi? J: sharsimon rezavor meva. 18. Qora ituzum mevasining xalq tabobatidagi ahamiyati? J: C darmondoriga boy. 19. Qora ituzumning qachon pishadi? J: avgustning oxirida. 20. O‘zbekistonda ituzum turkumiga oid nechta tur o‘sadi? J: 10 ta. 21. Ituzum turkumiga oid qaysi turlar sabzavot ekini sifatida ko‘p ekiladi? J: kartoshka va baqlajon. 22. Ituzumdoshlardan keng tarqalgan begona o‘tlar qatoriga turkumlar kiradi? J: mingdevona va bangidevona. 23. Mingdevonaga xos xususiyatlarni ayting? J: qo‘lansa hidli, o‘ta zaharli, dorivor o‘simlik. 24. Bangidevonaga xos xususiyatlarni ayting? J: qo‘lansa hidli, o‘ta zaharli, dorivor o‘simlik. 25. Tamaki barglari ishlatilishini ayting? J: maxorka, papiros, sigara, zararli hasharotlarni nobud qiluvchi preparatlar va dorilar tayyorlashda. 26. Tamaki barglari tarkibida nima bo‘ladi? J: kishining asab va qon-tomir tizimiga zararli ta’sir qiluvchi zaharli modda – nikotin. 27. Ituzumdoshlarni Qizil kitobiga kiritilgan vakillarini ayting? J: faqat Oloy xiyoli. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling