1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
60-§. TOKDOSHLAR OILASI.
1. Tokdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk4-5Gt5,(5)Ch5U(2). 2. Tokdoshlar oilasini vakillar qayerda o‘sadi? J: asosan tropik va subtropik mintaqalarda. 3. Tokdoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 600 dan ortiq. 4. Tokdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: buta va daraxtlar. 5. Tokdoshlardagi jingalaklar nimadan hosil bo‘lgan? J: novda shaklini o‘zgarishidan. 6. Tokdoshlarning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, murakkab, uzun bandli, yonbargchali. 7. Tokdoshlarning gullari qanday bo‘ladi? J: mayda, to‘g‘ri, ikki yoki bir jinsli, rangsiz, ro‘vak to‘pgulga yig‘ilgan. 8. Tokdoshlarning mevasi qanday bo‘ladi? J: rezavor meva. 9. Madaniy tokning bo‘yini ayting? J: 2-4 (6-10) m. 10. Madaniy tokning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, uzun bandli, panjasimon bo‘lingan. 11. Madaniy tokning gullari qanday bo‘ladi? J: mayda, ikki jinsli, odatda murakkab shingil (bosh) to‘pgulga joylashgan. 12. Madaniy tok gulining tuzilishi oila gul tuzilishidan farqini ayting? J: 5 ta gultojbargi bir-biriga qo‘shilgan bo‘lib, urug‘chi va changchilarini ustidan qalpoqqa o‘xshab qoplab turadi va gul ochilishi paytida tushib ketadi. 13. O‘zbekistonda tokning necha navi o‘stiriladi? J: 500 ga yaqin. 14. O‘zbekistonda o‘stiriladigan tok navlarini ayting? J: kishmish, kattaqo‘rg‘on, qorago‘zal, daroyi, buvaki, hiloliy, qirmizi, husayni, sohibi, rizamat, toyipi, charos, soyaki, chillaki. 15. Beshyaproqli partenotsissus qayerlarda ekiladi? J: yozgi oshxona va choyxonalar, dala shiyponlari va ayvonlar oldida. 16. Beshyaproqli partenotsissusning ikkinchi nomini ayting? J: yovvoyi uzum. 17. Beshyaproqli partenotsissusning poyasi qanday bo‘ladi? J: ingichka, uzun jingalaklari bilan ilashib tikkasiga 10-15(20) metrgacha ko‘tarila. 18. Beshyaproqli partenotsissusning barglari qanday bo‘ladi? J: panjasimon murakkab. 19. Beshyaproqli partenotsissusning nimasi toknikiga o‘xshaydi? J: gulining va mevasining tuzilishi. 20. Beshyaproqli partenotsissusning vatanini ayting? J: Shimoliy Amerika. 21. Terakbargli liftok qayerlarda o‘sadi? J: Respublikamizni janubiy viloyatlaridagi tog‘larni toshloq va qoyali yonbag‘irlarida. 22. Terakbargli liftokning hayotiy shaklini ayting? J: yotib o‘suvchi buta. 23. Terakbargli liftokning barglari qanday bo‘ladi? J: butun, cheti yirik tishli. 24. Terakbargli liftokning guli qanday bo‘ladi? J: toknikiga o‘xshash. 25. Terakbargli liftokning mevasi qanday bo‘ladi? J: qora, mayda, rezavor meva, iste’mol qilishga yaramaydi. 26. Tokdoshlarni Qizil kitobiga kiritilgan vakillarini ayting? J: tabiiy tok. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling