1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


BIR URUG‘PALLALI O‘SIMLIKLAR SINFI (LOLASIMONLAR)


Download 135.01 Kb.
bet38/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

BIR URUG‘PALLALI O‘SIMLIKLAR SINFI (LOLASIMONLAR).

1. Bir urug‘pallali o‘simliklar sinfiga necha oila kiradi? J: 67 ta


2. Bir urug‘pallali o‘simliklar sinfiga necha tur kiradi? J: 58 000 ga yaqin.


64-§. LOLADOSHLAR OILASI.

1. Loladoshlarni gul formulasini ayting? J: Og3+3Ch3+3U(3).


2. Loladoshlar oilasini vakillar qayerda o‘sadi? J: dunyoning deyarli hamma qismidagi cho‘l, adir va tog‘larda.
3. Loladoshlar oilasining qancha turi mavjud? J: 400 ga yaqin.
4. Loladoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: ildizpoyali, piyozboshli ko‘p yillik o‘tlar va qisman butasimon o‘simliklar.
5. Loladoshlarning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, butun, parallel yoki yoysimon tomirli, shakli nashtarsimon, tasmasimon yoki ellipssimon bo‘lib, poyada ketma-ket o‘rnashgan.
6. Loladoshlarning gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri, ikki jinsli, yakka-yakka yoki to‘pgulda joylashgan.
7. Loladoshlarning mevasi qanday bo‘ladi? J: ko‘sakcha yoki rezavor meva.
8. Qizil lolani qachon va qayerda uchraydi? J: aprelning oxiri — mayning boshlarida adir va tog‘larning quyi qismidagi yonbag‘irlarda.
9. Qizil lolani bo‘yini ayting? J: 20-45 sm.
10. Qizil lolani barglari qanday bo‘ladi? J: 3-4 dona, ustida to‘q binafsha rangli dog‘lari bor.
11. Qizil lolani gullari qanday bo‘ladi? J: bitta, yirik, sarg‘ish-qizil, pastki qismi qora dog‘li.
12. Qizil lolani changchilari qanday bo‘ladi? J: iplari qora, changdonlari sariq.
13. Qizil lolani mevasi qanday bo‘ladi? J: 3 chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha.
14. Qizil lola nimasidan ko‘payadi? J: urug‘idan va piyozboshidan.
15. O‘zbekistonda lolalarning nechta turi uchraydi? J: 23 ta.
16. Lolalarni necha turi O‘zbekistonni Qizil kitobiga kiritilgan? J: 23 turi.
17. Boychechakning bo‘yini ayting? J: 10-15 sm.
18. Boychechakning qaysi qismlari ingichka bo‘ladi? J: poyasi va bargi.
19. Boychechakning hayotiy shaklini ayting? J: piyozboshli ko‘p yillik o‘t.
20. Boychechakning gullari qanday bo‘ladi? J: sariq yoki och sariq.
21. Boychechakning nimasi lolanikiga o‘xshaydi? J: guli va mevasini tuzilishi.
22. O‘zbekistonda boychechak turkumining necha turi o‘sadi? J: 30 ga yaqin.
23. Loladoshlarni yovvoyi holda o‘sadigan qaysi vakillari mavjud? J: olg‘i va xolmon.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling