1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
-§. BURCHOQDOSHLAR (DUKKAKDOSHLAR) OILASI
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
58-§. BURCHOQDOSHLAR (DUKKAKDOSHLAR) OILASI.
1. Burchoqdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk(5)Gt1+2+(2)Ch(9)+1U1. 2. Burchoqdoshlar oilasining vakillar qayerda o‘sadi? J: Yer sharining deyarli barcha qismida. 3. Burchoqdoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 12000 ga yaqin. 4. Burchoqdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir, ikki va ko‘p yillik o‘t, ular orasida qisman yarim buta, buta va daraxtlar uchraydi. 5. Burchoqdoshlarni ildizi qanday bo‘ladi? J: o‘q ildiz tizimli va ildizida tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechirib, ular shu o‘simliklar ildizida yashab havodagi erkin azotni o‘zlashtiradi. Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. 6. Burchoqdoshlarni poyasi qanday bo‘ladi? J: tik o‘suvchi, ilashuvchi, o‘raluvchi yoki yotib o‘suvchi. 7. Burchoqdoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: ko‘pincha murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o‘rnashgan. 8. Burchoqdoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: qiyshiq, ikki jinsli, shingil, bosh(kallak)cha xilidagi to‘pgulga joylashgan. 9. Burchoqdoshlarni gulkosachasi qanday bo‘ladi? J: yarmigacha qo‘shilgan 5 ta. 10. Burchoqdoshlarni gultoji qanday bo‘ladi? J: kapalak shaklida bo‘lib, 5 ta: ustidagi yirikrog‘i «yelkan» yoki «bayroqcha»; ikki yonidagi «qanotcha» yoki «eshkak»; bir-biri bilan qo‘shilgan bir juft ostki gultojbarg «qayiqcha». 11. Burchoqdoshlarni mevasi qanday bo‘ladi? J: dukkak. 12. O‘tloq sebargasining bo‘yini ayting? J: 25-50 sm. 13. O‘tloq sebargasining hayotiy shaklini ayting? J: ko‘p yillik o‘t. 14. O‘tloq sebargasini barglari qanday bo‘ladi? J: uzun bandli, uch yaproqchali. 15. O‘tloq sebargasini gullari qanday bo‘ladi? J: mayda, 2-3,5 sm keladigan boshcha shaklidagi to‘pgulga joylashgan. 16. Tabiatda burchoqdoshlarni turli maqsadlarda ishlatiladigan qaysi turkumlarining turlari o‘sadi? J: isirg‘ao‘t, shirinmiya, oqquray, qashqarbeda, afsonak, astragal, burchoq, beda. 17. Burchoqdoshlarga oid qaysi madaniy o‘simliklar alohida ahamiyatga ega? J: mosh, no‘xat, loviya, soya va yasmiq. 18. Yeryong‘oq qayerlarda uchraydi? J: Respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida. 19. Yeryong‘oqning vatanini ayting? J: Braziliya. 20. Yeryong‘oqning hayotiy shaklini ayting? J: bir yillik o‘t. 21. Yeryong‘oqni barglari qanday bo‘ladi? J: juft patsimon murakkab. 22. Yeryong‘oqni gullari qanday bo‘ladi? J: to‘q sariq. 23. Yeryong‘oqni dukkagi qanday bo‘ladi? J: cho‘ziq. 24. Yeryong‘oqni mevasi qanday hosil bo‘ladi? J: gullari changlanib va urug‘lanib bo‘lgach, gulli novdalari qayrilib tuproq ichiga kiradi va meva hosil qiladi. 25. Burchoqdoshlarni qaysi vakillari Respublikamizda manzarali daraxt sifatida ekiladi? J: tuxumak (Yapon saforasi), tikan daraxt (gledichiya) va oq akatsiya. 26. Burchoqdoshlar oilasiga oid necha tur Qizil kitobiga kiritilgan? J: 60 tur. 27. Astragal turkumiga oid necha tur Qizil kitobiga kiritilgan? J: 37 tur. 28. Oksitrops turkumiga oid necha tur Qizil kitobiga kiritilgan? J: 13 tur. 29. Tangao‘t turkumiga oid necha tur Qizil kitobiga kiritilgan? J: 8 tur. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling