1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
55-§. KARAMDOSHLAR OILASI.
1. Karamdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk4Gt4Ch4+2U(2). 2. Karamdoshlar oilasining vakillar qayerda o‘sadi? J: Yer sharining deyarli barcha qit’alarida. 3. Karamdoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 3000 ga yaqin. 4. Karamdoshlar oilasi vakillarini hayotiy shakllarini ayting? J: bir, ikki va ko‘p yillik o‘tlar. 5. Karamdoshlarni poyasi qanday bo‘ladi? J: tik o‘suvchi. 6. Karamdoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, yonbargsiz, butun yoki qirqilgan, poyada ketma-ket o‘rnashgan. 7. Karamdoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri va ikki jinsli, shingil to‘pgul. 8. Karamdoshlarni mevasi qanday bo‘ladi? J: qo‘zoq yoki qo‘zoqcha, ko‘pincha tubidan ikki pallaga bo‘linib ochiladi. 9. Qo‘zoq – …? J: bo‘yi enidan 3 marta va undan ham uzun. 10. Qo‘zoqcha – …? J: bo‘yi eni bilan bir xil yoki 2 marta uzun. 11. Karamdoshlarga mansub yovvoyi turlarning ko‘pchiligi qayerda tarqalgan? J: bahorda cho‘llarda, tog‘ etaklaridagi qirlarda tarqalgan. 12. Jag‘-jag‘ning bo‘yi qancha? J: 10-30 sm. 13. Jag‘-jag‘ning barglari qanday bo‘ladi? J: ildiz bo‘g‘izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon, qirqilgan poyadagilari bandsiz. 14. Jag‘-jag‘ning gullari qanday bo‘ladi? J: poyada shingil to‘pgul hosil qiladi. 15. Jag‘-jag‘ning gul formulasini ayting? J: Gk4Gt4Ch4+2U1. 16. Oddiy jag‘-jag‘ qachon gullaydi? J: mart oyidan boshlab mayning oxirigacha. 17. Jag‘-jag‘ning mevasi qanday bo‘ladi? J: qo‘zoqcha. 18. O‘zbekistonda jag‘-jag‘ turkumiga oid nechta tur o‘sadi? J: faqat bitta — oddiy jag‘-jag‘. 19. Oddiy jag‘-jag‘ tarkibida nimalar bor? J: «С» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalari. 20. Oddiy jag‘-jag‘ni ishlatilishini ayting? J: erta ko‘klamda to‘pbarglari ovqatga ishlatiladi. 21. Jag‘-jag‘ning tabobatdagi ahamiyati? J: yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi. 22. O‘zbekistonda karamdoshlarga oid sabzavot ekinlariga misol ayting? J: karam, sholg‘om, rediska va turp. 23. Karamdoshlarning necha turi Qizil kitobiga kiritilgan? J: 8 ta. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling