1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


-§. QIRQQULOQLAR (QIRQQULOQTOIFA) BO‘LIMI


Download 135.01 Kb.
bet28/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

44-§. QIRQQULOQLAR (QIRQQULOQTOIFA) BO‘LIMI.

1. Qirqquloqlarning yer yuzida necha turi mavjud? J: 10 000 ga yaqin.


2. Qirqquloqlarning hayotiy shakli qanday? J: ildizpoyali ko‘p yillik o‘t.
3. Qirqquloqlarning daraxtsimon vakillari qayerda uchraydi? J: tropik va subtropik mintaqalarda.
4. Qirqquloqlarning barglari qanday tuzilishga ega? J: bir to‘p patsimon qirqilgan uzun barglari o‘sib chiqadi. Yosh barglarning uchi o‘ralgan bo‘lib, barg o‘sgan sari yozila boradi.
5. Qirqquloqlar qirqbo‘g‘imdan nimasi bilan farq qiladi? J: bargining yirikligi va spora beruvchi boshoqlarining bo‘lmasligi bilan.
6. Qirqquloqlarning sporasi qayerda yetiladi? J: barglarining ostki tomonida yoki chetida joylashgan qo‘ng‘ir rangli bo‘rtma (sorus)lar ichiga joylashgan sporangiylarda yetishadi.
7. Qirqquloqlar qanday yo‘llar bilan ko‘payadi? J: jinssiz va jinsiy bo‘g‘inlarning gallanishi bilan.
8. Qirqquloqlarning sporasi qanday tarqaladi? J: shamol yoki suv yordamida tarqaladi.
9. Qirqquloqlar gametafiti qanday tuzilishga ega? J: bo‘yi 1 sm keladigan, yashil, yupqa va yuraksimon bo‘lib, pastki qismidagi rizoidlari bilan tuproqqa yopishib turadi.
10. Qirqquloqlar spermatozoidi qanday tuzilishga ega? J: ko‘p xivchinli harakatchan.
11. Qirqquloq zigotasidan nima hosil bo‘ladi? J: sporofit.
12. Qirqquloqlarning vegetativ ko‘payishi nimasi orqali amalga oshadi? J: ildizpoyalari orqali.
13. Qirqquloqlar asosan O‘zbekistonning qayerlarida uchraydi? J: tog‘lardagi o‘rmonlarda, qoyalar soyasida, g‘orlar ichidagi sernam tuproqlarda.
14. Qirqquloqlarning O‘zbekistonda uchraydigan turlariga misol? J: zuxrasoch va suv qirqqulog‘i.
15. Zuxrasoch qirqqulog‘ining hayotiy shakli qanday? J: ildizpoyali ko‘p yillik o‘t.
16. Zuxrasoch qirqqulog‘ining barglari qanday tuzilishga ega? J: keng nashtarsimon, uzunligi 10−40 sm, 2−3 karra patsimon bo‘lingan va barg bo‘laklari qisqa bandli.
17. Suv qirqqulog‘ining hayotiy shakli qanday? J: bir yillik ildizsiz o‘simlik.
18. Suv qirqqulog‘i poyasi qanday tuzilishga ega? J: ingichka va kalta.
19. Suv qirqqulog‘i barglari qanday tuzilishga ega? J: poyadagi bo‘g‘imlarda uchtadan joylashgan bo‘lib, ikkitasi butun bo‘lib suv yuzasida, uchinchisi ipsimon qirqilgan bo‘lib suv ostida.
20. Suv qirqqulog‘ining soruslari qayerda joylashgan? J: suvdagi bargning asosida.
21. Suv qirqqulog‘ini o‘ziga xos belgisini ayting? J: sporalarini ikki xil bo‘lishi.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling