1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet26/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

42-§. YO‘SINLAR BO‘LIMI.

1. Yo‘sinlarning yer yuzida qancha turi bor? J: 20000 ga yaqin.


2. Yo‘sinlar qayerda o‘sishga moslashgan? J: sernam tuproqlarda.
3. Yo‘sinlarning ko‘payish usuli qanday? J: jinsiy va jinssiz bo‘g‘inlarning gallanishi.
4. Yo‘sinlar ko‘payishida qaysi bo‘g‘ini ustunlik qiladi? J: jinsiy bo‘g‘in.
5. Yo‘sinlar qaysi bo‘lim vakillaridan kelib chiqqan? J: suvo‘tlar.
6. Yo‘sinlarning bo‘yi qancha? J: 4-5 mm dan 40 sm gacha.
7. Ayrim yo‘sinlarni tana tuzilishi qanday bo‘ladi? J: xuddi suvo‘tlarni tanasiga o‘xshash, bargsimon tallomdan iborat.
8. Ko‘pchilik yo‘sinlarni tana tuzilishi qanday bo‘ladi? J: poya va barglarga bo‘lingan, lekin ularning ildizi bo‘lmaydi, ular tuproqqa rizoidlar orqali birikib turadi.
9. Yo‘sinlar yuksak o‘simliklardan qanday farq qiladi? J: ildizi va o‘tkazuvchi sistemalari yo‘qligi hamda ko‘payishida jinsiy bo‘g‘inni ustunlik qilishi bilan.
10. Yo‘sinlar nima bilan ko‘payadi? J: sporalar.
11. Yo‘sinlar jinsiy a’zolarini tuban o‘simliklarnikidan farqini ayting? J: ko‘p hujayrali bo‘lishi.
12. Yo‘sinlarni erkaklik jinsiy a’zosi nima? J: anteridiy.
13. Yo‘sinlarni urg‘ochilik jinsiy a’zosi nima? J: arxegoniy.
14. Yo‘sinlarni urug‘lanishi qanday amalga oshadi? J: faqat suvda harakatchan spermatozoidlar orqali.
15. Poyabargli qayerda tarqalgan? J: tundrada, botqoqlildar va zax yerlarda yer yuzini butunlay qoplab oladi.
16. Funariya yo‘sini qayerda keng tarqalgan? J: O‘rta Osiyo tekisliklarida.
17. Funariya yo‘sinining bo‘yini ayting? J: 1−3 sm.
18. Funariya yo‘sini necha uyli o‘simlik? J: bir uyli.
19. Funariya yo‘sinini qayerda ko‘rish mumkin? J: erta bahorda ariq bo‘ylarida, zax bosgan devorlarda, hovlilarning oftob kam tushadigan yerlarida, daraxt po‘stloqlarida.
20. Funariya yo‘sini poyasining tuzilishini ayting? J: ingichka, ketma-ket o‘rnashgan bargchalar bilan qoplangan va poyaning tubi tuproq ichiga rizoidlar chiqqan.
21. Funariya yo‘sini bargining tuzilishini ayting? J: bir qavat hujayralardan iborat va bu hujayralarida xlorofill donachalari bor.
22. Funariya yo‘sinining jinsiy a’zolari qayerda yetiladi? J: novdalarini uchida barglar orasida.
23. Funariya yo‘sinini spermatozoidining tuzilishini ayting? J: ikki xivchinli harakatchan.
24. Funariya yo‘sinini arxegoniysining tuzilishini ayting? J: kolba shaklida.
25. Funariya yo‘sini sporasidan nima rivojlanadi? J: gametafit.
26. Funariya yo‘sini zigotasidan nima rivojlanadi? J: sporafit.
27. Funariya yo‘sini sporafitining tuzilishini ayting? J: sporangiy band, sporangiy va spora.
28. Nam tuproqqa tushgan sporam qanday o‘zgarishga uchraydi? J: o‘sib, ko‘p hujayrali, shoxlangan, ingichka yashil iplarni beradi va bu ip shoxlarida kurtaklar paydo bo‘ladi. Har bir kurtakdan yangi funariya yo‘sini o‘sib chiqadi.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling