1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


-§. O‘SIMLIKLARGA EKOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI


Download 135.01 Kb.
bet22/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

37-§. O‘SIMLIKLARGA EKOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI.

1. Ekologik omil − ...? J: tashqi muhitning o‘simlik hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi ayrim tarkibiy qismi.


2. Ekologik omillar yig‘indisi o‘simliklarni nimasini belgilab beradi? J: yashash sharoiti ya’ni ularning tashqi muhitini.
3. Abiotik omillarga nimalar kiradi? J: tuproq, harorat, suv, yorug‘lik, havo.
4. Biotik omillarga nimalar kiradi? J: bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvonlar, o‘simliklar.
5. Yorug‘lik va harorat ta’sirida o‘simliklarda qanday muhim hayotiy jarayonlar sodir bo‘ladi? J: fotosintez, nafas olish, o‘sish, urug‘ning unishi va mevalarni pishishi.
6. Suv o‘simlik organizmining necha foizini tashkil qiladi? J: 60−90%.
7. Nima o‘simliklar yashash muhitidir? J: tuproq.
8. O‘simliklar bir-biriga ijobiy ta’siriga misol? J: yorug‘sevar o‘simliklar soyasevarlarga sharoit yaratadi.
9. O‘simliklar bir-biriga salbiy ta’siriga misol? J: parazit o‘simliklar ayrim yovvoyi va madaniy o‘simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
10. Parazit o‘simliklarga misol? J: zarpechak, devpechak, shumg‘iya.
11. O‘zidan uchuvchan modda ya’ni fitonsid ajratadigan o‘simliklarga misol? J: archa, qarag‘ay, terak.
12. Fitonsid − ...? J: zararli mikroorganizmlarni holdan toydiruvchi yoki hatto nobud qiluvchi modda.
13. Odamlar o‘simliklarga ijobiy ta’sirga misol? J: katta maydonlarda xilma-xil madaniy o‘simliklarni ekishi va yuqori hosil olishi, o‘rmonlarni tiklash, ochiq joylarga daraxtlar ekish, shahar va qishloqlarni ko‘kalamzorlashtirish kabilar.
14. Odamlar o‘simliklarga salbiy ta’sirga misol? J: o‘rmonlarni kesish, o‘simliklarni ildizi, tugunagi va ildizpoyasi bilan yig‘ish va o‘rish, mol boqish, suv omborlari qurish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, tashqi muhitni zararli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi kabilar.
15. Dunyo miqyosida dorivor o‘simliklarning qancha turi foydalaniladi? J: 1500 dan ortiq.


V BOB. O‘SIMLIKLAR SISTEMATIKASI.

1. O‘simliklar sistematikasi – …? J: bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o‘xshashlik darajasiga qarab o‘simliklar dunyosini ma’lum tartibga – sistemaga solish.


2. O‘simliklar sistematikasida o‘simliklarni nimalariga qarab sistematik birliklarga bo‘linadi? J: kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga.
3. O‘simliklar sistematikasida qaysi sistematik birliklar qabul qilingan? J: tur, turkum, oila, sinf (ajdod), bo‘lim va o‘simliklar dunyosi.
4. O‘simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik qaysi? J: tur.
5. Tur – …? J: hamma organlari bir-biriga o‘xshash, ma’lum maydonda uchraydigan o‘simliklar.
6. Turkum – …? J: bir-biriga yaqin turlardan iborat.
7. Fanda o‘simliklarni qanday nomlar bilan atash qabul qilingan? J: qo‘shaloq (ikki) nom bilan.
8. Binar nomenklatura – …? J: o‘simliklarni tur va turkumning nomlari bilan atash.
9. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo‘lib kim fanga kiritgan? J: Karl Linney.
10. Ra’nodoshlar oilasiga mansub turkumlarga misol ayting? J: bodom, olma, o‘rik, na’matak, do‘lana.
11. Oila – …? J: bir-biriga yaqin turkumlar qo‘shilishdan hosil bo‘ladi.
12. Sinf – …? J: ayrim belgilari bilan bir-biriga juda o‘xshagan va kelib chiqishi jihatidan yaqin bo‘lgan oilalar qo‘shilishdan hosil bo‘ladi.
13. Bir urug‘pallalilar sinfiga mansub oilalarga misol ayting? J: loladosh, bug‘doydosh (boshoqdosh), chuchmomadosh va b.
14. Ikki urug‘pallalilar sinfiga mansub oilalarga misol ayting? J: ra’nodoshlar, ituzumdoshlar, gulxayridoshlar va b.
15. Gulli o‘simliklar bo‘limi qaysi sinflarga bo‘linadi? J: bir va ikki urug‘pallalilar.
16. Gulli o‘simliklar bo‘limi yana qanday nomlar bilan ataladi? J: yopiq urug‘li o‘simliklar yoki magnoliya toifalar.
17. O‘simliklar sistematikasidagi eng katta birlik qaysi? J: o‘simliklar dunyosi.
18. O‘simliklar dunyosi qaysi bo‘limlardan iborat? J: yopiq urug‘lilar, ochiq urug‘lilar, qirqquloqtoifa, yo‘sintoifa, yashil suvo‘tlar va h.
19. Meksika go‘zasi qaysi bo‘limga kiradi? J: gulli o‘simliklar (magnoliya toifa).
20. Meksika go‘zasi qaysi sinfga kiradi? J: ikki urug‘pallalilar (magnoliyasimon).
21. Meksika go‘zasi qaysi oilaga kiradi? J: gulxayridoshlar.
22. Meksika go‘zasi qaysi turkumga kiradi? J: g‘o‘za.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling