1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


-§. SUVO‘TLAR. BIR HUJAYRALI YASHIL SUVO‘TLAR


Download 135.01 Kb.
bet23/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

39-§. SUVO‘TLAR. BIR HUJAYRALI YASHIL SUVO‘TLAR.

1. Suvo‘tlarning tanasi qanday tuzilgan? J: ildiz, poya, bargga bo‘linmagan.


2. Ko‘p hujayrali tuban o‘simliklar tanasi nima deyiladi? J: qattana yoki tallom.
3. Suvo‘tlar − ...? J: suvda yashaydigan, hujayralarida xlorofill donachalarini saqlaydigan va yorug‘lik ta’sirida organik moddalar hosil qiladigan tuban o‘simliklar.
4. Suvo‘tlarning qancha turi mavjud? J: 30000 ga yaqin.
5. Suvo‘tlar rangiga ko‘ra qanday xillari bor? J: ko‘k-yashil, sarg‘ish-yashil, yashil, qo‘ng‘ir, qizil va sariq rangli.
6. Suvo‘tlar suvdan tashqari qayerlarda uchraydi? J: zax tuproqlarda, sernam sharoitda o‘suvchi daraxtlar po‘stlog‘ida, to‘nkalarda, daryo yoqasidagi toshlar ustida.
7. «Gullab qolgan suv» − ...? J: yozda ariq, hovuzda uzoq turib qolgandan keyin yashil rangga kirib qolgan ko‘lmak suvlar.
8. Oddiy xlorella qaysi oilaga mansub? J: xlorelladoshlar.
9. Oddiy xlorella hujayrasining tuzilishi qanday? J: usti yupqa va mustahkam qobiq, ichida sitoplazma va yadro, undan tashqari xlorofill bilan yashil rangga bo‘yalgan – xromatofor bor.
10. Xromotofor − ...? J: yuksak o‘simliklar bargidagi xloroplast vazifasini bajaruvchi qismi.
11. Xromotofor vazifasini ayting? J: fotosintez qilish.
12. Xlorella suvni, karbonat angidridni va mineral tuzlarni qanday shimib oladi? J: po‘sti orqali.
13. Xlorella qaysi paytda jinssiz ko‘payishi qanday amalga oshadi? J: bunda ona hujayra ichidagi tirik qismlar 4 yoki 8 teng bo‘lakka bo‘linadi va bu bo‘laklarning har biri alohida qobiq bilan o‘ralib, mayda hujayrachalarga aylanadi. Ular suvga chiqadi va o‘sib mustaqil yashovchi xlorellaga aylanadi.
14. Yangi hosil bo‘lgan xlorella qancha vaqtdan keyin bo‘lina boshlaydi? J: bir kecha-kunduzdan keyin.
15. Bitta xlorella avlodi bir oy ichida ko‘payib, qanchagacha yetishi mumkin? J: bir necha milliongacha.
16. Xlorella kuz kelishi bilan qanday o‘zgarishga uchraydi? J: qalin, zich qobiqqa oralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi.
17. Bahorda xlorella sporasi ichidan nechta hujayra chiqadi? J: bir nechta (4).
18. Xlamidomanada qaysi oilaga mansub? J: xlamidomonadadoshlar.
19. Xlamidomanada qanday muhitda yashaydi? J: ko‘pincha iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi, ba’zan akvarium devorlarida ham o‘sadi.
20. Xlamidomanada hujayrasi qanday qismlardan iborat? J: qobig‘i, yadro, ko‘zcha, xivchin, qisqaruvchi vakuola, xromatofor.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling