1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
-§. MEVA VA URUG‘LARNING TARQALISHI
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-§. URUG‘LARNING UNIB CHIQISHI.
12-§. MEVA VA URUG‘LARNING TARQALISHI.
1. Meva va urug‘larning xilma-xilligi nima bilan bog‘liq? J: o‘simliklaming turi qancha ko‘pligi bilan. 2. Tabiatdagi o‘simliklar nimalar yordamida tarqaladi? J: shamol, hayvonlar, qushlar, hasharotlar, suv, odam. 3. Meva va urug‘larning tarqalishi ko‘p jihatdan ularning nima bilan bog‘liq? J: tuzilishi ya’ni morfologiyasi bilan. 4. Avtoxo‘r o‘simliklar − ...? J: meva va urug‘larini o‘z kuchi bilan tarqatadigan o‘simliklar. 5. Avtoxo‘r o‘simliklarga misol? J: xina, dukkakli o‘simliklar, burchoq, itqovun (o‘qotar bodring), yorongul. 6. Avtoxo‘r o‘simliklar urug‘ini qanday qilib tarqatadi? J: ularning urug‘i mevasi, ichki bosim, pallalarining chatnashi yoki buralishi hisobiga tashqariga otilib chiqadi. 7. Mevasi shamol bilan tarqaladigan o‘simliklarning mevasi qancha masofagacha uchib boradi? J: ayrim turlarining mevalari bir necha, hatto 50 va undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi. 8. Mevasi shamol yordamida bir tutam popuk (tuk)lar orqali tarqaladigan o‘simliklarga misol? J: terak, tol, qoqio‘t, qo‘g‘a. 9. Mevasi shamol yordamida qanotchalari orqali tarqaladigan o‘simliklarga misol? J: qayrag‘och, shumtol, saksovul, cherkez, boyalish, baliqko‘z, zarang, rovoch, jud. 10. Mevasi suv yordamida tarqaladigan o‘simliklarga misol? J: nilufar, g‘umay, kurmak, machin, qo‘ypechak, zarpechak, zubturum, qurttana. 11. Hayvonlar yordamida tarqaladigan o‘simliklar qanday moslanishlarni hosil qilgan? J: gajak, tikan, shira, hid, ozuqaligi. 12. Xorazmdan Amerikaga qaysi o‘simlikning urug‘i bedaga qo‘shilib borib qolgan? J: yantoq. 11-§. URUG‘LARNING UNIB CHIQISHI. 1. Urug‘larning unishi uchun qanday omillar zarur? J: namlik, havo, harorat. 2. Qaysi o‘simliklarning urug‘ +1°C da unib chiqadi? J: beda va javdar. 3. Qaysi o‘simliklarning urug‘ +2°C da unib chiqadi? J: no‘xat va rediska. 4. Qaysi o‘simliklarning urug‘ +3°C da unib chiqadi? J: bug‘doy. 5. Qaysi o‘simliklarning urug‘ +5°C da unib chiqadi? J: karam, sholg‘om va sabzi. 6. Qaysi o‘simliklarning urug‘ +8°C da unib chiqadi? J: makkajo‘xori. 7. Qaysi o‘simliklarning urug‘ +10°C da unib chiqadi? J: pomidor. 8. Qaysi o‘simliklarning urug‘ +12°C da unib chiqadi? J: g‘o‘za. 9. Qaysi o‘simliklarning urug‘ +15°C da unib chiqadi? J: qovun. 10. Yirik urug‘lar nimaga chuqurroq ekiladi? J: chunki yirik urug‘da oziq moddalari ko‘p bo‘ladi. 11. Qaysi o‘simliklar urug‘i kuzda ekiladi va buning sababi nimada? J: o‘rik, shaftoli, bodom kabi o‘simliklarni danagi qattiq bo‘lganligi uchun sekin unadi. 12. Nish − ...? J: urug‘dan endigina o‘sib chiqqan kalta va nozik o‘simta. 13. Nish unishi uchun oziq moddalar nishga qayerdan va qanday holatda o‘tadi? J: urug‘pallalar va endospermadan faqat suvda erigan holatda o‘tadi. 14. Ikki urug‘pallali o‘simliklarni unib chiqishini ayting? J: urug‘pallabarglari shakllanadi. Urug‘palla barglari yer yuziga chiqqandan so‘ng yashil rangga kiradi va kunlar o‘tishi bilan undagi oziq moddalar kamayib boradi. Natijada ular yupqalashadi, bujmayadi va sarg‘ayib to‘kilib ketadi. Nish o‘sib, asta-sekin maysaga aylanadi. Maysalar fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan moddalardan oziqlana boshlaydi. 15. Bir urug‘pallali o‘simliklarning unib chiqishini ayting? J: urug‘idan nish о‘sib chiqishi bilan endospermada to‘plangan oziq moddalar sarflanib ketadi va bo‘sh xaltachaga o‘xshab tuproq orasida qolib ketadi. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling