1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet17/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

28-§. BARGLARNING NAFAS OLISHI.

1. Barglarning nafas olishi qanday amalga oshadi? J: havodan kislorod olib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi.


2. O‘simliklarni nafas olish jarayonini tajribada qanday ko‘rish mumkin? J: Buning uchun og‘zi shisha plastinka bilan mahkam berkiladigan ikkita shisha stakan oling va ularga yangi kesib olingan bargli novdalarni soling. Наr ikkala stakan ichiga yonib turgan cho‘pni tushiring, cho‘plar o‘chmaydi, demak, stakan ichidagi havoda kislorod bor. Har ikkala stakanning og‘zini shisha plastinka bilan zich berkiting. Stakanlarning birini yorug‘lik yaxshi tushib turadigan joyga, ikkinchisini esa qorong‘u joyga qo‘ying. Bir necha soatdan keyin unga yonib turgan cho‘pni tushirib, har qaysi stakan ichidagi havoning tarkibini tekshiring.
3. O‘simlik − ...? J: bir butun organizm, uning hamma tirik hujayralari nafas oladi va о‘sib rivojlanadi.
4. O‘simliklarning nafas olishi bilan oziqlanishi o‘rtasidagi farqni ayting? J: nafas olishda organik moddalar parchalanadi va uning uchun yorug‘lik talab etilmaydi.


29-§. BARGLANING SUV BUG‘LATISHI.

1. Suv bug‘lanishi tufayli nimalar tezlashadi? J: ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so‘rilishi.


2. Suv bug‘lanishi o‘simliklarni nimadan saqlaydi? J: qizib ketishdan.
3. O‘simliklarni suv bug‘latish jarayonini tajribada qanday ko‘rish mumkin? J: gultuvakda o‘sib turgan o‘simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, og‘zi paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o‘tgach kolba devorida suv tomchilari hosil bo‘lganini ko‘rish mumkin. Bu o‘simliklar bargidan bug‘ shaklida ajralgan suvdir. Suv barglardagi og‘izchalar orqali bug‘lanib chiqadi
4. Bir tup o‘simlik qancha suv bug‘latishini tajribada qanday ko‘rish mumkin? J: Buning uchun o‘simlikning bargli novdachasi suvli shisha idishga solinadi va suv bug‘lanib ketmasligi uchun uning yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga qadoqtosh qo‘yib, pallalar muvozanatga keltiriladi. Barglar suvni bug‘latganligi uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada, shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin ko‘tariladi. Oradan bir sutka o‘tgandan keyin tarozi pallalari qadoqtoshlar yordamida yana muvozanatga keltiriladi va bir sutkada qancha suv bug‘langanligi aniqlanadi.
5. O‘simliklar suvni kam bug‘latish uchun qanday moslanishlar mavjud? J: barglari juda maydalashib ketgan (saksovulda); shaklini o‘zgartirib, tikanga (kaktuslarda) aylangan; barglari tuklar bilan qalin qoplangan (sigir-quyruq); yoz oylarida barglarini to‘kib yuboradi (shuvoq, qora boyalich va b.).
6. Bir tup g‘o‘za yoz davomida o‘z vazniga nibatan qancha suv bug‘latadi? J: 500−600 hissa ko‘p.
7. Bir tup makkajo‘xori yoz davomida qancha suv bug‘latadi? J: 200 litr.
8. Bir tup o‘rta yoshdagi (30-40yillik) shirinmiya (qizilmiya) yozda qancha suv bug‘latadi? J: 500−600 litr.
8. Muhitning ma’lum bir omiliga moslashgan o‘simliklar nima deyiladi? J: ekologik guruhlar.
9. O‘simliklar suvga bo‘lgan talabiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? J: suvda yashovchi, namsevar, namlik yetarli muhitda yashovchi va nam tanqisligiga chidamli.
10. Suvda yashovchi o‘simliklar qanday holatda o‘sadi? J: ularning tanasi butunlay yoki ko‘p qismi suvga botgan holatda o‘sadi.
11. Suvda yashovchi o‘simliklarga misol? J: elodiya, suv nilufari.
12. Namsevar o‘simliklar qanday holatda o‘sadi? J: tanasi qisman suvga botgan holatda o‘sadi.
13. Namsevar o‘simliklarga misol? J: qo‘g‘a, qamish, ro‘vak.
14. Namlik yetarli mihitda yashovchi o‘simliklarga misol? J: karam, sebarga, makkajo‘xori, bug‘doy, olma.
15. Suv tanqisligiga chidamli qaysi o‘simliklarning bargi mayda qipiqsimon ? J: saksovul.
16. Suv tanqisligiga chidamli qaysi o‘simliklarning bargi mayda bo‘laklarga bo‘lingan? J: shuvoq.
17. Suv tanqisligiga chidamli qaysi o‘simliklarning bargi seret? J: baliqko‘z, sarsazan, kaktus, agava.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling