1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


IV BOB. GULLI O‘SIMLIKLARNING HAYOTIY FAOLIYATI


Download 135.01 Kb.
bet15/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

IV BOB. GULLI O‘SIMLIKLARNING HAYOTIY FAOLIYATI.


25-§. O‘SIMLIKLARNING MINERAL OZIQLANISHI. ILDIZ BOSIMI. O‘G‘ITLAR.

1. Ildizning eng muhim vazifasi nima? J: tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olib, yer usti qismiga uzatish.


2. Tuproqdagi suv va unda eri­gan oziq moddalarni o‘simlikning yer usti qismiga ko‘tarilish tartibini ayting? J: dastlab ildiz tukchalariga, so‘ngra ular bi­lan yonma-yon joylashgan po‘stloq hujayralariga o‘tadi va hujayradan hujayraga so‘rilgan suv hamda unda erigan oziq moddalar ildizni o‘tkazuvchi qismiga yetib boradi va u yerdan o‘simlikning yer usti qismiga ko‘tariladi.
3. O‘simliklarga suv nima uchun kerak? J: o‘simliklar ham suv bilan tirik. Ularda boradigan ko‘pgina biologik jarayonlar suv tufayli amalga oshadi. Eng muhimi, suvda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar erigan holda bo‘ladi va suv orqali ular hujayra, to‘qimalarga va o‘simliklarning boshqa organlariga o‘tadi. Suv yetarli bo‘lganda o‘simliklar hujayrasi tarang holatda bo‘ladi.
4. Tuproqdagi suv ildiz tukchalariga, ulardan esa po‘stloq hujayralariga o‘tishiga nima turtki bo‘ladi? J: o‘simliklar ildizining bosim kuchi.
5. Ildiz tukchalari qachon o‘z faoliyatini to‘xtatadi? J: qishda (bahorda yana davom ettiradi).
6. Nimaga tuproqqa o‘g‘it solinadi? J: o‘simliklar yaxshi o‘sishi, mo‘l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun.
7. O‘g‘itlar tarkibida nimalar bo‘ladi? J: turli mineral tuzlar, mikroelementlar va b.
8. O‘g‘itlarni qanday guruhlari mavjud? J: organik o‘g‘itlar va mineral o‘g‘itlar.
9. Organik o‘g‘itlarga qaysilar kiradi? J: hayvonlar go‘ngi.
10. Organik o‘g‘itlar qanday ta’sir qiladi? J: ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan moddalarni hosil qiladi.
11. Mineral o‘g‘itlarga qaysilar kiradi? J: azotli (selitra), fosforli va kaliyli o‘g‘itlar.
12. Azotli o‘g‘itlar qanday ta’sir qiladi? J: o‘simliklarning о‘sishini tezlashtiradi.
13. Kaliyli va fosforli o‘g‘itlar qanday ta’sir qiladi? J: o‘simliklarda mo‘l hosil to‘planishiga va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling