1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
-§. GUL-O‘SIMLIKLARNING GENERATIV KO‘PAYISH ORGANI
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
20-§. GUL-O‘SIMLIKLARNING GENERATIV KO‘PAYISH ORGANI.
1. Gul − ...? J: yopiq urug‘li o‘simliklarning jinsiy kо’pavish organi bo‘lib, shakli o‘zgargan novdadir. 2. О‘simliklar nimasiga qarab gullari xilma-xil bo‘ladi? J: qaysi sistematik birlikka oidligiga. 3. Gul qaysi qismlardan iborat? J: gul bandi, gulo‘rni, gulqo‘rg‘on (gulkosa, gultoj), changchi va urug‘chidan. 4. Gulband − ...? J: o‘simliklarning gulini novdasi bilan bog‘lovchi qismi. 5. Gulo‘rni − ...? J: 1) gulbandni yuqori qismida biroz kengaygan joyi; 2) gulning hamma qismlari joylashgan qismi. 6. Gulband nimasi bilan bir-biridan farq qiladi? J: shakli va o‘lchami. 7. O‘troq gul − ...? J: gulbandi rivojlanmagan gullar. 8. Gulkosacha − ...? J: gulni tashqi tomondan o‘rab turadigan qavat. 9. Gulkosacha nimalardan tuzilgan? J: gulkosachabarglardan. 10. Gulkosacha qanday ranglarda bo‘ladi? J: yashil va b. 11. Gultoj − ...? J: guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo‘rg‘on qavati. 12. Gultoj nimalardan tuzilgan? J: gultojbarglardan. 13. Gultoj qanday ranglarda bo‘ladi? J: turli xil. 14. Changchi − ...? J: gulqo‘rg‘on ichida joylashgan muhim qismi. 15. Changchi qaysi qismlardan tuzilgan? J: changdon va changchi ipidan. 16. Changchi iplarining vazifasi? J: changdonni ushlab turib, gulo‘rni bilan bog‘lash. 17. Changchilarning soni nimaga bog‘liq? J: o‘simlikning turiga. 18. Changchi iplari gulo‘rnida qanday joylashgan bo‘ladi? J: alohida-alohida, qo‘shilib yoki tutam hosil qilib. 19. Urug‘chi − ...? J: gulning o‘rtasida (markazida) joylashgan eng muhim qismi. 20. Urug‘chi qanday qismlardan iborat? J: tuguncha, ustuncha va tumshuqcha. 21. Tuguncha − ...? J: urug‘chining kengaygan pastki qismi. 22. Tugunchaning ichida nima joylashgan? J: urug‘kurtak. 23. Tugunchadan nima hosil bo‘ladi? J: meva. 24. Tuguncha gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylashishiga qarab qanday bo‘ladi? J: ostki va ustki. 25. Tuguncha tuzilishiga ko‘ra qanday bo‘ladi? J: bir va ko‘p uyali. 26. Ustuncha − ...? J: urug‘chining o‘rta qismi. 27. Ustunchaning vazifasi? J: tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirish, uning ichi g‘ovak bo‘ladi. 28. Tumshuqcha − ...? J: urug‘chining (ustunchaning) eng yuqori qismi – uchi. 29. Tumshuqchaning vazifasi? J: changlarni ushlab qolish. 30. Gulqo‘rg‘onning vazifasi? J: gul ochilguncha changchi va urug‘chilarni o‘rab, tashqi ta’sirdan saqlab turadi. 31. Gulqo‘rg‘onning qanday xillari bor? J: oddiy yoki murakkab. 32. Oddiy gulqo‘rg‘on − ...? J: gulqo‘rg‘on bo‘laklarining rangi asosan bir xil bo‘ladi ya’ni u gulkosacha yoki gultojdan iborat bo‘ladi. 33. Oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarga misol? J: lola, chuchmoma, gulsafsar. 34. Murakkab gulqo‘rg‘on − ...? J: gulqo‘rg‘on gulkosacha va gultojdan iborat bo‘ladi. 35. Murakkab gulqo‘rg‘onli o‘simliklarga misol? J: olma, g‘o‘za, olcha, nok. 36. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari qo‘shilgan gulli o‘simliklarga misol? J: qo‘ypechak, karnaygul, marmarak. 37. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari qo‘shilmagan gulli o‘simliklarga misol? J: olma, nok, g‘o‘za, o‘sma, lola, boychechak. 38. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari yo‘qolib ketgan yoki tangachaga aylangan o‘simliklarga misol? J: tok terak, tut, yong‘oq. 39. Jag‘-jag‘ (achambiti) gulining formulasini ayting? J: Gk4Gt4Ch4+2U(2). 40. Olxo‘ri gulining formulasini ayting? J: Gk5Gt5Ch∞U1. 41. Lola gulining formulasini ayting? J: Og3+3Ch3+3U(3). 42. Sachratqi gulini formulasini ayting? J: Gk0Gt(5)Ch(5)U(2). Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling