Anton Chexov. Xameleon (hikoya)


Download 55.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.12.2021
Hajmi55.59 Kb.
#179175
Bog'liq
Anton-Chexov.-Xameleon-(hikoya)



Anton Chexov. Xameleon (hikoya)

1

Anton Chexov. Xameleon (hikoya)

Bozor maydonidan yangi shinel kiygan, tuguncha koʻtargan politsiya nazoratchisi Ochumelov oʻtib borardi. Uning 

orqasidan musodara kilingan krijovnik toʻla gʻalvirni koʻtargancha malla gorodovoy kelmoqda. Tevarak-atrof jimjit... 

Maydonda jon asari koʻrinmaydi... Doʻkonlar va qovoqxonalarning huvillagan eshiklari yorugʻ dunyoga ochiqqandek 

ogʻiz ochib turibdi; ularning yaqinida hatto gadoylar ham yoʻq. 

— Senmi hali qopadigan la’nati?— degan ovozni eshitadi daf’atan Ochumelov.— Yigitlar, uni koʻyib yuboringlar! 

Hozirgi kunda qopitish taqiqlangan! Ushla! A... a! 

Itning vangillagani eshitiladi. Ochumelov oʻgirilib qarasa: savdogar Pichuginning oʻtin omboridan uch oyoqlab 

likonglab chopgancha alanglay-alanglay bir it qochib chiqayotibdi. Uni oharlangan chit koʻylakli,. nimchasining 

tugmalari solinmagan bir kishi quvlab kelmoqda. Gavdasi bilan oldinga intilgan koʻyi chopib kelayotib yerga 

yiqiladi-da, itning orqa oyogʻini tutib oladi. Yana itning vangillagani va: «Qoʻyyb yuborma!» — degan qichqiriq 

eshitiladi. 

Doʻkonlardan uyquli basharalar moʻralaydi, tez orada oʻtin ombori oldida bamisoli yerdan bodrab chiqqandek 

haloyiq toʻplanib qoladi. 

—Tartibsizlik yuz berganga oʻxshaydi, janoblari!..— deydi gorodovoy. 

Ochumelov chapga burilib, toʻplanganlar tomon qarab yuradi. Xuddi ombor darvozasi oldida u haligi nimchasining 

tugmalari solinmagan odamning oʻng qoʻlini yuqori koʻtargancha qonagan barmogʻini xaloyiqqa koʻrsatayotganini 

koʻradi. Mastroq basharasi: «Sening vajingdan shilib olmasammi, kazzob!» deb turgandek, barmogʻining oʻzi ham 

gʻalabasidan bashorat qilayotgandek. Ochumelov bu odamning zargar Xryukin ekanligini bildi. Toʻplanganlarning 

oʻrtasida a’zoyi badani dir-dir titragan koʻyi mashmashaning sababchisi kiftida sargʻish qashqasi bor, tumshugʻi 

choʻzinchoq oppoq tozi kuchuk oldingi oyoqlari tarvaqaylagancha choʻnqayib oʻtirardi. Yoshlangan koʻzlarida hasrat 

va dahshat aks etardi. 

— Bu yerda nima sababdan toʻplanib turibsizlar? — deb soʻraydi Ochumelov, xaloyiq orasiga yorib kirarkan.— Bu 

yerda nima qilib turibsizlar! Sen nega barmogʻingni koʻrsatasan?.. Baqirgan kim? 

— O’zim ketayotgan edim, hech kimga tegmay, janoblari...— deya gap boshlaydi Xryukin, mushtumiga 

yoʻtala-yoʻtala. — Mitriy Mitrichga oʻtik vajidan uchrashgani... Daf’atan mana bu ablah buhudadan-behudaga 

barmogʻimga yopishsa boʻladimi... Siz meni kechirasiz-u, men bir zahmatkash odam boʻlsam... Ishim juda serdiqqat. 

Menga tovon toʻlashsin, nega desangiz — men, ehtimolki, bu barmogʻimni bir haftagacha qimirlatolmasman... Bu 

narsa qonunda ham yoʻq, janoblari, maxluqdan jabr koʻrish degan gap... Mabodo koʻringanni qopaveradigan boʻlsa, 

dunyoda yashamay qoʻyaqolgan ham ma’qul... 

Hm!.. Durust...— deydi Ochumelov jiddiy, yoʻtalib va qoshlarini uchirib.— Durust... Kimning iti? Men buni 

shundayligicha qoldirmayman. Men sizlarga itlarni tal-taytirib yuborish qanaqaligini koʻrsatib qoʻyaman! Qarorlarga 

boʻysunishni istamaydigan buningdek janoblarga diqqatni qaratishga allaqachon fursat yetgan! Yaramasni shartta 

shtrafga tortishsa, itu balo-battar daydi hayvonlar nimaligini bilib oladi! Men uning onasini koʻrsatib qoʻyaman!.. 

Yeldirin,— deya gorodovoyga murojaat qiladi nazoratchi,— bu kimning iti ekanligini bil-da, protokol tuz! Itni esa 

yoʻqotish kerak. Darhol! Qutirgan boʻlsa ham ajab emas... Bu kimning iti, deyman? 

— Bu general Jigalovning iti shekilli!— deydi xaloyiq orasidan kimdir. 

— General Jigalovning itimi? Hm!.. Paltomni yechib ol-chi, Yeldirin... Yomon isib ketdi-ya! Yomgʻir yogʻadiganga 

oʻxshaydi-da... Men faqat bir narsaga tushunolmay turibman: u seni qanday qilib qopgan boʻlishi mumkin?— deb 

Xryukinga murojaat qildi Ochumelov.— Nahotki barmogʻingga boʻyi yetsa? U kichkinagina boʻlsa, davangiligingni 

qara! — Barmogʻingni mix bilan choʻqilab kavlagansan-da, keyin kallangga, bir nima shilsam, degan fikr kelgan. 

Axir sen... ma’lumsanlar-ku! Men sen iblislarni bilaman! 

— U ermak uchun itning tumshugʻiga chekib turgan tamakisini bosdi, janoblari, u ham ziyrak hayvon, gʻarchcha 

tishladi... Bu, bema’ni odam, janoblari! 

— Bekor aytibsan, soʻqir! Koʻrmaganingdan keyin yolgʻon gapirib nima qilasan? Janoblari aqlli zotlardai, kim 

yolgʻon gapirayotibdiyu kim sidqidildan xudoligini aytayotibdi — biladilar... Bordi-yu, men yolgʻon gapirayotgan



Anton Chexov. Xameleon (hikoya)

2

boʻlsam mirovoy ajrim qila qolsin... Uning qoʻlidagi qonunda aytilgan... Hozirgi kunda hamma teppa-teng... Mening



akam ham jandarmda xizmat qiladi... agar bilmoqchi boʻlsalaringiz... 

— Gap sotilmasin! 

— Yoʻq, bu generalning iti emas,— deb oʻychanlik bilan qayd etadi gorodovoy.— Generalnikida bunaqasidan yoʻq.

Undagilar koʻproq iskovich itlar... 

— Sen buni aniq bilasanmi? 

— Aniq bilaman, janoblari... 

— Men oʻzim ham bilaman. Generalning itlari qimmatbaho, zotdor, bu nima oʻzi — jin urgan. Na juni boru na

vajohati... qabohatning oʻzi xalos! Shunday itni boqib yuradimi-ya?! Aql-hushlaring bormi oʻzi? Mana shunday it

Peterburgdami yoki Moskvada duch kelib qolsa, bilasizlarmi, nima qilishardi? U yerda qonun degan narsangga qarab

oʻtirmay, oʻsha zahotiyoq — til torttirishmasdi! Sen, Xryukin, jabr koʻribsan, bu ishin oqibatsiz tashlab qoʻyma...

Ta’zirini berib qoʻyish kerak! Fursat yetgan... 

— Generalning iti boʻlsa ham ajab emas...— deydi baralla gorodovoy oʻy surib. — Basharasiga yozib qoʻyilmagan

boʻlsa... Kuni kecha uning qoʻrasida shunaqasini koʻrgan edim. 

— Generalniki ekanligi aniq!— degan ovoz eshitiladi xaloyiq orasidan. 

— Hm!.. Paltomni kiydirib qoʻy-chi, birodar Yeldirin... Shamol turib qoldi... Etim ivishyapti... Uni generalga olib

borib topshirasan, u yerda soʻraysan. Meni topib joʻnatdi, deysan... Tayinlab ayt, koʻchaga chiqazishmasin. Bu

qimmatbaho it boʻlsa kerak, bordi-yu, har bir toʻngʻiz tumshugʻiga tamakisini ishqalayversa nobud boʻladi-ketadi. It

— nozik bir maxluq. Sen, galvars, qoʻlingni pastga tushir. Bema’ni barmogʻingni pesh qilaverishingning hojati yoʻk.

Ayb oʻzingda!.. 

— Generalning oshpazi kelyapti, oʻshandan soʻrab qoʻya qolamiz... Hoy, Proxor! Bu yoqqa kel-chi, azizim! Mana bu

itni koʻr... Sizlarnikimi? 

— Topgan gapingni qara-ya! Bunaqasi bizda sira ham boʻlgan emas! 

— Buni surishtirib oʻtirishning ham hojati yoʻq,— deydi Ochumelov.— Bu daydi it! Gapni choʻzib oʻtirishning

keragi yoʻq... Daydi it, dedimmi, daydi it. Yoʻqotish kerak, vassalom. 

— Bu bizning itimiz emas,— deb soʻzida davom etadi Proxor.— Bu generalning kuni kecha kelgan akasining iti.

Bizning xoʻjayinning tozilarga hushi yoʻq. Akalari ishqiboz... 

— Iya, u kishining akalari kelganmilar? Vladimir Ivanovich-a?— deb soʻraydi Ochumelov, iyib ketganidan aftiga

tabassum yoyiladi.— Yo tavba, buni qaranglar-a! Men boʻlsa bexabar ekanman! Mehmon boʻlib keldilarmi? 

— Mehmon boʻlib... 

— Yo tavba, buni qaranglar-a! Ukalarini sogʻinganlar-da... Men boʻlsam bexabar ekanman! O’sha kishining itlari

degin? Juda xursandman... Buni olib ket... Binoyidekkina kuchuk ekan... Ziyrakkina ekan... mana buning barmogʻini

uzib ol! Ha-ha-ha... Ha, nega titraysan? Rrr... Rr... Achchigʻlanyapti haromi... kuchukvachcha-ey. 

Proxor itni chaqirib, uni ergashtirgancha oʻtin omboridan yiroqlashadi... Xaloyiq Xryukindan xoxolab kuldi. 

— Shoshmaytur hali senga koʻrsatib qoʻyaman!— deb unga poʻpisa qiladi Ochumelov va shineliga oʻranganicha

bozor maydoni boʻylab yoʻlida davom etadi.

1884



Article Sources and Contributors

3

Article Sources and Contributors



Anton Chexov. Xameleon (hikoya)  Source: http://www.kutubxona.com/wiki/index.php?title=Anton_Chexov._Xameleon_%28hikoya%29  Contributors: Uzgen

Document Outline

  • Anton Chexov. Xameleon (hikoya)

Download 55.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling