1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet2/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

I-BOB. GULLI O‘SIMLIKLAR.
1-§. GULLI O‘SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH.

1. Yer yuzida gulli o‘simliklar necha turi bor? J: 250 mingdan ortiq.


2. Gulli o‘simliklarning hammasi uchun xos bo‘lgan belgi? J: o‘z hayoti davomida gullab meva tugish.
3. Gulli o‘simliklarni tanasi qaysi qismlardan iborat? J: ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘.
4. Seyshel palmasi qayerda o‘sadi? J: seyshel orolida.
5. Seyshel palmasi yong‘oqlari qancha vaqtda pishadi? J: o‘n yil (120 oy).
6. Seyshel palmasining yong‘oqlarining ogirligi qancha? J: 25 kg.
7. Meksika kaktusi tanasida qancha suv saqlaydi? J: 200 litrgacha.
8. Ajdar daraxti qayerda o‘sadi? J: kanar orolida.
9. Ajdar daraxti qancha yashaydi? J: 6000 yilgacha.
10. Rafleziya qayerda o‘sadi? J: sumatra orolida.
11. Rafleziya gulining diametri? J: 1 metr.
12. Jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang ko‘rinadigan o‘simliklar? J: saksovul va qandim.
13. Poyasi suv tagida, guli suv yuzasida ochiladigan o‘simlik? J: nilufar.
14. Hasharotxo‘r o‘simlik? J: suv qaroqchisi.
15. Tabiat ko‘rki bo‘lgan o‘simliklar? J: qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagul.
16. Noyob mevali o‘simliklar? J: pista, bodom, safsan.
17. Tabobatimiz gavhari bo‘lgan o‘simliklar? J: chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir.
18. Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi nima bilan bog‘liq? J: ekologik sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq
19. Vegetativ so‘zining ma’nosi? J: lotincha ”vegetatio” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘sish, rivojlanish degan ma’noni bildiradi.
20. Generativ so‘zining ma’nosi? J: lotincha ”generate” so‘zidan olingan bo‘lib, yaratmoq, tuzmoq degan ma’noni bildiradi.
21. Vegetativ organlarni ayting? J: ildiz, poya, barg.
22. Generativ organlarni ayting? J: gul, meva, urug‘.


2-§. O‘SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI.

1. Hayotiy shakl − ...? J: o‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishi.


2. Gulli o‘simliklarning qanday hayotiy shakllari mavjud? J: daraxt, buta, yarimbuta, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar.
3. Daraxt − ...? J: bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquvvat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo‘yli ko‘p yillik o‘simliklar.
4. Shox-shabbasi yoyiq darxtlar? J: olma, o‘rik, yong‘oq, shaftoli.
5. Shox-shabbasi g‘uj va tik darxtlar? J: qarag‘ay va terak.
6. Shox-shabbasi sharsimon darxtlar? J: sadaqayrag‘och.
7. Tog‘larning o‘rta qismidagi archalarning bo‘yi qancha? J: bo‘ydor.
8. Tog‘larning eng baland qismidagi archalarning bo‘yi qancha? J: 0,5−1 m.
9. Tog‘larning eng baland qismidagi archalarning bo‘yi 0,5-1 m bo‘lishiga sabab nima? J: archalarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.
10. Buta – ...? J: bir nechta yog‘ochlashgan poya – tanaga ega ko‘p yillik o‘simliklar.
11. Butalarni qaysi qismidan yangi yosh novdalar o‘sib chiqadi? J: ildizidagi qo‘shimch kurtaklardan.
12. Butalarga misol? J: irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin, maymunjon.
13. Yarimbuta – ...? J: poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklar.
14. Yarimbutalar asosan qayerda keng tarqalgan? J: cho‘llarda.
15. Yarimbutalarga misol? J: izen, keyreuk, teresken, sarsazan, shuvoq, itsigak.
16. Ko‘p yillik o‘tlar – ...? J: yerusti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar hisoblanadi.
17. Ko‘p yillik o‘tlarga misol? J: beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sallagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar, qulupnay.
18. Ikki yillik o‘tlar – ...? J: birinchi yili urug‘dan ko‘karib chiqib, vegetativ organlar hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to‘playdigan, ikkinchi yili gullab meva tugadigan o‘simliklar.
19. Ikki yillik o‘tlarga misol? J: lavlagi, sabzi, sholg‘om, karam, sigirquyruq.
20. Bir yillik o‘tlar – ...? J: bir yil ichida urug‘dan unib chiqadi, o‘sadi, gullaydi va meva tugib, o‘z hayotini tugatadigan o‘simliklar.
21. Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy bir yillik o‘simliklarga misol? J: g‘o‘za, bug‘doy, arpa, zig‘ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon (kungaboqar, zubturum).
22. Yer yuzidan 5-20 sm ko‘tarilib o‘sadigan bir yillik o‘simliklar? J: momaqaltiroq, qo‘ytikan.
23. Bo‘yi 1 m dan oshadigan bir yillik o‘simliklar? J: makkajo‘xori, kanop, kanakunjut.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling