1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet3/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

II BOB. HUJAYRA.
HUJAYRA – HAYOTNING ASOSI.

1. Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri nima? J: ularning hujayralardan tuzilganligi.


2. Tirik organizmlarning eng mayda tarkibiy qismi nima? J: hujayra.
3. Sitologiya fani nimani o‘rganadi? J: hujayrani (sitologiya yunoncha «sitos» − hujayra + «logos» − fan).
4. Sitologiya − ...? J: hujayraning tuzilishini o‘rganadigan va u haqida to‘liq ta’limot beradigan fan.
5. Qaysi o‘simliklarning mevasini kesib ko‘rilganda ularning hujayralarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin? J: limon, mandarin, pomidor va tarvuz.
6. Hujayralar nimasi bilan bir-birlaridan farq qiladi? J: qaysi organida joylashishiga qarab shakli, rangi, yirik-maydaligi, ichki tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra.
7. O‘simliklar hujayraviy tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? J: bir (asosan tuban o‘simliklarya’ni xlorella va xlamidomanada) va ko‘p (barcha yuksak o‘simliklar) hujayrali.
8. Hujayrani kim va qachon kashf etgan? J: ingliz fizigi Robert Guk, 1665-yilda.
9. Hujayra qaysi qismlardan iborat? J: hujayra qobig‘i, sitoplazma va mag‘izdan.
10. Hujayra qobig‘i − ...? J: kletchatkadan iborat bo‘lib, tiniq va mustahkam bo‘ladi.
11. Hujayra qobig‘ining vazifasi nima? J: hujayrani tashqi ta’sirdan himoya qiladi va shaklini saqlab turadi hamda tashqi muhit bilan bog‘lab turadi.
12. Hujayraning asosiy tarkibiy qismini ayting? J: sitoplazma.
13. Sitoplazmaning tuzilishi qanday? J: rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq holda bo‘lib, doim harakatlanib turadi.
14. Hujayraning eng muhim tar­kibiy qismini ayting? J: mag‘iz.
15. Mag‘izning vazifasi nima? J: hujayra­lar bo‘linishida katta rol o‘ynaydi.
16. Mag‘izi shakllanmagan organizmlar? J: ko‘k-yashil suvo‘tlar, bakteriyalar.
17. Mag‘izi shakllanmagan organizmlarning mag‘iz moddalari hujayrani qaysi qismida joylashadi? J: sitoplazmada tarqoq holatda.
18. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan birini ayting? J: plastidalar.
19. Plastidasi bo‘lmaydigan organizmlarni ayting? J: zamburug‘lar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar.
20. Plastidalar qanday turlari mavjud? J: leykoplast (rangsiz), xromoplast (zarg‘aldoq, qizg‘ish) va xloroplast (yashil).
21. Xloroplastlar haqida ayting? J: yashil xlorofill pigmentiga ega bo‘lib, ularda fotosintez jarayoni boradi.
22. Xromoplastlar haqida ayting? J: qizil, sariq rangli pigmentlarga ega bo‘lib, gul va mevalarga rang beradi.
23. Leykoplastlar haqida ayting? J: rangsiz bo‘lib, zaxira moddalar saqlanadi.
24. Vakuol − ...? J: sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to‘lgan bo‘shliq.
25. Hujayra shirasi tarkibida qanday moddalar mavjud? J: hujayra shirasi tarkibida 70−95% suv va unda erigan ko‘pgina mineral hamda oqsil, moy, shakar moddalari bo‘ladi.
26. Shira takibiga ko‘ra mevalar qanday bo‘ladi? J: ta’mi shirin, nordon va achchiq.
27. Piyoz hujayralarining tuzilishi qanday? J: shakli cho‘ziq, zichroq joylashgan va plastidalari rangsiz.
28. O‘simlik hujayralari nimasiga qarab xilma-xil bo‘ladi? J: shakli va bajaradigan vazifasiga qarab.
29. Chigit hujayralarining tuzilishi qanday? J: chigit yuzasidagi tola (tuk) bitta hujayradan iborat bo‘lib, uzunligi 3-4 sm ga yetadi.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling