1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


-§. HUJAYRALARNING HAYOTIY FAOLIYATI


Download 135.01 Kb.
bet4/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

7-§. HUJAYRALARNING HAYOTIY FAOLIYATI.

1. Hujayra sitoplazmasi harakatini qaysi o‘simlikda kuzatiladi? J: akvariumda o‘stirilgan elodeya suvo‘tisida.


2. Sitoplazma harakatini nima uchun elodeya o‘simligida kuzatiladi? J: u suvda o‘sganligi uchun mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o‘sgandek tirik bo‘ladi.
3. Bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga qanday o‘tadi? J: hujayra qobig‘idagi teshikchalar orqali.
4. O‘simliklarning har bir tirik hujayrasi yashash uchun nima qiladi? J: nafas oladi va oziqlanadi.
5. O‘simlik hujayralarining nafas olishi va oziqlanishi uchun nimalar bo‘lishi kerak? J: quyosh nuri, suv va unda erigan turli moddalar hamda kislorod.
6. Qari hujayralarga xos belgilar? J: o‘lchami katta; qobig‘i qalin; vakuolalar soni kam va vakuol sitoplazmaga qaraganda ko‘proq joy egallaydi; sitoplazma va mag‘iz butunlay yo‘qolib, ularning о‘rnini suv yoki havo egallaydi, natijada ular nobud bo‘ladi.
7. Yosh hujayralarga xos belgilar? J: vakuolalar soni ko‘p va vakuol sitoplazmada tarqoq holda joylashgan; qobig‘i yupqa; o‘lchami kichik.
8. Qaysi hujayralar bo‘linish xususiyatiga ega bo‘ladi? J: faqat hosil qiluvchi to‘qima hujayralari.
9. O‘simlik hujayrasi qanday bo‘linadi? J: Bo‘linadigan hujayralarda dastlab mag‘iz yiriklashadi, so‘ng ikkiga ajraladi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham to‘siq paydo bo‘lib, ona hujayrani teng ikkita yosh hujayraga ajratadi. Hujayra bo‘linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o‘tadi.


8-§. O‘SIMLIK TO‘QIMALARI.

1. To‘qima – …? J: tuzilishi va vazifasi o‘xshash bo‘lgan hujayralar yig‘indisi.


2. Organ – …? J: o‘simliklarda bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi.
3. To‘qima tushunchasini kim va qachon fanga olib kirdi? J: 1682-yili N.Gryu.
4. To‘qimalar nimasiga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi? J: joylashishi va bajaradigan vazifasiga.
5. To‘qimalar nimasiga qarab guruhlarga ajratiladi? J: qator belgi va xususiyatlariga.
6. To‘qimalar asosan qaysi guruhlarga ajratiladi? J: hosil qiluvchi, qoplovchi, asosiy, ajratuvchi, о‘tkazuvchi, mexanik.
7. Hosil qiluvchi to‘qimaning 2-nomi nima? J: meristema.
8. Hosil qiluvchi to‘qimani hujayralari qanday bo‘ladi? J: yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi suyuq sitoplazma bilan to‘lgan, tirik.
9. Hosil qiluvchi to‘qima hujayralari qanday xususiyatga ega? J: tez-tez bo‘linish.
10. Hosil qiluvchi to‘qimadan vujudga kelgan hujayralar qanday o‘zgarishga uchraydi? J: avval o‘sadi, so‘ngra ma’lum shaklga kirib, muayyan vazifani bajaruvchi doimiy to‘qimani hosil qiladi.
11. Uchki hosil qiluvchi to‘qima qayerda joylashgan? J: kurtakning o‘sish konusi va ildizning bo‘linuvchi zonalarida.
12. Yon hosil qiluvchi to‘qima qayerda joylashgan? J: novda va ildizning ichki qismida halqa shaklida, anig‘irog‘i, poya va ildizning po‘stlog‘i (floema) va yog‘ochligi (ksilema) orasida.
13. Hosil qiluvchi hujayralardan o‘simlikning qaysi to‘qimalari hosil bo‘ladi? J: asosiy, qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexanik va boshqa.
14. Floema qaysi qismlardan iborat? J: elaksimon nay, lub parenximasi, lub tolasi va yo‘ldosh hujayra.
15. Ksilema qaysi qismlardan iborat? J: o‘tkazuvchi nay, yog‘ochlik parenximasi va yog‘ochlik tolasi.
16. Asosiy to‘qima hujayralari qayerda joylashgan? J: qoplovchi, mexanik, o‘tkazuvchi to‘qimalarning hujayralari oralig‘ida.
17. Asosiy to‘qima bajaradigan funksiyasiga ko‘ra qaysi xillari bo‘ladi? J: assimilatsion to‘qima (xlorenxima), jamg‘aruvchi to‘qima (organik moddalarni, suv va havoni jamg‘aruvchi).
18. Asosiy to‘qima hujayralari qanday xususiyatga ega? J: fotosintez qilish.
19. Xlorenxima hujayralari qayerda joylashgan? J: yashil barglar va novdalarda.
20. Jamg‘aruvchi to‘qima qanday hujayralardan iborat? J: parenxima hujayralaridan.
21. Jamg‘aruvchi to‘qima o‘simliklarni qaysi qismlarida yaxshi rivojlangan? J: daraxtlarning tanasida, ildizpoya, ildizmeva, tugunaklar, piyozbosh, mevalar va urug‘larda.
22. Ayrim cho‘llar o‘simliklarning qaysi qismida suv to‘plovchi parenxima hujayralari bor? J: poyasi va bargida.
23. Kaktusning qaysi qismida suv to‘plovchi parenxima hujayralari mavjud? J: tanasida.
24. Qoplovchi to‘qimaning vazifasini ayting? J: o‘simlik organlarini himoya qilish.
25. Epiderma o‘simlikning qaysi qismlarini qoplab turadi? J: barg va yosh novdalarni.
26. Epiderma qanday hujayralardan iborat? J: bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralardan.
27. Epiderma to‘qimasi tashqi tomondan nima bilan qoplangan? J: kutikula yoki mum bilan.
28. Epidermadagi og‘izchalarning ahamiyati? J: gaz almashinuvi va suv bug‘latish.
29. Ko‘p yillik o‘simliklarning poya va ildizlarida epiderma nima bilan almashinadi? J: ikkilamchi qoplovchi to‘qima – periderma bilan.
30. Periderma qaysi hujayralardan tashkil topgan? J: po‘kak va b.
31. Po‘kak qanday hujayralardan iborat? J: o‘lik.
32. Suberin – …? J: po‘kak qobig‘iga shimilga maxsus yog‘simon modda.
33. Suberin moddasining ahamiyati? J: suv va gazlarni o‘tkazmaslik.
34. Po‘kak hujayralari orasida nimalar shakllanadi? J: yasmiqchalar.
35. Po‘stloq qavati qanday hosil bo‘ladi? J: daraxt va butalarning tanasi va ildizida har yili po‘kak to‘qimasining yangi qavati shakllanishi natijasida.
36. Nima sababdan daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgani sari po‘stloqda yoriqlar paydo bo‘ladi? J: po‘stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmaganligi sababli.
37. O‘tkazuvchi to‘qima orqali amalga oshiriladigan jarayonlar qayerda bo‘ladi? J: ksilema va floema naylari orqali sodir bo‘ladi.
38. O‘tkazuvchi to‘qima nimani ta’minlaydi? J: o‘simlik tanasidagi oziqa moddalarni harakatini.
39. Ksilemadagi o‘tkazuvchi to‘qimani ayting? J: o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar.
40. Ksilemadagi o‘tkazuvchi naylar va traxeidlarning ahamiyati? J: ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi.
41. Floemadagi o‘tkazuvchi to‘qimani ayting? J: tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar.
42. Floemadagi elaksimon naylarning ahamiyati? J: ular orqali fotosintezda hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi.
43. Elaksimon nay hujayralari qanday bo‘ladi? J: yadrosiz ega emas, yonida yo‘ldosh hujayralar bor.
44. Mexanik to‘qima qanday turlari mavjud? J: kollenxima va sklerenxima.
45. Kollenxima qanday hujayralardan iborat? J: tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastlarga ega.
46. Kollenxima to‘qimasining vazifasi nima? J: barg bandi va yosh novdalarga tayanch.
47. Sklerenxima qanday hujayralardan iborat? J: o‘lik, qalin qobiqli.
48. Sklerenximaning qanday turlari mavjud? J: uzun ingichka – lub tolalari, yog‘ochlik tolalari va yumaloq – sklereid hujayralar.
49. Sklereid hujayralari qaysi o‘simliklarning urug‘ qobig‘ida bo‘ladi? J: yong‘oq, olcha, o‘rik.
50. Sklereid hujayralari qaysi o‘simliklarning meva etida bo‘ladi? J: nok, behi.
51. Ajratuvchi to‘qima hujayralari qaysi moddalarni ajratib chiqaradi? J: efir moylari, kauchuk, nektar, smola, fitonsid va boshqa.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling