1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet5/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

III BOB. ILDIZ.

1. Ildiz qanday funksiyani bajaradi? J: o‘simlikni tuproqqa biriktiradi, tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni shimadi va o‘simlikni yer ustki qismiga yetkazib beradi.


2. Ildizning novdadan farqini ayting? J: barg hosil qilmaydi.
3. Ildizlar kelib chiqishiga ko‘ra qaysi guruhlarga bo‘linadi? J: asosiy, yon va qo‘shimcha.
4. Asosiy ildiz qanday hosil bo‘ladi? J: murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosita o‘sishidan.
5. Qo‘shimcha ildizlar o‘simlikning qaysi qismidan hosil bo‘ladi? J: poyasi va bargidan.
6. Yon ildizlar o‘simlikning qaysi qismidan hosil bo‘ladi? J: asosiy va qo‘shimcha ildizidan.
7. Ildiz sistemasi − ...? J: bir tup o‘simlikdagi ildizlar yig‘indisi.
8. Ildiz tizimining o‘lchami va tuzilishi nimaga bog‘liq? J: o‘simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo‘shimcha ildizlarga va tuproq unumdorligiga.
9. Ildiz tizimining tuzilishiga ko‘ra qanday guruhlarga ajratiladi? J: o‘q ildiz va popuk ildiz.
10. O‘q ildiz tizimi qanday hosil bo‘ladi? J: murtakdagi boshlang‘ich ildiz ri­vojlanishda davom etib, undan yon ildizlar o‘sib chiqishi, natijasida.
11. O‘q ildiz tizimi qaysi o‘simliklarga xos? J: ikki urug‘pallalilarga (do‘lana, terak, saksovul, na’matak, g‘o‘za, qovun, tarvuz, no‘xat, loviya va mosh).
12. Popuk ildiz tizimi qanday hosil bo‘ladi? J: agar murtakdagi boshlang‘ich ildiz o‘sishda davom etmaydi va boshlang‘ich poyada qo‘shimcha ildizlar hosil bo‘lishi natijasida.
13. Popuk ildiz tizimi qaysi ildiz turlaridan iborat? J: mayda qo‘shimcha va yon ildizlardan, uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi.
14. Popuk ildiz tizimi qaysi o‘simliklarga xos? J: bir urug‘pallalilarga (bug‘doy, makkajo‘xori, arpa).


10-§. ILDIZNING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI.

1. Ildiz tukchalarining tuzilishini ayting? J: u bitta uzun hujayradan iborat va bu hujayra yupqa qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan iborat.


2. Ildiz tukchalarining vazifasi? J: tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olish.
3. Ildiz tukchalari qancha yashaydi? J: 10−12 kun.
4. Ildiz po‘st hujayralari qanday tuzilgan? J: tirik, yumaloq va yupqa qobiqli.
5. Ildiz hujayralari qanday nafas oladi? J: hujayralar o‘rtasida havo bilan to‘lgan bo‘shliqlar.
6. Ildiz ko‘ndalangiga kesilganda nimalarni ko‘rish mumkin? J: ildiz tukchalari, po‘stloq, floema, ksilema, markaziy silindr.
7. Ildizning hosil qiluvchi to‘qima hujayralaridan iborat qismini ayting? J: bo‘linuvchi qism.
8. Ildizning bo‘linuvchi qism hujayralariga xos xususiyatni ayting? J: tinmay bo‘linish.
9. Ildizning bo‘linuvchi qismini tashqi tomondan nima himoya qiladi? J: ildiz qinchasi.
10. Ildizning bo‘linuvchi qismidan yuqorida qaysi qism joylashgan? J: o‘suvchi qism.
11. Ildizning o‘suvchi qismida hujayralar qanday o‘zgarishga uchraydi? J: о‘sib, ma’lum funksiyani bajarishga ixtisoslashadi.
12. Ildizning o‘suvchi qismidan yuqorida qaysi qism joylashgan? J: so‘ruvchi qism.
13. Ildiz tukchalari ildizning qaysi qismida hosil bo‘ladi? J: so‘ruvchi qism.
14. Ildiz tukchalari qaysi hujayralardan hosil bo‘ladi? J: ildizni qoplovchi hujayralardan.
15. Ildizning so‘ruvchi qismidan yuqorida qaysi qism joylashgan? J: o‘tkazuvchi qism.
16. Makkajo‘xorining ildizi poyadan atrofga qancha masofaga tarqaladi? J: 2 m.
17. Piyozning ildizi poyadan atrofga qancha masofaga tarqaladi? J: 60−70 sm gacha.
18. Makkajo‘xorining 1 mm2 so‘rish qismida nechta ildiz tukchalari joylashgan? J: 700 ta.
19. Ildizning o‘sish tezligi nimaga bog‘liq? J: o‘simliklar turiga va o‘sish sharoitiga.
20. G‘o‘zaning ildizi bir kecha-kunduzda qancha o‘sadi? J: 2-3 sm.
21. Yantoq ildizi yerga qancha chuqur kirib boradi? J: 30 m.
22. Ildizni bo‘yiga o‘sishi nimani hisobiga amalga oshadi? J: ildizlar bo‘linish qismidagi hujayralarni bo‘linib ko‘payishi hisobi­ga.
23. Dehqonlar qaysi o‘simliklarning ildiz uchini chilpib tashlab mo‘l hosil olishadi? J: pomidor, karam, bulg‘or qalampiri.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling