1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


-§. POYADA OZIQ MODDALARNING HARAKATI


Download 135.01 Kb.
bet16/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

20-§. POYADA OZIQ MODDALARNING HARAKATI.

1. Poyada suv va unda erigan moddalarning harakatini tajribada qanday ko‘riladi? J: Buning uchun barg chiqargan novda yoki ochilib turgan gullardan foydalanish mumkin. Agar berilgan siyohrang suvga daraxtning bargli novdasini solib qo‘yib, 2−3 soatdan keyin ko‘ndalangiga va uzunasiga kesilsa, rangli suv yuqoriga qarab ko‘tarilayotgani uchun yog‘ochlik bo‘yalganini ko‘rish mumkin.


2. Qaysi o‘simliklarning ildizmevasida shakar to‘planadi? J: sabzi va lavlagi.
3. Kartoshka tuganagida shakar nimaga aylanadi? J: kraxmalga.
4. Oziq moddalarning barglardan lubga va undan boshqa organlarga o‘tishini tajribada qanday ko‘riladi? J: Buning uchun tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli novdasidan kesib olinadi. Novdalardan birini pastki qismidan sal yuqorirog‘idagi po‘stlog‘i halqa shaklida kesib olinadi. Novdalar bir vaqtda suvga solinadi. Lekin po‘stlog‘i halqa shaklida kesilgan novdani faqat pastki uchi suvga tushiriladi. Oradan ikki hafta o‘tgach, nazorat uchun olingan novdaning pastki qismida ildizlar paydo bo‘ladi. Po‘stlog‘i halqa shaklida kesib olingan novdada ildizlar po‘stlog‘i kesilgan joyining (halqaning) yuqorisida hosil bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, novdaning po‘stlog‘i kesib olingan pastki qismiga oziq moddalar o‘tmas ekan. Xulosa qilib aytganda, organik moddalarning o‘simlik bo‘ylab harakatlanishida lub qavati katta rol o‘ynaydi.


FOTOSINTEZ.

1. Fotosintez − ...? J: o‘simliklarda quyosh nuri ta’sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo‘lishi va havoga kislorod ajralib chiqishi jarayoni.


2. Fotosintez so‘zining ma’nosi? J: yunoncha, «fotos»— yorug‘lik va «sintez» — qo‘shish, birlashtirish degani.
3. Fotosintez jarayonini kim asoslab bergan? J: A. Timiryazev.
4. Timiryazev qaysi kitobida fotosintez jarayonini tushuntirib bergan? J: «Quyosh, hayot va xlorofill».
5. Fotosintez jarayonini amalga oshirish uchun nimalar zarur? J: tuproqdan – suv va unda erigan moddalar; havodan – CO2 (suv bilan birga) va yorug‘lik; o‘simlikning o‘zidan – xlorofill donachalari.
6. Fotosintez jarayoni natijasida nimalar hosil bo‘ladi? J: organik moddalar (asosan uglevodlar), kislorod va suv bug‘lari.
7. Fotosintez jarayoni qayerda bo‘lib o‘tadi? J: barg eti va o‘simliklarni boshqa yashil qismidagi hujayralarda.
8. Ortiqcha organik moddalar qayerda to‘planadi? J: urug‘, mevalar, ildiz va boshqa organlarda.
9. Fotosintez jarayoni uchun qulay sharoit? J: yorug‘lik, harorat, suv, mineral tuzlar va CO2 gazi yetarli bo‘lgan sharoit.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling