1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


-§. KO‘P HUJAYRALI YASHIL SUVO‘TLAR


Download 135.01 Kb.
bet24/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

40-§. KO‘P HUJAYRALI YASHIL SUVO‘TLAR.

1. Ko‘p hujayrali suvo‘tilarning qanday shakllari mavjud? J: oddiy yoki shoxlanib ketgan iplar.


2. Ko‘p hujayrali suvo‘tilarga xos belgilardan biri nima? J: o‘sish davrida hujayralarining to‘xtovsiz bo‘linib turishi natijasida qattananing doim o‘sib kattalashib borishi.
3. Chuchuk suvlardagi ko‘p hujayrali suvo‘tlarga misol? J: ulotriks, spirogira, kladofora, xara.
4. Belbog‘li ulotriks qayerlarda o‘sadi? J: suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar, yog‘ochlar va boshqa narsalarga yopishib o‘sadi.
5. Belbog‘li ulotriksning tuzilishini ayting? J: uning tanasi ipsimon tallom, zanjirsimon tizilgan bir xil hujayralardan iborat. U shoxlamaydi. Uning suv tagidagi narsalarga birikkan hujayrasiga rizoid deb ataladi. Boshqa hujayralari yashil, qisqa silindr shaklida bo‘lib, bir qator joylashgan.
6. Belbog‘li ulotriksning har bir hujayrasi qaysi qismlardan iborat? J: qobig‘i, sitoplazmasi, mag‘zi va o‘rtasida belbog‘ ko‘rinishidagi xromatoforasi bor.
7. Ulotriks qanday sharoitda jinssiz ko‘payishi qanday amalga oshadi? J: hujayrasi 4 yoki 8 hujayrachalarga bo‘linadi. Yosh hujayrachalar ona hujayra qobig‘ini yorib, suvga chiqadi. Ular 4 dona xivchini yordamida suvda suza boshlaydi. Bu hujayralar zoosporalar deb ataladi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach zoosporalar harakatdan to‘xtab suv tagidagi narsalarga yopishadi va ko‘ndalangiga ikkiga bo‘linadi. Pastki qismida rizoid hosil bo‘ladi, ustki qismi esa xromatoforli bo‘lib, suvo‘tning vegetativ hujayrasini hosil qiladi. Vegetativ hujavraning o‘sib, ko‘p marta ko‘ndalangiga bo‘linishi natijasida ulotriksning ipi hosil bo‘ladi.
8. Ulotriks qanday jinsiy ko‘payishi qanday amalga oshadi? J: teng kattalikdagi ikki xivchinli gametalar hosil bo‘ladi. Ular suvda suzib yuradi, bir-birlari bilan juft-juft bo‘lib qo‘shilib, zigota hosil qiladi. Zigota qalin po‘st bilan qoplanadi va tinim davri tugagach bo‘linib, to‘rtta hujayraning hammasi o‘sib, ulotriksning yangi ipiga aylanadi.
9. Spirogira qayerda uchraydi? J: hovuzlarda, zovurlarda va sekin oqadigan suvlarda.
10. Spirogiraning tuzilishini ayting? J: iplari shoxlanmagan va yirik silindrsimon hujayralardan tuzilgan bo‘lib, hech narsaga yopishmay suvda erkin holda qalqib turadi.
11. Klodofora o‘zbekistonning qayerlarida uchraydi? J: daryo, ko‘l va suv omborlarida.
12. Klodoforaning bo‘yi qancha? J: 1 m.
13. Klodoforaning tuzilishini ayting? J: u yirik, tallomi shoxlangan.
14. Xara qayerda uchraydi? J: ariq, hovuz, ko‘l va sholipoyalarda (begona o‘t).
15. Xaraning bo‘yi qancha? J: 30−60 sm.
16. O‘zbekiston suvo‘tlarini kim o‘rgangan? J: O‘zRFA haqiqiy a’zosi A. М. Muzaffarov.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling