1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet27/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

43-§. QIRQBO‘G‘IMLAR BO‘LIMI.

1. Yer yuzida qirqbo‘g‘imlarning necha turi bor? J: 30 dan ortiq.


2. O‘zbekistonda qirqbo‘g‘imlarning necha turi bor? J: bitta turkumiga kiruvchi 2 ta turi.
3. Qirqbo‘g‘imlarning hayotiy shakli qanday? J: ko‘p yillik o‘simlik.
4. Qirqbo‘g‘imlar qanday yo‘llar bilan ko‘payadi? J: jinsiy, jinssiz va vegetativ yo‘l bilan.
5. Dala qirqbo‘g‘imi qayerlarda uchraydi? J: daryo, kanal va ariqlar bo‘yidagi sernam yerlarda, zovurlar yoqasida, buloqlar atrofida.
6. Dala qirqbo‘g‘imining hayotiy shakli qanday? J: ildizpoyali ko‘p yillik o‘t.
7. Dala qirqbo‘g‘imining poyasi qanday tuzilgan? J: serqirra va bo‘g‘imlarga bo‘lingan, bo‘g‘im oraliqlarining ichi kovak, shoxlari faqat poya bo‘g‘imlaridan chiqadi va bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib joylashadi.
8. Dala qirqbo‘g‘imining barglari qanday tuzilgan? J: mayda bo‘lib, poya va shoxlardagi bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib o‘rnashgan.
9. Dala qirqbo‘g‘imining generativ novdasi qachon va nimadan o‘sib chiqadi? J: erta bahorda ildizpoyasidagi kurtaklardan.
10. Dala qirqbo‘g‘imi generativ novdasi qanday tuzilishga ega? J: qo‘ng‘ir rangli, shoxlanmagan bo‘lib, uchida spora beruvchi bitta boshoq yetishadi.
11. Dala qirqbo‘g‘imining spora beruvchi boshoqi qayerda joylashgan? J: poya va shoxlarning uchida.
12. Dala qirqbo‘g‘imini spora beruvchi boshoqi qanday tuzilgan? J: unda sporofillar (shakli o‘zgargan barg) halqa hosil qilib o‘rnashadi. Sporafillarning ostki tomonida 6−8 ta spo­rangiy joylashgan.
13. Dala qirqbo‘g‘imining sporalari qanday tarqaladi? J: suv yoki shamol yordamida.
14. Dala qirqbo‘g‘imining erkak gametofiti qanday tuzilishga ega? J: yashil, chetlari bo‘lingan.
15. Dala qirqbo‘g‘imining erkak gametofitidagi anteridiyda nima yetiladi? J: ko‘p xivchinli spermatozoidlar.
16. Dala qirqbo‘g‘imining urug‘lanishi qayerda amalga oshadi? J: faqat suvda.
17. Dala qirqbo‘g‘imining sporafiti − ...? J: urug‘langan tuxum hujayradan hosil bo‘lgan murtakdan o‘sib chiquvchi yangi o‘simlik.
18. Dala qirqbo‘g‘imining yozgi poyasi qanday tuzilishga ega? J: nozik, yashil, shoxlangan, organik moddalar hosil qiluvchi.
19. Qirqbo‘g‘imlar sporasi orqali ko‘payishdan tashqari yana qanday yo‘llar bilan ko‘payadi? J: idizpoyalari orqali vegetativ.
20. O‘zbekistondagi qirqbo‘g‘imlarning ikkinchi turining nomi nima? J: sershox qirqbo‘g‘im.
21. Sershox qirqbo‘g‘im dala qirqbo‘g‘imidan nimasi farq qiladi? J: bahorgi poyasini yo‘qligi, spora beruvchi boshoqlari shoxli poyalar uchida hosil bo‘lishi bilan.
22. Qirqbo‘g‘imlar tabobatdagi ahamiyati? J: poya va shoxlaridan tayyorlangan qaynatma va damlama siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling