1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
-§. OCHIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR BO‘LIMI
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
45-§. OCHIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR BO‘LIMI.
1. Yer yuzada ochiq urug‘lilarni necha turi mavjud? J: 700 ga yaqin. 2. Ochiq urug‘lilarning hayotish shakllari qanday? J: daraxt va buta. 3. Ochiq urug‘lilar qanday ko‘payadi? J: urug‘idan. 4. Ochiq urug‘lilarning urug‘i qanday holatda yetiladi? J: maxsus qubbalarda ochiq holda yetishadi. 5. Ochiq urug‘li o‘simliklarga misol? J: archa, saur, qarag‘ay, qora qarag‘ay, sekvoyadendron. 6. Archaning bo‘yi qancha? J: 20 m gacha yetadigan. 7. Archa qayerda o‘sadi? J: tog‘larning 3500−4500 m balandlikdagi yonbag‘irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer bag‘irlab o‘sishga moslashgan turlari ham uchraydi. 8. Archa barglarining tuzilishi qanday? J: juda mayda, yashil rangli, tangachasimon yoki ignasimon. 9. Zarafshon archasi necha uyli o‘simlik? J: ikki uyli. 10. Archaning changchili qubbalari − ...? J: bahor oxirlarida yosh novdalarda hosil bo‘luvchi mayda kubbachalar bo‘lib, ulardan juda ko‘p miqdorda chang yetishadi. 11. Archaning urug‘kurtakli qubbalari − ...? J: changchili qubbalar bilan bir vaqtda uzunligi 0,5−1 sm keladigan sharsimon, uning urug‘kurtakdagi arxegoniy ichida tuxum hujayra yetishadi. 12. Archaning changlanishi qanday amalga oshadi? J: changchi qubbachalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan urug‘chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. 13. Archaning urug‘lanishi qanday amalga oshadi? J: urug‘kurtakka tushgan chang donasining vegetativ hujayrasi o‘sib chang nayini hosil qiladi va generativ hujayradan hosil bo‘ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayrani urug‘lantiradi. 14. Archa urug‘i nimadan hosil bo‘ladi? J: urug‘kurtakdan. 15. Archaning mevasi (qubbameva) qanday hosil bo‘ladi? J: urug‘lanishdan so‘ng urug‘chi qubbani tashkil qilgan tangachalar tezda o‘sadi, yo‘g‘onlashadi va o‘zlaridan ajralib chiqqan smola orqali bir-birlari bilan qo‘shilib, qubbani o‘rab turuvchi etdor, yumshoq po‘stga aylanadi 16. Archaning urug‘chi kubbalari urug‘langandan so‘ng qancha vaqtda pishadi? J: 2-3 yilda. 17. O‘rta Osiyoda archaning necha yovvoiy turi o‘sadi? J: 7 ta. 18. Archani qaysi yovvoiy turlari O‘zbekistonda o‘sadi? J: 3 turi: Zarafshon archasi, Turkiston archasi, saur archa. 19. Archaning qaysi turi shahar ko‘chalarida, manzarali daraxt sifatida ekiladi? J: Virgin archasi. 20. Virgin archasining vatani qayer? J: Shimoliy Amerika. 21. Archadoshlar oilasiga oid manzarali o‘simlik sifatida ekiladigan yana bir tur qaysi? J: Sharq sauri. 22. Sharq sauri nimasi bilan archaga o‘xshash? J: tana va bargining tuzilishi bilan. 23. Sharq sauri nimasi bilan archadan farq qiladi? J: yosh novdalarning o‘ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan. 24. Qarag‘ayning yer yuzida necha turi bor? J: 100 ga yaqin. 25. Qarag‘aylar asosan qayerda tarqalgan? J: Shimoliy Yarimsharda. 26. Qarag‘ayni qayerlarda katta-katta maydonlarda o‘rmonlari bor? J: Yevropa, Osiyo, Amerikada. 27. O‘zbekistonda tabiiy holatda qarag‘ayning necha turi o‘sadi? J: tabiiy holda o‘smaydi. 28. Qarag‘ayni 10 ga yaqin turi O‘zbekistonda qanday maqsadda o‘stiriladi? J: eng yaxshi xushmanzara va yog‘ochbop o‘simlik sifatida. 29. Oddiy qarag‘ay necha uyli o‘simlik? J: bir uyli. 30. Oddiy qarag‘ayning ochiq joylarda o‘sgan tuplari qanday bo‘ladi? J: juda sershox va salobatli. 31. Oddiy qarag‘ay barglarining tuzilishi qanday? J: novdalarda 2 tadan bo‘lib o‘rnashgan, uzunligi 5−7 sm, och yashil rangli. 32. Oddiy qarag‘ay nimasidan yaxshi o‘sadi? J: urug‘idan. 33. Qarag‘ayning changchili qubbalari qachon va qayerda hosil bo‘ladi? J: bahor oylarida yillik novdalarning pastki qismida. 34. Qarag‘ayni changchili qubbalarining tuzilishi qanday? J: qubbalarning o‘rtasidan o‘tadigan o‘qda spiral shaklida tangachalar, tangachalarni ostki qismida changdonlar va uning ichida changlar bo‘ladi. 35. Qarag‘ayning changlari qanday urug‘chi qubbalarga o‘tadi? J: shamol yordamida. 36. Qarag‘ayning urug‘chili qubbalari qayerda hosil bo‘ladi? J: bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning uchida. 37. Qarag‘ayning urug‘chili qubbalarining tuzilishi qanday? J: qubbaning o‘rtasidan o‘qqa urug‘chi tangachalar birlashadi va bu tangachalarda 2 ta urug‘kurtak joylashadi. 38. Oddiy qarag‘ayning qubbalari qancha vaqtda yetiladi? J: 2 yilda. 39. Oddiy qarag‘ayning yetilgan qubbalari qanday to‘kiladi? J: shamol ta’sirida. 40. Qarag‘aydan nima olinadi? J: oliy nav qog‘oz va texnik spirt. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling