1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


-§. YOPIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR


Download 135.01 Kb.
bet30/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

46-§. YOPIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR

1. Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o‘simliklarning asosiy qismini qaysi bo‘lim tashkil qiladi? J: yopiq urug‘li o‘simliklar.


2. Haqiqiy gul qanday qismlardan tashkil topgan? J: gulqo‘rg‘on, changchi va urug‘chidan tashkil topgan.
3. Yopiq urug‘li o‘simliklarda urug‘kurtak qanday holatda yetishadi? J: urug‘chining tugunchasi ichida, tuguncha devori bilan o‘ralgan holda yetishadi.
4. Changlanish va urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtakdan nima hosil bo‘ladi? J: urug‘.
5. Changlanish va urug‘lanishdan so‘ng tugunchadan nima hosil bo‘ladi? J: meva.
6. Yopiq urug‘lilarning urug‘i qayerda yetishadi? J: meva ichida.
7. Urug‘kurtak uchun tuguncha, urug‘ uchun meva qanday vazifani bajaradi? J: muhitining noqulay sharoitidan: sovuq va ortiqcha issiqdan, quruqlik va ortiqcha namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan yaxshiroq himoyalaydi.
8. Yopiq urug‘lilar bo‘limga xos eng muhim belgilardan birini ayting? J: qo‘sh urug‘lanishdir.
9. Gulli o‘simliklar nima uchun o‘simliklar olamida asta-sekin hukmronlik qila boshlagan? J: urug‘ini yaxshi, sog‘lom rivojlanishi, tez va oson tarqalishi hamda o‘sish xususiyatini tez yo‘qotmasligi tufayli.
10. Yopiq urug‘li o‘simliklar qaysi sinflarga bo‘linadi? J: bir va ikki urug‘pallalilar.


IKKI URUG‘PALLALI O‘SIMLIKLAR SINFI
(MAGNOLIYASIMONLAR)

1. Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga necha oila kiradi? J: 340 ta


2. Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga necha tur kiradi? J: 175 000 dan ortiqroq.


54-§. RA’NODOSHLAR OILASI.

1. Ra’nodoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk5Gt5ChU yoki Gk5Gt5ChU1.


2. Ra’nodoshlar oilasining vakillar qayerda o‘sadi? J: shimoliy yarimsharning mo‘tadil iqlimli mintaqalarida.
3. Ra’nodoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 3000 ga yaqin.
4. Ra’nodoshlar oilasi vakillarini hayotiy shakllarini ayting? J: daraxt, buta va ko‘p yillik o‘t.
5. Ra’nodoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: yonbargchali, oddiy, murakkab uch bargchali yoki murakkab toq patsimon, poyada navbat bilan o‘rnashgan.
6. Ra’nodoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: yakka-yakka, barg qo‘ltig‘ida o‘rnashgan yoki shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to‘pgullarda joylashgan; ikki jinsli, to‘g‘ri gul, hasharotlar yordamida changlanadi.
7. Ra’nodoshlar qanday turdagi ho‘l mevalarni hosil qiladi? J: bir yoki ko‘p danakli.
8. Ra’nodoshlarni bir danakli vakillariga misol ayting? J: shaftoli va o‘rik.
9. Ra’nodoshlarni ko‘p danakli vakillariga misol ayting? J: malina, olma va nok.
10. Ra’nodoshlar oilasiga qaysi turkumlar misol bo‘ladi? J: tobulg‘i, olcha, na’matak, olma, olxo‘ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon.
11. Qayerlarda na’matak turkumiga mansub turlar o‘sadi? J: tog‘ va to‘qaylarda.
12. Oddiy na’matakning ikkinchi nomini ayting? J: ra’no.
13. Ra’noning bo‘yini ayting? J: 2-3 m.
14. Ra’noning poyasi qanday bo‘ladi? J: ko‘p, tikanli sershox buta.
15. Ra’noning barglari qanday bo‘ladi? J: murakkab toq patsimon, 5-9 yaproqchali.
16. Ra’no qachon gullaydi? J: iyun-iyul oylarida.
17. Ra’noning gullari qanday bo‘ladi? J: yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti.
18. Ra’noning gul formulasini ayting? J: Gk5Gt5ChU.
19. Na’matakni mevasi qanday bo‘ladi? J: uning soxta mevasi to‘q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm, ichida juda ko‘p qattiq urug‘lari bor.
20. Na’matakni mevasining tarkibida qanday moddalar bo‘ladi? J: inson salomatligi uchun zarur moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va b.
21. Na’matakni mevasini tabobatdagi ahamiyatini ayting? J: avitaminoz kasalligining oldini olish va davolashda ishlatiladi.
22. O‘zbekistonda na’matak turkumiga mansub nechta o‘simlik o‘sadi? J: 13 tur.
23. Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning nechta navi ekiladi? J: 10 mingga yaqin.
24. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda atirgullarning nechta navi ekiladi? J: 340 dan ortiq.
25. Olma turkumining O‘zbekistonda nechta turi bor? J: 5 ta.
26. Nok nimasi bilan olmaga o‘xshaydi? J: guli va mevalari bilan.
27. Nok nimasi bilan olmadan farq qiladi? J: meva etida tosh hujayralari ya’ni sklereid hujayralari borligi bilan.
28. Nok turkumining O‘zbekistonda nechta turi bor? J: 7 ta.
29. Yovvoyi olma, nok, olcha va boshqa mevali o‘simliklar nimaga muhim ahamiyatga ega? J: qurg‘oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi tufayli yangi navlar yaratishda, chatishtirish yoki payvandtag qilish uchun.
30. Ra’nodoshlar oilasining qaysi vakillari respublikamizda madaniy holda ko‘p tarqalgan? J: o‘rik, shaftoli, gilos, olxo‘ri, qulupnay, malina.
31. Ra’nodoshlar oilasining qaysi vakillari xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega? J: o‘rik, shaftoli, gilos, olxo‘ri, qulupnay, malina.
32. Ra’nodoshlar oilasining qaysi vakillari Qizil kitobiga kiritilgan? J: O‘rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling