1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
56-§. SHO‘RADOSHLAR OILASI.
1. Sho‘radoshlarni gul formulasini ayting? J: Og0;5Ch2-5U(2-5). 2. Sho‘radoshlar oilasining vakillar qayerda o‘sadi? J: deyarli hamma qit’alarning sahro va cho‘llarida, qumlarda va sho‘rtob yerlarda. 3. Sho‘radoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 1500 ta. 4. Sho‘radoshlar oilasi vakillarini hayotiy shakllarini ayting? J: daraxtlar, butalar, yarim butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar. 5. Qaysi oila vakillari ko‘pincha etdor – sersuv bo‘ladi? J: sho‘radoshlar. 6. Sho‘radoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o‘rnashgan, bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo‘qolib ketganlari ham bor. 7. Sho‘radoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: mayda, yashil yoki rangsiz, to‘g‘ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to‘pgulda o‘rnashgan. 8. Sho‘radoshlarni gulqo‘rg‘oni qanday bo‘ladi? J: oddiy, kosachasimon, 5 ta yashil yoki rangsiz pardasimon bargchalardan iborat yoki gulqo‘rg‘on butunlay yo‘qolib ketgan. 9. Sho‘radoshlarni mevasi qanday bo‘ladi? J: asosan yong‘oqcha. 10. Oddiy lavlagi urug‘dan chiqqan birinchi yili nimalarni hosil qiladi? J: uzun bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy, yo‘g‘onlashgan ildiz (ildizmeva). 11. Oddiy lavlagi urug‘dan chiqqan ikkinchi yili nimalarni hosil qiladi? J: mayda bargli, sershox, uchi to‘pgullar bilan tugovchi poya. 12. Oddiy lavlagi qachon gullaydi? J: may oyida. 13. Oddiy lavlagining gullari qanday bo‘ladi? J: mayda. 14. Oddiy lavlagining gul formulasini ayting? J: Og5Ch5U(3). 15. Lavlagining mevasi qanday bo‘ladi? J: yong‘oqcha. 16. Lavlagining mevasi qachon pishadi? J: sentabrda. 17. Ismaloq turkumining O‘zbekistonda necha turi o‘sadi? J: 2 ta. 18. Rezavor ismaloqning ishlatilishini ayting? J: poya va barglari ovqatga ishlatiladi. 19. Turkiston ismalog‘i qanday o‘simlik? J: bir yillik, ikki uyli begona o‘t. 20. Saksovul turkumiga oid vakillar qayerda o‘sadi? J: qumli cho‘llarda. 21. Saksovul turkumiga oid vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: uncha yirik bo‘lmagan daraxt. 22. Saksovullar qachon o‘sa boshlaydi va gullaydi? J: martning oxiri – aprelning boshlarida. 23. Saksovullar qachon mevalaydi? J: sentabrning ikkinchi yarmidan boshlab. 24. Saksavulning mevasi qanday bo‘ladi? J: yong‘oqcha. 25. Saksovulning issiq va quruq cho‘l sharoitiga moslashganlik belgisini ayting? J: barglarini mayda, tangachasimon bo‘lishi va bir yillik novdalardan bir qismining to‘kilishi. 26. Saksovulning qaysi qismi qim-matbaho yoqilgi? J: poyasi. 27. Saksovulning qaysi qismlari chorva mollari uchun ozuqa? J: bir yillik novdalari va mevalari. 28. Sho‘radoshlarni qaysi turlari gipsli va sho‘rli cho‘l o‘tloqlaridagi asosiy yem-xashak o‘simligidir? J: teresken, izen, sho‘rak, donasho‘r. 29. Sho‘radoshlarni qaysi vakillarini tuyalar va qorako‘l qo‘ylari uchun to‘yimli ozuqa? J: teresken, izen, sho‘rak, donasho‘r. 30. Cherkezning tabobatdagi ahamiyatini ayting? J: bargi va mevasidan olinadigan dori qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi. 31. Itsigak ishlatilishini ayting? J: zaharli modda – anabazin qishloq xo‘jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi kurashda qo‘llanadi. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling