1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet37/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

61-§. QOVOQDOSHLAR OILASI.

1. Qovoqdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk(5)Gt(5)Ch(2)+(2)+1U0; Gk(5)Gt(5)Ch(0)U(3).


2. Qovoqdoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 800 ga yaqin.
3. Qovoqdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir yillik va ko‘p yillik o‘t.
4. Qovoqdoshlarning palagi qanday bo‘ladi? J: o‘rmalab yoki jingalaklar bilan ilashib o‘sadi.
5. Qovoqdoshlarning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy.
6. Qovoqdoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi.
7. Qovoqdoshlarning mevasi qanday bo‘ladi? J: etdor, sersuv, soxta qovoq meva.
8. Oshqovoqning hayotiy shaklini ayting? J: bir yillik o‘t.
9. Oshqovoqning poyasi qanday bo‘ladi? J: silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o‘rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o‘sadi.
10. Oshqovoqning barglari qanday bo‘ladi? J: yirik, buyraksimon, yaprog‘i 5-7 ga bo‘lingan.
11. Oshqovoqning gullari qanday bo‘ladi? J: sariq.
12. Oshqovoqning qaysi gullari yirik bo‘ladi? J: changchili gullari.
13. Oshqovoqning qaysi gullari oldinroq ochiladi? J: urug‘chili gullari.
14. Oshqovoqning mevasi qanday bo‘ladi? J: yirik, soxta meva bo‘lib, uning tashqi qavati qattiq, ichki qavati shirador va etdor.
15. Oshqovoqning urug‘ida qancha moy bor? J: 50% gacha.
16. Itqovun qanday o‘simlik? J: qovoqdoshlar oilasiga oid begona o‘t.
17. Respublikamizda qovoqdoshlarni keng miqyosda ekiladigan vakillarini ayting? J: handalak, qovun, tarvuzlar va bodring.
18. Respublikamizda qovoqdoshlarning turli-tuman shakldagi vakillarini ayting? J: idish-qovoqlar, qozonyuvg‘ichlar.


63-§. QOQIO‘TDOSHLAR (MURAKKABGULDOSHLAR) OILASI.

1. Qoqio‘tdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk0Gt(5)Ch(5)U(2).


2. Qoqio‘tdoshlar oilasini vakillar qayerda o‘sadi? J: deyarli hamma qit’alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda.
3. Qoqio‘tdoshlarni yer yuzida nechta turkumi bor? J: 920 ta.
4. Qoqio‘tdoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 19000 ta.
5. Qoqio‘tdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar, juda kam qismini yarim butalar bo‘lib, faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o‘sadi.
6. Qoqio‘tdoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi va halqa bo‘lib joylashgan.
7. Qoqio‘tdoshlarni barg yaprog‘i qanday bo‘ladi? J: butun (kungaboqar), ba’zan patsimon bo‘lingan (shuvoq).
8. Qoqio‘tdoshlarning muhim belgisini ayting? J: to‘pgullarini savatcha shaklida bo‘lishi.
9. Qoqio‘tdoshlar qanday turdagi to‘pgullarni hosil qiladi? J: ko‘pchiligida savatchalar o‘z navbatida shingil, ro‘vak, qalqon va boshcha to‘pgullarga o‘rnashib murakkab to‘pgul hosil qiladi.
10. Qoqio‘tdoshlarning mevasi qanday bo‘ladi? J: pista meva.
11. Qoqio‘tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab qaysi guruhlarga bo‘linadi? J: 2 ta oilachaga: suttikandoshchalar va moychechakdoshlar.
12. Suttikandoshchalarga qanday turlar kiradi? J: to‘pguli asosan tilsimon gultojbarglardan iborat turlar.
13. Suttikandoshchalarga O‘zbekistonda keng tarqalgan qaysi turkumlarning turlari kiradi? J: qoqio‘t, karrak, sachratqi, maxsar, kakra.
14. Dorivor qoqio‘tning hayotiy shaklini ayting? J: ko‘p yillik o‘t.
15. Dorivor qoqio‘tni qayerlarda uchratish mumkin? J: vohalardagi o‘simlik o‘sadigan hamma yerda.
16. Dorivor qoqio‘tni poyasi qanday bo‘ladi? J: juda kalta.
17. Qoqio‘tlarning mevasi qanday bo‘ladi? J: pista meva.
18. Qoqio‘tlar qanday o‘simlik sifatida juda qadrlanadi? J: dorivor.
19. Zangori sachratqi qachon gullaydi? J: yozning o‘rtalaridan boshlab.
20. Zangori sachratqi qayerlarda uchraydi? J: vohalardagi ekinlar orasida, yo‘l yoqalari va ariqlar bo‘yida.
21. Sachratqi turkumining O‘zbekistonda necha turi o‘sadi? J: 1 tur.
22. Sachratqini gullari qanday bo‘ladi? J: hamma gullari zangori rangli, ikki jinsli, tilsimon.
23. Sachratqi dorivorlik xususiyati qanday? J: ildizi, barglari va gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
24. Moychechakdoshlar oilacha to‘pguli qanday gullardan iborat? J: naysimon gullar, faqat ayrim turlarda savatcha atrofida soxta tilsimon (kungaboqar) yoki voronkasimon (bo‘tako‘z) gullar bo‘ladi.
25. Moychechakdoshlarga O‘zbekistonda keng tarqalgan qaysi turkumlarning turlari kiradi? J: shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, topinambur, andiz, bo‘yimodaron.
26. O‘zbekistonda shuvoqning necha turi uchraydi? J: 39 turi.
27. Shuvoqlarning hayotiy shakllari qanday bo‘ladi? J: bir yillik o‘t, ko‘p yillik o‘t va yarim butalar.
28. Shuvoqning qaysi turlari O‘zbekistonda keng tarqalgan? J: oq shuvoq, turon shuvog‘i (qora jusan), yovshan shuvoq.
29. Nima uchun shuvoq kuz kelgach yana o‘sa boshlaydi? J: yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda «yozgi tinim» davri boshlanadi.
30. Shuvoq gullari qanday bo‘ladi? J: savatchalarning har birida 5-7 tadan ikki jinsli naysimon gullar bo‘ladi.
31. Shuvoq mevasi qachon pishadi va to‘kiladi? J: oktabrni oxiri yoki noyabrni boshida.
32. Qoqio‘tdoshlarga mansub madaniy o‘simlikni ayting? J: moyli kungaboqar.
33. Qoqio‘tdoshlarga mansub tabiiy holda uchraydigan dorivor o‘simliklarni ayting? J: bo‘yimodaron, bo‘znoch turkumini vakillari.
34. Qoqio‘tdoshlarga oid gulzorlarda to qish kelguncha chaman bo‘lib ochilib turadigan o‘simliklarni ayting? J: qashqargul, xrizantema, qo‘qongul, kartoshkagul va dastargullar.
35. Qoqio‘tdoshlar oilasining qancha turkum va turi Qizil kitobiga kiritilgan? J: 13 turkum va 50 tur.
36. Karrak turkumiga mansub nechta o‘simlik Qizil kitobiga kiritilgan? J: 30 ta.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling