1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet20/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

5-§. URUG‘LANISH.

1. Urug‘lanish − ...? J: changchi va urug‘chidagi jinsiy hujayralarning qo‘shilish jarayoni.


2. Changning shakli va kattaligi nimaga bog‘liq? J: o‘simliklarning turiga.
3. Har bir changning tuzilishi qanday bo‘ladi? J: unda mayda-yirik ikkita hujayra bo‘lib, ularning yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy (generativ) hujayra va ularning har birida sitoplazma va mag‘iz bo‘ladi.
4. Yetilgan urug‘chi tumshuqchasi qanday bo‘ladi? J: yuzasi notekisligi va yopishqoq.
5. Urug‘lanish jarayonini tushuntiring? J: tumshuqchada ushlanib qolgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi, changning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naycha hosil qiladi. Generativ hujayrasi bo‘linib, ikkita sperma hosil qiladi. Chang naychasi tez o‘sib, urug‘chidagi tumshuq­cha, hamda ustuncha ichiga kiradi va tuguncha tomon o‘sadi. Chang naychalari turli tezlikda o‘sadi. Lekin shulardan faqat bittasi qolganlaridan o‘zib ketib, tuguncha ichidagi urug‘kurtakkacha borib yetadi. Hosil bo‘lgan 2 ta sperma chang naychasi orqali urug‘kurtakka borib, ichiga kiradi. Shu vaqtni o‘zida urug‘kurtak ichida tuxum hujayra va markaziy hujayralar yetilganbo‘ladi. Spermalardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shiladi.
6. Qo‘sh urug‘lanish − ...? J: generativ hujayradan hosil bo‘lgan spermalardan biri tuxum hujayra bilan, ikkin-chisi markaziy hujayra bilan qo‘shilishi.
7. Murtak qanday hosil bo‘ladi? J: urug‘langan tuxum hujayradan.
8. Endosperm qanday hosil bo‘ladi? J: sperma bilan urug‘langan markaziy hujayradan.
9. Murtak endosperm birgalikda nima hosil qiladi? J: urug‘.
10. Urug‘kurtak po‘stidan nima hosil bo‘ladi? J: urug‘ni o‘rab turadigan po‘st.
11. Tuguncha va gulning boshqa qismlaridan nima hosil bo‘ladi? J: meva.
12. Mevadagi urug‘lar soni nimaga bog‘liq? J: urug‘kurtak soniga (agar urug‘kurtak bir bo‘lsa bitta urug‘li, agar urug‘kurtak ko‘p bo‘lsa ko‘p urug‘li bo‘ladi).
13. Bir urug‘li o‘simliklarga misol? J: o‘rik, olcha, gilos, shaftoli.
14. Ko‘p urug‘li o‘simliklarga misol? J: lola, g‘o‘za.
15. Dunyodagi eng yirik gul? J: rafleziya.
16. Rafleziyani birinchi bo‘lib qachon va kim aniqlagan? J: 1818-yili Sumatra oroliga borgan tadqiqotchilardan doktor Jozef Arnold va Tomas Stafford Raffls.
17. Rafleziya gulining diametrining uzunligi qancha? J: 1 m.
18. Rafleziya gulining gultojibarglarining qalinligi qancha? J: 5 sm.
19. Rafleziyaning qaysi belgilari o‘rganuvchlarda katta qiziqish tug‘dirgan? J: gulining diametri, gultojibarglarining qalinligi, rangi, poyasi va bargining yo‘qligi, qo‘lansa hidi.
20. Rafleziyaning parazit yashashga moslanganlik belgilari? J: gulining boshqa o‘simlikning uzun po‘stlog‘i orasiga kirib olib, uning shirasini so‘rishi hamda poyasi va bargining yo‘qligi.
21. Dunyodagi eng kichik gulli o‘simlik qaysi? J: volfiya.
22. Volfiya gulining kattaligi qancha? J: ignani uchidek keladi.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling