Kolonial xivchinlilar tuzilishi va sistematikasi reja


Download 44.32 Kb.
bet1/9
Sana12.11.2023
Hajmi44.32 Kb.
#1769179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kolonial xivchinlilar tuzilishi va sistematikasi


Kolonial xivchinlilar tuzilishi va sistematikasi


REJA:
1. Eukariot va prokariot organizmlar.
2. Bakteriyalarning shakllari va katta-kichikligi.
3. Bakteriya xujayrasining tuzilishi.
4. Kapsula, xivchin, fimbriy va pililarning tuzilishi, funksiyasi.
5. Bakteriya xujayra devori, sitoplazmatik membrana, sitoplazma, nukleoid – yadro ularning tuzilishi va funksiyasi.
6. Bakteriyalarning sporalari va ularning xosil bulishi.
7. Mikroorganizmlarning usishi. Usish deb nimaga aytiladi.
8. Mikroorganizmlarning kupayishi: kurtaklanib, kundalangiga bulinib kupayish.
9. Izomorf va geteromorf bulinishlar.
10. Bakteriyalarning rivojlanish va rivojlanish fazalari.
11. Mikroorganizmlar sistematikasi, uning prinsiplari va tavsifi.
12. Amerikalik olim B.X.Bergining yangi klassifikatsiyasi va tavsifi.
13. Bergining prokariotlar yoki mikroorganizmlarni 4 ta bulimga, bulimlarni sinf, gurux, tartib, oila, avlod va turlarga bulishi.

Mikroorganizmlarning kupchiligi bir xujayralidir. Bakteriya xujayrasi tashki muxitdan xujayra psti, ba'zan esa fakat sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Xujayra ichida xar xil strukturalar mavjud. Xujayra tuzilishiga karab organizmlarning ikki tipii mavjud. Bular eukariot va prokariot xujayrali organizmlar. Agar mikroorganizm xakikiy (chin) yadroga ega bulsa unday xujayralarga eukariot xujayralar deyiladi. (Grekcha eu – xakikiy, chin, kario – yadro demakdir).


YAdro apparati sodda (diffuz xoldagi yadroga ega) bulgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Eukariotlarga zamburuglar, suvutlari, sodda xayvonlar – protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va kuk-yashil suvutlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik xujayrada yadro va unda 1-2 yadrocha, xromasomalar (DNK, oksil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari mavjuddir. Ribosomalari esa 80S ni tashkil kiladi.
Prokariot xujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida anik chegara yuk: yadro membranasi bulmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. SHuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas.

Bakteriyalarning shakllari.


Bakteriyalar oddiy sodda, shar yoki silindr yoki egilgan shaklda buladi. SHarsimon shaklli bakteriyalar kokkilar (kokkus lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, ellipssimon, nuxotsimon va boshka kurinishlarga ega buladi. Bakteriya xujayralarining bir-biriga nisbatan joylanishiga karab, xar xil nomlanadi. SHarsimon bakteriyalar xujayrasi bulinib, ayrim joylashsa ular monokokklar, xujayra bulinishi natijasida xar xil uzum boshi kabi tuplamlar xosil kilsa, ular stafilokokklar deyiladi. Bulingandan sung ikkitadan bulib joylashadiganlarini — diplokokklar, bulinishi natijasida uzun zanjir xosil kilsa streptokokklar, turttadan bulib joylashsa — tetrakokklar, kub shaklida joylashsa — sarsinalar deb ataladi.
Bakteriyalarning kupchiligi silindr yoki tayokchasimon shaklga ega buladi. Tayokchasimon bakteriyalar uzunligi, katta - kichikligi, kundalang kesimi, xujayra uchini kurinishi, xujayralarining uzaro joylanishlari bilan farklanadilar. Xujayralar uchlari tugri, oval, buralgan yoki utkirlashgan bulishi mumkin. Bakteriyalar kayrilgan, ipsimon, shoxlangan xam bulishlari mumkin: Bakteriyalar ayrim, yakka-yakka, tayokchalar, ikkitadan joylashgan diplobakteriyalar, spora xosil kiluvchilari bulsa diplobatsillar, zanjir xosil kiluvchilarini esa streptobakteriya (streptobatsilla) deyiladi.
Ba'zan buralgan yoki spiralsimon kurinishga egalari xam uchraydi, ular spirillalar deyiladi (spira — lotincha buralgan). Spirillalarni burilishga ega buladigan kalta egilganlari vibrionlar (vibrio suzi lotincha kayrilaman) deb ataladi.
Bakteriyalarning ipsimon shaklliklari, kup xujayralilari xam bulib, xujayraning tashki tomoni xar xil usimtalar xosil kiladi. Ularning uchburchak, yulduzsimon, ochik yoki yopik xalka, chuvalchangsimon va boshka shakllilari xam uchraydi.
Bakteriyalar ulchami kichik bulganligi uchun ular mikrometrlarda, nozik strukturalari esa nanometrlar bilan ulchanadi. Kokkilarni razmerlari 0.5-1.5 mkm ni tashkil etadi. Tayokchasimonlarini eni 0.5–1 mkm, uzunligi esa bir necha mikrometr (2 - 10) bulishi mumkin. Mayda tayokchalarni kattaligi 0.22-0.4 x 0.7-1.5 mkm buladi. Bakteriyalar orasida bir necha yuz mikrometrga уetadiganlari xam buladi. Agar bakteriya xujayrasini kattik ozika muxitiga ekilsa bir necha soatdan sung ular kupayib oddiy kuz bilan kurish mumkin bulgan koloniya xosil kiladi. Koloniyalar kurinishi, rangi va boshka xususiyatlari bakteriya turiga boglik, xamda xar bir bakteriya turi uchun uziga xos — spetsifik buladi.
Баъзи бир бактерияларнинг катталиги

Бактериянинг номи

Узунлиги, (мкм)

Кундаланг кесими, (мкм)

Микрококк

0,8

0,5

Стрептококкус лактус

0,8 – 1,2

0,5 – 0,8

Ацидофил таёкчаси

1,5 – 6,0

0,6 – 0,9

Пичан таёкчаси

1,2 – 3,0

0,8 – 1,2

Сил касали таёкчаси

1,5 – 3,5

0,3 – 0,5

Куйдирги таёкчаси

4 – 8

1,0 – 1,5

Бруцеллез таёкчаси

0,5 – 1,5

0,4 – 0,6

Download 44.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling