Bakteriya xujayrasi 10, 100, 1000 yillar davomida tinch xolatda tirik saklanishi mumkin. Ba'zi bir mikroorganizmlarda temperatura, kislota, kislorod va boshka moddalarning уetishmasligidan ularning xujayralarida sistalar paydo buldi. Bular spora emas. Masalan, azotobakter shunday sistalar xosil kiladi. Ular temperatura va kuritishga chidamli buladi. SHu xil tashki sharoitdan uzini muxofaza kilish, sianobakteriyalarda akinetlar, miksobakteriyalarda miksosporalar, aktinomitsetlarda endosporalar xosil kilish bilan boradi. Kiritmalar. Sitoplazmada xar xil shaklga ega bulgan granulalar uchraydi. Ularning xosil bulishi mikroorganizmlarning usadigan muxitga, fizik - kimyoviy xususiyatlarga boglik bulib, kiritmalar mikroorganizmlarning doimiy belgilari emas. Kupincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bulib xizmat kiladi. Ular mikroorganizmlar yaxshi ozika muxitida usgandagina xosil buladi va yomon muxitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar katoriga glikogen (xayvon kraxmali), granulyoza, $ - oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar), oltingugurt tomchilarini kiritish mumkin. Kiritmalarning xosil bulishi, kupincha ozika muxitini tarkibiga boglik buladi. Masalan, tajribalar yordamida glitserin va uglevodlarga boy ozika muxitida usgan bakteriyalarda volyutin, vodorod sulfidga boy muxitda oltingugurt xosil bulishi aniklangan. Ba'zi oltingugurt bakteriyalarida amorf xoldagi SaSO3 uchraydi. Ulardan tashkari, bakteriya xujayrasida oksillar, fermentlar, uglevodlar, aminokislotalar, RNK, nukleotidlar, pigmentlar uchraydi. Xujayrada mayda molekulyar birikmalar borligi xujayra osmotik bosimini saklab turadi. Mikroorganizmlar xam usadi va kupayadi. Usish deganda xujayradagi butun kimyoviy moddalarning (oksil, RNK, DNK va boshkalar) bir-biriga mutanosib tarzda kupayishga aytiladi. Usish natijasida xujayraning kattaligi va massasi oshadi. Xujayraning kattaligi ma'lum darajaga уetgandan sung, u kupaya boshlaydi. Kupayish deb mikroorganizmlar xujayra sonining oshishiga aytiladi. Kupayish, usish vaktida, kundalangiga bulinish yuli bilan, ba'zan esa kurtaklanib yoki spora xosil kilib amalga oshadi. Umuman, prokariotlarning kupayishi jinssiz binar bulinib kupayishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |