1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-§. NOVDA.
- 11-§. POYALARNING XILMA-XILLIGI.
11-§. SHAKLI O‘ZGARGAN ILDIZLAR.
1. Ildizlar nimasiga qarab turlicha shakllarda bo‘ladi? J: bajaradigan vazifasiga. 2. Shakli o‘zgargan ildizlar nima deyiladi? J: metamorfozlashgan ildizlar. 3. Ildizmevalar – ...? J: asosiy ildiz shaklini o‘zgartirib, yo‘g‘onlashadi va zaxira oziq modda to‘playdi. 4. Ildizmevali o‘simliklarga misol ayting? J: sabzi, sholg‘om, turp, lavlagi, rediska. 5. Tayanch ildizlar – ...? J: poyadan chiqqan qo‘shimcha ildizlar. 6. Tayanch ildizli o‘simliklarga misol ayting? J: begoniya, ajriq, qulupnay, makkajo‘xori, oq jo‘xori va banyan. 7. Havo ildizli o‘simliklarga misol ayting? J: tropiklarda o‘sadigan ayrim o‘simliklar. 10-§. NOVDA. 1. Novda − ...? J: daraxt, buta va yarim butalarni o‘zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi yoki urug‘dan unib chiqqan bir yillik niholi. 2. Nima novdaning o‘zak organidir? J: poya. 3. Bo‘g‘im − ...? J: poyaning barg va yon kurtaklar joylashgan qismi. 4. Bo‘g‘im oralig‘i − ...? J: qo‘shni bo‘g‘im oralig‘i. 5. Kuz yaqinlashishi bilan nima uchun novda yashil rangi o‘zgarib, qo‘ng‘ir va qizg‘ish rangga kiradi? J: chunki bu vaqtda ularning po‘sti qalinlashadi ya’ni po‘kak qavat hosil bo‘ladi. 6. Novdalarning qanday xillari bor? J: vegetativ va generativ novda. 7. Vegetativ novda − ...? J: barg va kurtaklar hosil qiladigan novda. 8. Generativ novda − ...? J: gul hosil qiladigan novda. 9. Generativ novdaning ikkinchi nomini ayting? J: gulli novda. 11-§. POYALARNING XILMA-XILLIGI. 1. Poyalar nimaga qarab har xil bo‘ladi? J: turiga va o‘sish sharoitiga. 2. Poyalar ichki tuzilishiga ko‘ra qanday xillari mavjud? J: yog‘och poya va o‘t poya. 3. Yog‘och poyali o‘simliklarga misol? J: terak, qayrag‘och. 4. O‘t poyali o‘simliklarga misol? J: arpa, ituzum. 5. Kalta poyali o‘simliklarga misol? J: piyozda. 6. Uzun poyali o‘simliklarga misol? J: mirzaterak, sekvoyadendron, evkalipt, Rotang palmasi. 7. Mirzaterak balandligi qancha? J: 20−25 m. 8. Sekvoyadendron balandligi qancha? J: 110-140 m. 9. Sekvoyadendron qayerda o‘sadi? J: Kaliforniyada (Amerikada). 10. Evkalipt balandligi qancha? J: 150-155 m. 11. Evkalipt qayerda o‘sadi? J: Avstraliyada. 12. Rotang palmasi poyasining uzunligi? J: 400 m. 13. Rotang palmasi qayerda o‘sadi? J: Janubiy Osiyoning tropik o‘rmonlarida. 14. Shoxlangan poyali o‘simliklarga misol? J: olma, yong‘oq. 15. Shoxlanmagan poyali o‘simliklarga misol? J: palmalar. 16. Poyalar o‘sishiga qarab qanday xillari bor? J: tik o‘suvchi, ko‘tarilib o‘suvchi, o‘raluvchi, ilashib o‘suvchi, yoyilib (palak yoyib) o‘suvchi, o‘rmalovchi va b. 17. Tik o‘suvchi o‘simliklarga misol? J: terak, olma, bug‘doy, qayrag‘och. 18. Ko‘tarilib o‘suvchi o‘simliklarga misol? J: sebarga. 19. O‘raluvchi o‘simliklarga misol? J: qo‘ypechak, karnaygul. 20. Ilashib o‘suvchi o‘simliklarga misol? J: tok, qovoq, no‘xat. 21. Yoyilib o‘suvchi o‘simliklarga misol? J: qovoq, qovun, tarvuz, bodring va temirtikan. 22. O‘rmalovchi o‘simliklarga misol? J: qulupnay, g‘ozpanja. 23. Ipsimon poyali o‘simliklarga misol? J: pechaklar. 24. Yong‘oq aylanasining uzunligi qancha? J: 4-6 m. 25. Chinor aylanasining uzunligi qancha? J: 8-10 m. 26. Poyalarning xilma-xil ko‘rinishlari nimaga imkon beradi? J: ma’lum bir maydonda ko‘p sondagi o‘simlik turlariga o‘sishiga. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling