1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-§. POYANING ICHKI TUZILISHI.
12-§. KURTAK.
1. Kurtak − ...? J: bu boshlang‘ich poya. 2. Vegetativ kurtak − ...? J: boshlang‘ich bargli novda. 3. Generativ kurtak − ...? J: boshlang‘ich to‘pgul yoki gul. 4. Har qanday novda nimadan hosil bo‘ladi? J: kurtak. 5. Yirik kurtakli o‘simliklarga misol? J: terak, chinor, soxta kashtan, nastarin. 6. Mayda kurtakli o‘simliklarga misol? J: tut, tol, qayrag‘och, o‘rik, olma. 7. Kurtaklarning yirik yoki mayda bo‘lishiga qarab nimani aniqlash mumkin? J: o‘simlik turini. 8. Kurtaklar novdada qanday joylashadi? J: ketma-ket, qarama-qarshi va halqa hosil qilib. 9. Qanday kurtaklar farqlanadi? J: uchki (novdaning uchida); yon (novdaning yonida) va qo‘shimcha (ildizda, bargda) kurtaklar. 10. Kurtak uzunasiga kesilganda nimani ko‘rish mumkin?J: pishiq qobiq (tangacha barg), qobig‘i ostida joylashgan boshlang‘ich poyani va zich bo‘lib joylashgan boshlang‘ich barglarni. 11. Kurtak qobig‘ining vazifasi? J: kurtakni qishni qattiq sovug‘idan, kasallik tug‘diruvchi bakteriya, zamburug‘lardan saqlaydi. 12. Kurtak qachon yaxshi o‘sadi? J: qishki tinim davrini o‘taganda ya’ni yanvarning ikkinchi yarmi va fevralda. 13. Faza − ...? J: kurtaklarning bo‘rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi uchun ketadigan vaqt. 14. Dastlab generativ kurtaklari so‘ngra vegetativ kutaklari yoziladigan o‘simliklarga misol? J: o‘rik, shaftoli, bodom. 13-§. POYANING ICHKI TUZILISHI. 1. Yuksak o‘simliklarning yer ustidagi asosiy vegetativ organi? J: poya. 2. Poya qanday vazifalarni bajaradi? J: tayanch, moddalar transporti, zaxira oziq moddalar to‘plash, vegetativ ko‘payish. 3. Poya nimadan hosil bo‘ladi? J: urug‘ning murtak qismidagi boshlang‘ich poyachadan. 4. O‘simliklar poyasi nimasiga qarab turlicha tuzilgan bo‘ladi? J: ular qaysi sistematik birlikka kirishi (bir va ikki urug‘pallali) va qaysi hayotiy shaklda (bir yillik o‘t, buta yoki daraxt) bo‘lishiga qarab. 5. Epiderma − ...? J: poyaning yuzasida bir qavat hujayralardan tashkil topgan qavat. 6. Po‘st parenximasi (asosiy to‘qima) − ...? J: epiderma ostida ko‘p qavatli tirik hujayralardan hosil bo‘lgan qavat. 7. Lub (floema) − ...? J: po‘st ostidagi qavat. 8. Kambiy − ...? J: lub bilan yog‘ochlik orasidagi yosh va nozik hujayralardan iborat qavat. 9. Ksilema (yog‘ochlik) − ...? J: kambiydan keyingi qavat. 10. O‘zak qayerda joylashgan? J: poyaning o‘rtasida. 11. Yasmiqchalar qachon va qayerda hosil bo‘ladi? J: yozning ikkinchi yarmida, daraxtlar po‘stining sirtida. 12. Yasmiqchalarning rangi qanday bo‘ladi? J: qo‘ng‘ir rangli. 13. Yasmiqchalarning ahamiyati? J: poya ichidagi tirik hujayralar shu yasmiqchalar orqali nafas oladi. 14. Po‘stloq qanday hosil bo‘ladi? J: po‘st po‘kaklashishidan. 15. O‘simlikning qaysi qismlari qalin po‘stloq bilan qoplangan? J: tanasi va eski shoxlari. 16. Qalin po‘stloqni vazifasini ayting? J: ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan va turli zararli kasalliklar tug‘diruvchi mikroblardan himoya qilish. 17. Floema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topadi? J: asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar). 18. Tut novdasining qanday bo‘lishi lub tolalarining ko‘pligiga bog‘liq? J: egiluvchan va pishiq. 19. Lub tolasi yaxshi rivojlangan o‘simliklarga misol? J: zig‘ir, kanop va tut. 20. Lub tolalari yaxshi rivojlangan o‘simliklardan nimalarda foydalaniladi? J: ip tayyorlashda va arqon, qop, gazlama to‘qishda. 21. Elaksimon naychalar − ...? J: lub tolalari orasidagi teshikli to‘siqlar bilan bo‘lingan cho‘ziq, ingichka naychalar. 22. Qattiq yog‘ochli o‘simliklarga misol? J: qayrag‘och, eman, yong‘oq, o‘rik, zarang, saksovul, yulg‘un. 23. Yumshoq yog‘ochli o‘simliklarga misol? J: tol, terak, jiyda. 24. Qattiq yog‘ochli daraxtlardan nimalarda foydalaniladi? J: mebel va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyor-lashda foydalaniladi. 25. Ksilema (yog‘ochlik) qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan? J: o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima). 26. Kambiy qavatining ahamiyati? J: uning hujayralar doimo bo‘linib (ko‘payib) turadi va shu hujayralar hisobiga poya eniga o‘sadi. 27. Yosh novdalarning o‘zagi qanday bo‘ladi? J: hujayralari tirik, ularda organik moddalar to‘planadi. 28. Poya ichki tuzilishiga ko‘ra qaysi qavatlardan iborat? J: po‘st yoki po‘kak, floema (lub), kambiy, yog‘ochlik (ksilema) va o‘zak. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling