1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-§. SHAKLI O‘ZGARGAN NOVDALAR.
26-§. BARGLARNING ICHKI TUZILISHI.
1. Barglarni mikroskopda ko‘rish tartibini ayting? J: buning uchun birorta o‘simlikning yangi bargidan ko‘ndalangiga yupqa kesib olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi, so‘ngra ustidan qoplag‘ich oyna yopib, mikroskopda ko‘riladi. 2. Bargni mikroskopda ko‘rganda nimalarni ko‘rishimiz mumkin? J: ustki va ostki po‘st (epiderma), barg eti, o‘tkazuvchan nay tolali boylamlar, og‘izchalar, tukchalar. 3. Barg po‘sti hujayralari qanday bo‘ladi? J: bir-biriga zich yondashgan, barg ichiga yorug‘lik o‘tkazadigan shaffof bo‘ladi. 4. Barg po‘sti hujayralari qanday vazifani bajaradi? J: bargning ichki qatlamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. 5. Barg og‘izchalari hujayralarining shakli qanday? J: loviyasimon. 6. Barg og‘izchalari hujayralari qanday qismlardan iborat? J: qobiq, sitoplazma, mag‘iz, xloroplastlar. 7. Barg eti hujayralari qayerda joylashgan? J: ustki va ostki po‘st oralig‘ida. 8. Barg eti hujayralari qanday qismlardan iborat? J: qobiq, sitoplazma, mag‘iz, xlorofill donachalaridan. 9. Barg eti qanday shakldagi hujayralardan iborat? J: ustunsimon, ovalsimon va yumaloq. 10. Ustunsimon hujayralar qayerda joylashgan? J: ustki po‘st ostida. 11. Ustunsimon hujayralar qanday tuzilgan? J: ustunchalarga o‘xshash cho‘ziq hujayralardan. 12. Ovalsimon va yumaloq hujayralar qayerda joylashgan? J: ustunsimon hujayralar ostida. 13. Barg tomiridagi naychalar hujayralar qanday tuzilgan? J: qalin devorli o‘lik hujayralardan iborat. 14. Elaksimon naychalar hujayralar qanday tuzilgan? J: cho‘ziq, bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralar. 15. Barg tomiridagi tolalar hujayralari qanday tuzilgan? J: po‘sti qalin, pishiq, juda uzun. 16. Nimalar nay tolali bog‘lamlar hosil qiladi? J: naychalar, elaksimon naychalar va tolalar birgalikda. 19-§. SHAKLI O‘ZGARGAN NOVDALAR. 1. Shakli o‘zgargan novdalar qanday guruhlarga bo‘linadi? J: yerosti va yerusti. 2. Shakli o‘zgargan yerosti novdalariga qaysilar kiradi? J: piyozbosh, tugunak, ildizpoya. 3. Shakli o‘zgargan yerosti novdalarini biologik ahamiyatini ayting? J: o‘simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi, o‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘playdi va vegetativ ko‘payishi uchun xizmat qiladi. 4. Piyozni kurtak bilan o‘xshashligini ayting? J: tashqi tomondan quruq qobiq bilan o‘ralgan. 5. Piyoz uzunasiga kesib qaralsa, nimani ko‘rish mumkin? J: tubida qisqargan kalta poyachani hamda uning asosidan pastga qarab qo‘shimcha mayda ildizlar, yuqoriga qarab seret barglar va gulband, ular o‘rtasida kurtaklar joylashadi. 6. Vaqt o‘tishi bilan gulbandning uchida nima paydo bo‘ladi? J: to‘pgul. 7. Tuganakli o‘simliklarga misol? J: kartoshka, topinambur. 8. Tuganak tuzilishi qanday? J: yumaloq shaklda, o‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga o‘xshaydi. 9. Tugunaklarining nimasi bilan boshqa yer osti novdalardan farq qiladi? J: chuqurchalarda − ko‘zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan. 10. Tugunaklar qanday sharoitda tez ko‘karadi? J: issiq va sernam sharoitda. 11. Kartoshka tugunagida kraxmal borligini bilish uchun nima qilish kerak? J: kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa, u asta-sekin ko‘karadi. 12. Ildizpoyada nimalar bo‘ladi? J: qo‘shimcha ildiz, shakli o‘zgargan barg va kurtaklar. 13. Ildizpoyali o‘simliklarga misol? J: g‘umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar va shirinmiya 12. G‘umay qaysi o‘simliklarga katta zarar keltiradi? J: sug‘oriladigan ekinlarga. 14. Shakli o‘zgargan novdalar qaysi guruhlarga bo‘linadi? J: yerosti va yerusti. 15. Shakli o‘zgargan yerusti novdalariga misol? J: qulupnay jingalaklari, bodring gajaklari va do‘lana tikanlari. 16. Shakli o‘zgargan yerusti novdalariga qaysilar kiradi? J: jingalak, gajak, tikan. 17. Qaysi o‘simliklarning barglari o‘z shaklini o‘zgartirib tikanga aylangan? J: kaktus, zirk. 18. Qaysi o‘simliklarning barglari himoya vazifasini bajaradi? J: kaktus, zirk, akatsiya. 19. Qaysi ilashib o‘suvchi o‘simliklarda barglar jingalaklarga aylangan? J: no‘xat, loviya. 20. Jingalagi bor o‘simliklar boshqa o‘simliklarga ilashib nimani ta’minlaydi? J: bargga yorug‘lik tushishini va poyani tutib turishni. 21. Qaysi o‘simliklarning barglari etli bo‘lib, o‘zida zaxira ozuqa moddalarni saqlaydi? J: piyozbosh, karam, aloe. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling