1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
42-§. YO‘SINLAR BO‘LIMI.
1. Yo‘sinlarning yer yuzida qancha turi bor? J: 20000 ga yaqin. 2. Yo‘sinlar qayerda o‘sishga moslashgan? J: sernam tuproqlarda. 3. Yo‘sinlarning ko‘payish usuli qanday? J: jinsiy va jinssiz bo‘g‘inlarning gallanishi. 4. Yo‘sinlar ko‘payishida qaysi bo‘g‘ini ustunlik qiladi? J: jinsiy bo‘g‘in. 5. Yo‘sinlar qaysi bo‘lim vakillaridan kelib chiqqan? J: suvo‘tlar. 6. Yo‘sinlarning bo‘yi qancha? J: 4-5 mm dan 40 sm gacha. 7. Ayrim yo‘sinlarni tana tuzilishi qanday bo‘ladi? J: xuddi suvo‘tlarni tanasiga o‘xshash, bargsimon tallomdan iborat. 8. Ko‘pchilik yo‘sinlarni tana tuzilishi qanday bo‘ladi? J: poya va barglarga bo‘lingan, lekin ularning ildizi bo‘lmaydi, ular tuproqqa rizoidlar orqali birikib turadi. 9. Yo‘sinlar yuksak o‘simliklardan qanday farq qiladi? J: ildizi va o‘tkazuvchi sistemalari yo‘qligi hamda ko‘payishida jinsiy bo‘g‘inni ustunlik qilishi bilan. 10. Yo‘sinlar nima bilan ko‘payadi? J: sporalar. 11. Yo‘sinlar jinsiy a’zolarini tuban o‘simliklarnikidan farqini ayting? J: ko‘p hujayrali bo‘lishi. 12. Yo‘sinlarni erkaklik jinsiy a’zosi nima? J: anteridiy. 13. Yo‘sinlarni urg‘ochilik jinsiy a’zosi nima? J: arxegoniy. 14. Yo‘sinlarni urug‘lanishi qanday amalga oshadi? J: faqat suvda harakatchan spermatozoidlar orqali. 15. Poyabargli qayerda tarqalgan? J: tundrada, botqoqlildar va zax yerlarda yer yuzini butunlay qoplab oladi. 16. Funariya yo‘sini qayerda keng tarqalgan? J: O‘rta Osiyo tekisliklarida. 17. Funariya yo‘sinining bo‘yini ayting? J: 1−3 sm. 18. Funariya yo‘sini necha uyli o‘simlik? J: bir uyli. 19. Funariya yo‘sinini qayerda ko‘rish mumkin? J: erta bahorda ariq bo‘ylarida, zax bosgan devorlarda, hovlilarning oftob kam tushadigan yerlarida, daraxt po‘stloqlarida. 20. Funariya yo‘sini poyasining tuzilishini ayting? J: ingichka, ketma-ket o‘rnashgan bargchalar bilan qoplangan va poyaning tubi tuproq ichiga rizoidlar chiqqan. 21. Funariya yo‘sini bargining tuzilishini ayting? J: bir qavat hujayralardan iborat va bu hujayralarida xlorofill donachalari bor. 22. Funariya yo‘sinining jinsiy a’zolari qayerda yetiladi? J: novdalarini uchida barglar orasida. 23. Funariya yo‘sinini spermatozoidining tuzilishini ayting? J: ikki xivchinli harakatchan. 24. Funariya yo‘sinini arxegoniysining tuzilishini ayting? J: kolba shaklida. 25. Funariya yo‘sini sporasidan nima rivojlanadi? J: gametafit. 26. Funariya yo‘sini zigotasidan nima rivojlanadi? J: sporafit. 27. Funariya yo‘sini sporafitining tuzilishini ayting? J: sporangiy band, sporangiy va spora. 28. Nam tuproqqa tushgan sporam qanday o‘zgarishga uchraydi? J: o‘sib, ko‘p hujayrali, shoxlangan, ingichka yashil iplarni beradi va bu ip shoxlarida kurtaklar paydo bo‘ladi. Har bir kurtakdan yangi funariya yo‘sini o‘sib chiqadi. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling