1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet35/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

59-§. ITUZUMDOSHLAR OILASI.

1. Ituzumdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk(5)Gt(5)Ch5U1.


2. Ituzumdoshlar oilasini vakillar qayerda o‘sadi? J: mo‘tadil iqlimli mintaqalar va tropiklarda.
3. Ituzumdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar, qisman yarim butalar yoki butalar.
4. Ituzumdoshlarni poyasi qanday bo‘ladi? J: tik, yonboshlab yoki yotib o‘suvchi, ba’zan shakli o‘zgargan yer osti novdalarini hosil qiladi. M: kartoshkada.
5. Ituzumdoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, butun yoki bo‘lingan.
6. Ituzumdoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri, ba’zan biroz qiyshiq, ikki jinsli, yakka-yakka holda barglar qo‘ltig‘ida yoki poya va shoxlar uchidagi gajak to‘pgullarda joylashgan.
7. Ituzumdoshlarni changchilari qayerda o‘rnashgan? J: gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayda.
8. Ituzumdoshlarni mevasi qanday bo‘ladi? J: rezavor yoki ko‘sakcha.
9. Qora ituzumning hayotiy shaklini ayting? J: bir yillik o‘t.
10. Qora ituzum qayerlarda uchratish mumkin? J: paxtazorlarda, polizlarda va boshqa ekinzorlarda, yo‘l yoqalarida.
11. Qora ituzumning bo‘yini ayting? J: 25-50 sm.
12. Qora ituzumning poyasi qanday bo‘ladi? J: sershox.
13. Qora ituzumning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, uzunchoq tuxumsimon.
14. Qora ituzumning gullari qanday bo‘ladi? J: oqish, shoxlari uchidagi to‘pgullarda 3 tadan 10 ta gacha gul joylashgan.
15. Qora ituzumning gul formulasini ayting? J: Gk(5)Gt(5)Ch5U1.
16. Qora ituzum qachon gullaydi? J: iyun oyi oxiridan to tupini sovuq urguncha.
17. Qora ituzumning mevasi qanday bo‘ladi? J: sharsimon rezavor meva.
18. Qora ituzum mevasining xalq tabobatidagi ahamiyati? J: C darmondoriga boy.
19. Qora ituzumning qachon pishadi? J: avgustning oxirida.
20. O‘zbekistonda ituzum turkumiga oid nechta tur o‘sadi? J: 10 ta.
21. Ituzum turkumiga oid qaysi turlar sabzavot ekini sifatida ko‘p ekiladi? J: kartoshka va baqlajon.
22. Ituzumdoshlardan keng tarqalgan begona o‘tlar qatoriga turkumlar kiradi? J: mingdevona va bangidevona.
23. Mingdevonaga xos xususiyatlarni ayting? J: qo‘lansa hidli, o‘ta zaharli, dorivor o‘simlik.
24. Bangidevonaga xos xususiyatlarni ayting? J: qo‘lansa hidli, o‘ta zaharli, dorivor o‘simlik.
25. Tamaki barglari ishlatilishini ayting? J: maxorka, papiros, sigara, zararli hasharotlarni nobud qiluvchi preparatlar va dorilar tayyorlashda.
26. Tamaki barglari tarkibida nima bo‘ladi? J: kishining asab va qon-tomir tizimiga zararli ta’sir qiluvchi zaharli modda – nikotin.
27. Ituzumdoshlarni Qizil kitobiga kiritilgan vakillarini ayting? J: faqat Oloy xiyoli.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling