1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
BIR URUG‘PALLALI O‘SIMLIKLAR SINFI (LOLASIMONLAR)
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
BIR URUG‘PALLALI O‘SIMLIKLAR SINFI (LOLASIMONLAR).
1. Bir urug‘pallali o‘simliklar sinfiga necha oila kiradi? J: 67 ta 2. Bir urug‘pallali o‘simliklar sinfiga necha tur kiradi? J: 58 000 ga yaqin. 64-§. LOLADOSHLAR OILASI. 1. Loladoshlarni gul formulasini ayting? J: Og3+3Ch3+3U(3). 2. Loladoshlar oilasini vakillar qayerda o‘sadi? J: dunyoning deyarli hamma qismidagi cho‘l, adir va tog‘larda. 3. Loladoshlar oilasining qancha turi mavjud? J: 400 ga yaqin. 4. Loladoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: ildizpoyali, piyozboshli ko‘p yillik o‘tlar va qisman butasimon o‘simliklar. 5. Loladoshlarning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, butun, parallel yoki yoysimon tomirli, shakli nashtarsimon, tasmasimon yoki ellipssimon bo‘lib, poyada ketma-ket o‘rnashgan. 6. Loladoshlarning gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri, ikki jinsli, yakka-yakka yoki to‘pgulda joylashgan. 7. Loladoshlarning mevasi qanday bo‘ladi? J: ko‘sakcha yoki rezavor meva. 8. Qizil lolani qachon va qayerda uchraydi? J: aprelning oxiri — mayning boshlarida adir va tog‘larning quyi qismidagi yonbag‘irlarda. 9. Qizil lolani bo‘yini ayting? J: 20-45 sm. 10. Qizil lolani barglari qanday bo‘ladi? J: 3-4 dona, ustida to‘q binafsha rangli dog‘lari bor. 11. Qizil lolani gullari qanday bo‘ladi? J: bitta, yirik, sarg‘ish-qizil, pastki qismi qora dog‘li. 12. Qizil lolani changchilari qanday bo‘ladi? J: iplari qora, changdonlari sariq. 13. Qizil lolani mevasi qanday bo‘ladi? J: 3 chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha. 14. Qizil lola nimasidan ko‘payadi? J: urug‘idan va piyozboshidan. 15. O‘zbekistonda lolalarning nechta turi uchraydi? J: 23 ta. 16. Lolalarni necha turi O‘zbekistonni Qizil kitobiga kiritilgan? J: 23 turi. 17. Boychechakning bo‘yini ayting? J: 10-15 sm. 18. Boychechakning qaysi qismlari ingichka bo‘ladi? J: poyasi va bargi. 19. Boychechakning hayotiy shaklini ayting? J: piyozboshli ko‘p yillik o‘t. 20. Boychechakning gullari qanday bo‘ladi? J: sariq yoki och sariq. 21. Boychechakning nimasi lolanikiga o‘xshaydi? J: guli va mevasini tuzilishi. 22. O‘zbekistonda boychechak turkumining necha turi o‘sadi? J: 30 ga yaqin. 23. Loladoshlarni yovvoyi holda o‘sadigan qaysi vakillari mavjud? J: olg‘i va xolmon. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling