1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari


#8.IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar


Download 63.67 Kb.
bet5/24
Sana14.05.2023
Hajmi63.67 Kb.
#1458048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
lalalala

#8.IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar.Qarluqlar davlati. Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy
turkiy qabilalardan hisoblangan. VI–VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida Qarluqlar davlati
tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori “yabg‘u” yoki “jabg‘u” deb yuritilgan. X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome masjidlar bino qilingan. Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiy sigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yurti va Farg‘ona vodiysi; janubda esa yag‘molar vohasi va Shar qiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan tashqari Jo‘l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko‘targan. Aholi qo‘ychilik, tog‘ jilg‘alari bo‘ylarida esa dehqonchilik bilan shug‘ullangan.* Qarluqlar – turkiy qabilalardan biri. Dastlab Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan. VIII asr o‘rtalarida Qarluqlar davlati Yettisuv o‘lkasida tashkil topdi. Poytaxti Suyob shahri bo‘lgan.* Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola (821–873). Rasman abbosiylarga qaram hisoblangan. Sulolaga 821-yil Tohir ibn Husayn asos solgan.
* Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: Ya’qub ibn Lays (873–879); Amr ibn Lays (879–900).* Somoniylar davlati (865–999) – Movarounnahr va Xurosondagi o‘rta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan .Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog‘liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan.962–963-yillarda G‘azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. U G‘azna va Kobul vilo yatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti G‘azna shahrida qaror topgan. G‘aznaviylarning siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida (977–997) ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan. Mahmud G‘aznaviy davrida (997–1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G‘aznaviy Xuroson hududlarini, so‘ng Xorazm davlatini (1017) ham o‘z saltanatiga qo‘shib olgan. Ammo Mas’ud G‘aznaviy davrida (1030–1040) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo‘ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. Oqibatda 1186-yilda G‘az naviylar davlati butunlay tugatilgan.O‘g‘uzlar – O‘rta Osiyoda yashagan turkiy qabila. IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlati Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida tashkil topgan.Qoraxoniylar davlati, Xoqoniya – Sharqiy Tur kiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bag‘rida tashkil topgan davlat. Qoraxoniylarsulolasi boshqargan. Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida qarluq, chigil va yag‘mo qabilalari yetakchi rol o‘ynagan. Asoschisi – Abdulkarim Sotuk Bug‘roxon (859–955).

Download 63.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling