1. Ozbekistonning eng yangi tarixining organishning siyosiy va ijtimoiy ahamiyati?


Download 126.79 Kb.
bet5/75
Sana23.01.2023
Hajmi126.79 Kb.
#1112551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Tarix imtixon javoblari.WPS Office

6. 1989 й. Фаргона фожиасининг сабаблари.
1989-yilning mayida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun Farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan Farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi. Farg‘ona hodisalari payti 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, mingga yaqin inson jarohatlandi, deb yozmoqda Karimov Fondi.Qayd etilishicha, ana shunday mushkul pallada Islom Karimov respublika rahbari etib saylandi. Saylanganidan keyin u zudlik bilan Farg‘onaga bordi. Karimovning puxta o‘ylagan siyosati va faol sa’y-harakatlari hamda jarayonda Markaz vakillari ham bevosita qatnashishi lozimligi haqidagi qat’iy talablari tufayli qonli ixtilof avj olmasdan to‘xtatib qolindi. Aks holda, butun respublikada beqarorlik yuzaga kelishi mumkin edi.Farg’ona fojiasi 1989 yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojiali voqealar sodir bo’ldi. 45 yil muqqadam Stalin bedodligi natijasida o’z eridan badarg’a qilingan mesxeti turklarini o’zbek xalqi o’z bag’riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub erli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog’lab, inoqlashib yashardilar. Biroq 1989 yil 20 mayda Quvasoyda tub erli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o’rtasida mushtlashish sodir bo’ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to’g’ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko’rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to’kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so’ng Marg’ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo’jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o’t qo’yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo’ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg’ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo’l stantsiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 iyundan boshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 13 ming kishilik bo’linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo’qon shahriga, Rishton, O’zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8 iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichkiishlar vazirligi qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi xalok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo’ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib joylashtirildi. Farg’ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23 iyunda bo’lgan XIV Plenumida Farg’ona fojiasi bilan bog’liq masalalarni o’rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O’zbekiston kompartiyasi MQning 1989 yil 29 iyulda bo’lgan XV Plenumi tomonidan ma’qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi. Farg’ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo’ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o’z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstrimistlarga, poraga sotilganlarga o’z vaqtida zarba berolmadilar. Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo’jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xomashyo etishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko’rilmasdi. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish ishlari buzilgan, poraxo’rlik, xizmat mavqeini suiste’mol qilish avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko’rgan reja asosida ig’vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar. Farg’onada sodir bo’lgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’, Bokuda tashkil etilgan ig’vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral-mart oylarida Bo’ka va Parkent, 1990 yil iyunda O’sh va O’zganda ham shunday urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o’z maqsadiga erisha olmadilar. O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi. 3. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi Yangi yo’l 1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo’l olindi. Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko’tarish ammaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi.«Islom Karimov O‘zbekistonning turli hududlarida alanga olayotgan millatlararo ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha dadil va mardonavor chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu tariqa u 1990 yil fevral-mart oylarida Bo‘ka va Parkentda, 1990 yil iyun oyida O‘shda qonli etnik ixtiloflarning oldini oldi. Prezident Islom Karimov O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning teng huquqliligini ta’minlash, ham «titul» millat, ham milliy ozchiliklar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratdi», deyiladi maqolada.

Download 126.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling