1. Ozbekistonning eng yangi tarixining organishning siyosiy va ijtimoiy ahamiyati?


Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish


Download 126.79 Kb.
bet54/75
Sana23.01.2023
Hajmi126.79 Kb.
#1112551
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
Tarix imtixon javoblari.WPS Office

4.4. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni koʻrish;
maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʻlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga, ularni musiqa hamda sanʼat dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
taʼlim va oʻqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

Download 126.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling