1. Ozbekistonning eng yangi tarixining organishning siyosiy va ijtimoiy ahamiyati?


IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari 4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish


Download 126.79 Kb.
bet52/75
Sana23.01.2023
Hajmi126.79 Kb.
#1112551
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
Tarix imtixon javoblari.WPS Office

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalar sonini va aholining daromadlari boʻyicha farqlanish darajasini yana-da kamaytirish;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya surʼatlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;
yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, oʻrta maxsus va oliy oʻquv muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʻliq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirgan holda sogʻliqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki boʻgʻinini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yana-da isloh qilish;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqlar va bolalar oʻlimini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni yana-da kengroq amalga oshirish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi oʻrnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
pensionerlar, nogiron, yolgʻiz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining toʻlaqonli hayot kechirishlarini taʼminlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yana-da rivojlantirish va takomillashtirish;
farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Download 126.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling