1. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi


Download 50.44 Kb.
bet1/9
Sana28.02.2023
Hajmi50.44 Kb.
#1235494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bito 17


MUNDARIJA
KIRISH
1. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi
2. O’zbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi.
3. MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik.
4. O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi jahonning ko’zga ko’ringan yirik va obro’li xalqaro tashkilotlari, dunyoning o’nlab davlatlari bilan aloqalarni o’rnatgan bo’lib, ularning yirik bank va moliyaviy tashkilotlari bilan, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. O’zbekistonda xorijiy mamlakatlarning 43ta elchixonasi, 49ta nodavlat va shuningdek 15 ta davlatlararo tashkilotlari akkreditatsiya qilingan. Respublikamiz eng muhim xalqaro konvensiyalarning qatnashchisidir. O’zbekiston turli davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar asosida intensiv rivojlanib boruvchi davlatlardan biridir. Rivojlanish va taraqqiyot yo’liga o’tgan O’zbekiston nufuzli xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarning teng huquqli a’zosidir. Respublikamiz Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banklar guruhi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi, Osiyo - Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi. Respublikamiz Xalqaro atom energiyasini nazorat qilish bo’yicha tashkilotga, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lib kirishi uchun faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini erkinlashtirish sharoitida jahon hamjamiyatiga qo’shilish jarayonlarini rivojlantirish va yanada chuqurlashti­rish­ning ustuvor yo’nalishlarida kuch-g’ayratni jamlash zaruriyati yuzaga keldi. Yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, va gumanitar tashkilotlar, ilg’or Yevropa mamlakatlari va AQSh, Osiyo -Tinch Okeani mintaqasi davlatlari, MDH mamlakatlari jumladan, Rossiya, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash ana shunday yo’nalish hisoblanadi. Prezidenti I. Karimov integratsiya haqida fikr bildirib, “ O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida-integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: “bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi serqirra jarayondir”, - deb alohida ta’kidlagan edi1.


O’zbekiston milliy iqtisodiyotining jahon xo’jaligi tizimiga chuqur integratsiyalashuvi muammolarini hal qilish uchun respbulikaning eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar hajmini oshirish va kengaytirish, shuningdek, respublikaning jahon bozoridan o’z o’rinini olishini ta’minlash zarur. Hozirgi kunda amal qilayotgan rag’batlantirishlar va imtiyozlardan foydalangan holda milliy ishlab chiqarishning eksportga yo’naltirilganligini kuchaytirish, import qilinadigan mahsulotlarning o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish muhimdir.
Aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, bizning nazarimizda, davlatlararo iqtisodiy integratsiya–iqtisodiy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo’lgan davlatlarning birlashishining obyektiv jarayonidir. U faqat tegishli mamlakatlarning tashqi savdo almashuvi sohasini, ularning bozor aloqadorligini (xalqaro hamkorlikda bu ko’pincha uchrab turadi) qamrab qolmay, balki mazkur mamlakatlarning moddiy ishlab chiqarishi sohasiga ham chuqur kirib boradi va turli darajadagi qayta ishlab chiqarish tuzilmalarining o’zaro hamkorligiga olib keladi. Jahon xo’jalik aloqalarining moddiy-ashyoviy asoslarini u yoki bu mintaqaviy guruhlar yoki ittifoqlarga birlashgan mamlakatlarning integratsion salohiyati tashkil qiladi. Mamlakatning integratsion salohiyati deganda, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning subyektlari (integratsiyalashayotgan mamlakatlar) amalga oshiradigan xalqaro ishlab chiqarish va iqtisodiy hamkorlik predmeti bo’lgan tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, moliya-kredit, savdo resurslari, ilmiy xodimlar va insonlarning aqliy qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan majmuini tushunmoq zarur. O’zbekistonning integratsion aloqalarini jadallashtirishga xizmat qiladigan omillarning (integratsion salohiyatining) quyidagi ustunliklarini ko’rsatib o’tish mumkin
1. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi

Download 50.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling