Iv bob. O’zbekistonning demografik salohiyati
Download 31.26 Kb.
|
����� ������������
IV BOB. O’ZBEKISTONNING DEMOGRAFIK SALOHIYATI 4.1. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati tushunchasi Iqtisodiy salohiyat tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish maqsadida foydalanish mumkin bo’lgan barcha manbalar, imkoniyatlar, vositalar va zaxiralarni anglatadi. Makrodarajada yalpi iqtisodiy salohiyat deganda ichki va tashqi bozorlar talabiga muvofiq milliy iqtisodiyotning maksimal mumkin darajadagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyati tushuniladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va iste’molning texnik darajasi, xajmi va tarkibi, milliy iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning sifati, shuningdek, mamlakat hududi va chet ellarda jamg’arilgan qiymatlar, mehnat va tabiat resurslari mamlakat yalpi iqtisodiy salohiyatining rivojlanish darajasini belgilaydi. Sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa sohalarining ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik infratuzilma, mehnat resurslari, shu jumladan, malakali kadrlar iqtisodiy salohiyatini belgilovchi omillar bo’lib hisoblanadi. Shunday qilib, O’zbekistonning yalpi iqtisodiy salohiyatini tashkil etuvchi muhim omillar quyidagilardir: aholi va mehnat resurslari; tabiiy resurslar; ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion resurslar; ishlab chiqarish resurslari; investitsiya resurslari; tashqi iqtisodiy resurslar; ekologik resurslar. Mamlakatning yalpi iqtisodiy salohiyatini baholash uchun quyidagi ko’rsatkich - indikatorlardan foydalaniladi: - aholi soni, uning yosh tarkibi, aholining tabiiy va mexanik harakati; - mehnat resurslari, ularning tarkibi, bozor iqtisodiyoti va fan-
inson salohiyatining rivojlanish indeksi; asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati, tarkibi, ularni takror ishlab chiqarish ko’rsatgichlari; yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, ularni aholi jon boshiga ishlab chiqarish (rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslash); - sanoat, qishloq; xo’jaligi, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, yuk va yo’lovchilar tashish hajmlarining o’sish imkoniyatlari; - ilmiy asoslangan me’yorlar hamda rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslaganda aholi jon boshiga moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilish darajasi; - mineral xom ashyo, yoqilg’i-energetika, suv va yer resurslarining zaxiralari va ulardan foydalanish darajasi; - ekotizimning ekologik sig’imi, atrof-muhitning ifloslanish darajasi. Download 31.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling