Iv bob. O’zbekistonning demografik salohiyati


Download 31.26 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi31.26 Kb.
#201730
1   2   3   4   5
Bog'liq
����� ������������

4.5. Mehnat bozori va bandlik

Mehnat resurslaridan samarali foydalanish va bandlikni ta’minlashda mehnat bozori (birjasi) katta rol o’ynaydi. Mehnat bozori bozor iqtisodiyotining muhim unsurlaridan biridir. Uning ko’lamini mamlakatdagi aholi va mehnat resurslarining miqdori belgilaydi. Yashab turgan joyida o’ziga mos ish va maosh topa olmagan kishi boshqa joylarga ish qidirib boradi. Natijada ishchi kuchi migratsiyasi yuzaga keladi. Mehnat bozoriga taklif qilingan va u yerda talab qilingan ishchi kuchi miqdor sifatdan odatda bir biriga to’la mos kelmaydi. Bu ishsizlik paydo bo’lishining asosiy sabablaridandir.

Iqtisodiyotning u yoki bu sohasida ish bilan mashg’ul bo’lgan aholi band aholi hisoblanadi. Mamlakatdagi ishsizlar sonining o’zgarishini ishsizlik darajasi ifodalaydi. Ishsizlik darajasining ortib borishi jamiyatda turli salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ularning oldini olishda davlatning ijtimoiy himoya siyosati, mehnat bozori va ijtimoiy jamg’armalar muhim o’rin tutadi. Ammo bizga har qanday bandlik emas, balki samarali bandlik kerak. Gap shundaki, malakali mehnat bilan band bo’lib, yetarli darajada maoshga ega bo’lishning ishchi kuchini takror ishlab chiqarish va oila farovonligini oshirishda ahamiyati katta.

Umuman mehnat bozori muayyan mehnat qobiliyatiga ega ishchi kuchining oldi-sotdisi amalga oshadigan markazdir. Bu bozorning asosiy ishtirokchilari bir tomondan ishchi kuchini yollovchilar - tadbirkor, korxona va davlat, ikkinchi tomondan mehnat layoqatiga ega aholidir. Ishchi kuchini yollovchilar ishchini yollash bilan undan foydalanish huquqini qo’lga kiritadi, ishchi esa o’z mehnat qobiliyati evaziga hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Mehnat bozori ikkita muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, bozorda kishilar o’z mehnati evaziga daromadga ega bo’ladilar. Bu daromad sarflangan kuch va energiyani qayta tiklashga ketadi. Ikkinchidan, mehnat bozori mamlakat aholisi mehnatidan samarali foydalanish, uni boshqarish va iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasida maqsadga muvofiq taqsimlash imkonini beradi. Mehnat bozorida maxsus tovar - mehnat qobiliyatining oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Mehnat qobiliyati insonning ajralmas xususiyati bo’lib, u moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratadi.

Ayniqsa mehnat resurslarining chorak qismi qishloq va o’rmon xo’jaligida band bo’lib, ular asosan past malakali ish bilan band. Qishloq ayollari o’rtasida bandlik darajasi past. Bu o’z navbatida oila daromadlari darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Bandlikni ta’minlashdan pirovard maqsad bo’lmasligi kerak. Mamlakatga samarali bandlik, ya’ni yaxshi daromad keltiradigan, yuqori bilim talab qiladigan, zamonaviy texnika va texnologiya bilan ishlaydigan bandlik kerak.
Download 31.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling