1. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash ustivor vazifa Oziq-ovqat xavfsizligida mavjud muammolar va uning yechimlari hamda rivojlanish istiqbollari


Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning tashqi omillari hisoblanadi


Download 195 Kb.
bet4/4
Sana16.04.2023
Hajmi195 Kb.
#1358692
1   2   3   4
Bog'liq
Oziq-ovqat xavfsizligi Mustaqil ish2[1]

Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning tashqi omillari hisoblanadi:
oziq-ovqat mahsulotlariga dunyo bo‘yicha narxni ortib borishi va rivojlanayotgan davlatlar talabining ko‘payishi;
iqlim sharoitlarining o‘zgarishi;
bioyoqilg‘i ishlatish ko‘lamining ko‘payishi;
geosiyosiy omillar.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash mexanizmlari belgilangan maqsadli mezonlar asosida quyidagi tadbirlar uyg‘unligida amalga oshirish orqali ta'minlanadi:
respublikaning barcha hududlari darajasida oziq-ovqat xavfsizligini aniqlash, baholash va kutilishi mumkin bo‘lgan xavfni oldindan bilish tizimini joriy qilish;
oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha xalqaro talablarga uyg‘unlashgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi joriy qilish;
respublikaning barcha hududlari darajasida belgilangan maqsadli mezonlarni bajarishni ta'minlovchi agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashni tartibga solish va boshqarish tizimini joriy qilish.
Ўзбекистон Республикасининг аграр сиёсати ва озик-овкат хавфсизлигини таъминлаш вазифалари
Давлат томонидан кишлок хужалигини ривожлантиришни тартибга солиш, қўллаб-қувватлашга каратилган сиёсат аграр сиёсат деб аталади. Аграр сиёсат бу умумиқтисодий сиёсатнинг таркибий кисми бўлиб, қишлоқ хўжалиги тармоги олдига куйилган вазифаларга эришишни таъминлашга каратилган ер билан боглик муносабатларни ислох килиш асосида иктисодий дастаклар ёрдамида тартибга солинган аграр муносабатларни шакллантириш ҳамда шу муносабат- ларни ижросини таъминлашга каратилган агротехнологик ташкилий ва иктисодий тамойил ва воситалар мажмуи хисобланади.
Аграр сиёсатнинг мақсади -мамлакат аҳолисининг асосий туридаги кишлок хужалиги махсулотларига булган талабни тўларок кондириш, мамлакат озик-овкат хавфсиз- лигини таъминлаш, қишлоқ хўжалиги махсулотларини кайта ишлашга ихтисослашган саноат корхоналарини етарли хом ашёга булган эхтиёжини тулаконли кондириш, шаклланган аграр ресурслар салоҳиятидан максадли ва макбул фойдала- нишга эришиш оркали давлатимизнинг иктисодий кудрати ва ахолиси яшаш фаровонлигини яхшилашдир.
Ўзбекистонда амалга оширилаётган давлатнинг аграр сиёсати биринчи навбатда мамлакатда мустахкам озик-овкат базасини, ер ва сувдан окилона фойдаланиш шарт-шароитларини яратиш, мулкчиликда давлат монополиясини кескин чеклаш ва хусусий мулк эгалиги хамда мулкчиликнинг бошка шаклларига кенг йўл очиш, турли мулкчилик шаклидаги кишлок хужалиги корхоналарининг тенг ривожланишига эришиш ва уларни хар томонлама кўллаб-кувватлаш масалаларига каратилган.
Узбекистон Республикаси аграр сиёсатининг асосий вазифалари куйидагилардан иборат:
мамлакатнинг озик-овкат хавфсизлигини таъминлаш, аҳолини, саноатни кишлок хужалиги махсулотлари билан таьминлаш;
кишлок ахолисининг турмуш даражасини ошириш;
кишлок хужалиги махсулотлари экспортини ошириш Эвазига чет эл валюталари тушумини кўпайтириш;
кишлок хужалигига тушаётган тушумларни бошка тармоклар уртасида таксимлашни муътадиллаштириш;
кишлок хужалигида таркибий ўзгаришларни амалга - ошириш; кишлок хужалигида ракобат муҳитини кучайтириш;
кишлок инфратузилмасини ривожлантириш ва такомиллаштириш;
кишлок хужалигида бозор муносабатларини шакллан- тириш ва ривожлантириш ва бошқалар.
2. Oziq-ovqat xavfsizligi muamolari va yechimlarini hal qilish, darhaqiqat bugungi kunda mamlakatimizda 10 mingga yaqin oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 16 foiz (%)dan ko’proqni tashkil qiladi. Xavfsiz oziq-ovqat deganda biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, genetic modifikatsiyalashgan organizmsiz (GMO), pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq ovqat mahsulotlarini sifatini nazorat qilish maqsadida, skanerlash tizimidan foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini nazorat qilishni yo’lga qo’yish, ekspertizani zamanoviy uskunalar yordamida o’tkazishga erishish, buning uchun amaldagi barcha davlat standartlari me’yorarini xalqaro ISO standart me’yorlariga bosqichma bosqich moslashtirish zarur.
2021 yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, BMTning Taraqqiyot dasturi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida “Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.
Onlayn shaklida tashkil etilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi xodimlari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO)ning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakillari, tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat tashkilotlarning mas'ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Anjumanda BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 25-sentyabrdagi 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi rezolyutsiyasi va ushbu hujjatda aks etgan 17 ta maqsad va vazifalar yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.
Xususan, BRMning ikkinchi maqsadi – oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda agrar sohani barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish yuzasidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar tahlil etildi.
Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yer va suv munosabatlarini yaxshilash, agrobiznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kooperatsiya rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, bozor mexanizmlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan agrar islohotlar, shuningdek, ilmiy yutuqlardan samarali foydalanish va kadrlar salohiyatini yaxshilash ishlari aniq chora-tadbirlarga asoslangan holda amalga oshirilmoqda.
Davra suhbatida so‘z olgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov 2017-yilda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida O'zbekistonda barqaror rivojlanish bo'yicha global maqsad va vazifalarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi:
— E'tirof etish kerak, so'nggi yillarda O‘zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasini modernizatsiya qilish maqsadida davlat byudjeti, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan qiymati 1,2 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Har bir hududda zamonaviy agroxizmat markazlarini tashkil etish uchun Jahon bankining 500 million dollarlik mablag‘i jalb qilindi.
Shundan kelib chiqib, so'nggi yillarda O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasiga davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, Prezidentning “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi kabi qator farmon va qarorlari qabul qilindi.
Yana bir diqqatga sazovor jihati shundaki, O‘zbekiston uchun qishloq xo‘jaligida klaster uslubini qo‘llash ilk qadam bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligiga klasterlarni joriy etish 2018-yilda qabul qilindi. Klasterlarni joriy qilish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining har xil turlari uchun qayta ishlash va logistika markazlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ayni vaqtda mamlakatda paxta, ipakchilik, meva-sabzavot mahsulotlari, go‘sht va baliq ishlab chiqarish va qayta ishlash klasterlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Xalqaro forumda so‘z olganlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining asosiy yo‘nalishlari ham Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘un ekani qayd etildi. Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligining raqobatdoshligini oshirish, islohotlarni chuqurlashtirish orqali davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan. Ya'ni, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qulay agrosanoat iqlimi va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, sohani boshqarishda davlat rolini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta'minlash, davlat boshqaruvining zamonaviy tizimini rivojlantirish va boshqa strategik ustuvor vazifalar qamrab olingan.
Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash boʻyicha yondashuvni mutlaqo oʻzgartirish vaqti kelganini taʼkidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari barchani oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yoʻlida ham qishloq xoʻjaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanadi.
Nega bashariyat farovonligi va kelajagiga xizmat qiluvchi mana shunday nufuzli tashkilot bu boradagi nuqtayi nazarlarni yangilash gʻoyasini ilgari surmoqda?
Sababi, bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen taʼsirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilgʻor va rivojlanayotgan davlatlar oʻrtasidagi oziq-ovqat balansi boʻyicha farqning oʻsayotgani, iqlim oʻzgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Noz-neʼmatlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, oʻrmonlar, biologik xilma-xillik keskin surʼatlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir.
Oqibatda, BMT maʼlumotlariga koʻra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan boʻlsa, 2050-yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi oʻlimning 45 foizi aynan toʻyib ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu sabab hayotdan koʻz yummoqda.
Qolaversa, sayyoramizdagi har toʻrt bolaning bir nafari oʻz yoshiga nisbatan oʻsmay qolgani aniqlangan. Maktab yoshidagi 66 mln. oʻgʻil-qiz darslarga beixtiyor och keladi. Shulardan 23 mln.i Afrikada istiqomat qiladi.
Masalaning yana bir tomoni. Qishloq xoʻjaligi dunyodagi eng katta ish beruvchi tarmoqdir. Bugun kurrai zamin aholisining 40 foizi aynan shu soha orqali tirikchilik qiladi. Bu qashshoq qishloqlardagi oilalar uchun daromad keltiruvchi va bandlikni taʼminlovchi asosiy manbadir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan lalmi boʻlgan besh million kichik fermer xoʻjaliklari oziq-ovqatning 80 foizini yetkazib beradi. Shunday ekan, mazkur jabhaga investitsiya kiritish aholi qatlamlari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash qatorida mahalliy va tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berish boʻyicha mamlakat imkoniyatlarini oshiradi.
Yaqinda BMT tomonidan sohada yana bir tashabbusga qoʻl urildi. Yaʼni oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga qarshi kurashish boʻyicha global kampaniya eʼlon qilindi. Bu ham aynan oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladi. Ushbu tuzilmaning Atrof-muhit boʻyicha tashkiloti(YUNEP) maʼlumotiga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 1,3 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari tashlab yuborilar ekan.(Bunga qaysidir maʼnoda oʻzimiz ham toʻylarimizdagi isrofgarchiliklar orqali “hissa“ qoʻshmoqdamiz. Bejizga bunday tadbirlarni ixchamlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmayapti). Neʼmatlarning bunday isrof qilinishidek mantiqsiz holatga barham berish uchun birinchi navbatda ularni saqlash sharoitlarini oʻzgartirish taklif etilyapti.
“Qotgan non? Bir yogʻi chirigan olma? Mogʻor bosgan pishloq? Bunday mahsulotlar bilan nima qilish kerak? Koʻpchilik ularni tashlab yuboradi. Dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi chiqindi idishlarida yotadi. Jahon iqtisodiyoti bundan har yili qariyb trillion dollar zarar koʻryapti”, - deb yozadi BMT.
Tashkilot statistikasiga koʻra, dunyoda har yili qariyb toʻrt mlrd. tonna oziq-ovqat ishlab chiqariladi, agar ulardan oqilona foydalanilib, taqsimlansa,bu aslida sayyora ahlining barchasiga yetgan boʻlardi. Yuqoridagi kabi omillar tufayli dunyo oziq-ovqat bozorlarida narx-navo koʻtarilib boryapti. Oxirgi oʻn yilda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi esa mazkur muammoning keskin tus olishiga sabab boʻldi. Uning asoratlari hamon sezilyapti.
Zero, oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisini shu kabi asosiy mahsulotlar bilan oʻzini oʻzi, mustaqil taʼminlashga qodirligini ifodalaydi. Shuningdek, oziq-ovqat importiga oʻta bogʻliqlikdan xalos boʻlganligini anglatadi.
Davlatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash siyosati qachon samara beradi? Qachonki, mahsulot ishlab chiqarish va import qilish darajalari oqilona uygʻunlashtirilsa, bu borada aholi uchun kafolatlangan imkoniyatlar yaratilsa, xalqaro pragmatik hamkorlik aloqalarni rivojlantirilsa, davriy ravishda yangilanib turadigan oziq-ovqat zaxirasini yaratishga ham qaratilgan boʻlsa.

Shunday ekan, oziq-ovqat xavfsizligini masalasi barcha davlatlar qatori Oʻzbekistonning ham mustaqilligi, ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy barqarorligini taʼminlash garovi hisoblanadi. Yurtimizda bu muammo hamon oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan. Zero, ayni paytda oziq-ovqat mahcylotlapiga boʻlgan talab oshyapti, aholi coni oʻsishi asnosida jon boshiga icteʼmol koʻpaymoqda.


Binobarin, soʻnggi uch yilda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini oshirishga boʻlgan yondashuv mutlaqo oʻzgardi, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylantirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi sanaladi. Unda 3,6 million kishi, yaʼni iqtisodiyotda band boʻlganlarning 27 foizi ishlaydi. YAIMda tarmoq ulushi 32 foizga teng boʻlsa, sohada foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini egallaydi. Hozirgi vaqtda 180 dan ortiq turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakatga eksport qilinayotgani diqqatga sazovor albatta. Yana bir eʼtiborli jihati, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yoʻlga qoʻyilib, u keng quloch yozyapti. Ular bilan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining 62 foizi paxta-toʻqimachilikda, 8 foizi chorvachilikda va 7,5 foizi meva-sabzavotchilikda qamrab olingani buning tasdigʻidir.
Shular qatorida sohani yanada rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish borasida foydalanilmayotgan bir qator imkoniyatlar mavjud. Davlat rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi shu nuqtai-nazardan dolzarbdir.
Masalan, strategiyada Oʻzbekistonda 2018-yil holatiga koʻra aholi oʻrtasida umumiy toʻyib ovqatlanmaydiganlarning ulushi 6,3 foizni tashkil etishi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu ulushni 2021-yilgacha 5, 2025-yilga kelib 3 foizgacha kamaytirish, 2030-yilga borib nol darajaga tushirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Xoʻsh, buning uchun nima qilish kerak?

Sir emaski, yurtimizda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish,ehtiyoj katta boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishdagi toʻsiqlar, nosogʻlom raqobat, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan import mahsulotlarining monopollashtirilishi, narx-navoning sunʼiy oshirilishi, taqchillikning yuzaga kelishi kabi bir qator muammolar hamon uchrab turibdi.


Bunday holatlar sohadagi ishchanlik muhiti, mamlakat investitsiyaviy imkoniyati va jahon bozoridagi obroʻsiga jiddiy ziyon yetkazishi tabiiydir. Binobarin, yuqoridagi Farmonning hayotga tatbiq etilishi yurtimiz bozorlarini sifatli, arzon va xavfsiz oziq-ovqatlar bilan toʻldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish imkonini beradi.
Koʻpchilikka maʼlumki, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oziq-ovqat tovarlarini xorijdan import qilish boʻyicha bir qator individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlari, preferensiyalar berilgan edi. Natijada davlatimizning milliard soʻmlab mablagʻlari sarflanardi. Lekin bu amaliyot oʻzini oqlamadi. Oziq-ovqat mahsulotlari importi ayrim subyektlar tomonidan monopoliyaga aylantirildi. Xorijdan keltirilayotgan shakar, qand, oʻsimlik yogʻlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki bozorda koʻpayishi hamda narx-navo pasayishi oʻrniga, aksi boʻlib qoldi. Farmonga koʻra, 2018-yil 1-fevraldan boshlab oziq-ovqat tovarlari importi uchun beriladigan barcha imtiyoz va preferensiyalar bekor qilindi. Pirovardida isteʼmol tovarlari respublika tovar xom ashyo birjalarida sotilmoqda. Shuningdek, birjalarning ochiq elektron savdolarida sotish uchun (sotib olish) litsenziya talab qilinmaydi. Ilgarigi, ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3,500 baravari va pul mablagʻi 1,200 baravardan kam boʻlmagan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab ham bekor qilindi.
Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yuqoridagi mahsulotlar importi tovar-xom ashyo birjalari va xorijiy birjalar elektron savdolari tizimi orqali amalga oshirilyapti. Oziq-ovqat mahsulotlarining xaridi, jamgʻarma tushumi va xarajatlari yagona portalda eʼlon qilib borilmoqda. Xullas, xorijdan olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi shaffof holda amalga oshirilyapti. Eng muhimi, ushbu Farmon asosida sohaga doir qonunchilik va normativ baza takomillashtirilyapti.

Muxtasar aytganda, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxini pasaytirish, sifat va xavfsizligini taʼminlash, chayqovchilik holatlariga chek qoʻyish, byurokratiyani bartaraf etish, xorijiy investorlar va hamkorlar bilan muntazam muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasidagi barcha muammo va sunʼiy gʻovlarga chek qoʻyilmoqda.


Binobarin, mutaxassislar sifatida, Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagilarni taklif etmoqchimiz:
- qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan unumli, samarali foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni yanada mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushining yuqori boʻlishiga erishish;
- qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarining zarur hajmlarda yetishtirilishi yoʻlida suvdan foydalanish tizimini takomillashtirish.
Jumladan, qoʻshni davlatlar tomonidan gidroenergetika sohasida nazarda tutilgan loyihalar amalga oshirilgan va suv taʼminoti tegishlicha qisqargan taqdirda 2025-yilda suv taqchilligini qoplash uchun sugʻoriladigan yerlarda tomchilatib sugʻorishni joriy etish talab etiladi. Bu katta miqdordagi investitsiyalarni taqozo qiladi, albatta. Ammo tomchilatib sugʻorish qoʻllaniladigan mineral oʻgʻitlar hajmini maʼlum darajada qisqartirish imkonini berishini ham unutmaslik lozim. Bu yetishtirilayotgan oziq-ovqat tannarxini pasaytirish va yer sifati yomonlashishi muammosini hal etishga koʻmaklashdi. Demak, hosildorlik va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning qoʻshimcha hajmlaridan olinadigan foyda ham oshadi.
Ayni chogʻda dehqonchilik mahsulotlari hosildorligi va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifalarini hal etish uchun zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish va tayyorlash, taqsimlash, qayta ishlash va sotishning samarali tizimini yaratish ham muhim. Xususan, butun yil mobaynida ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydigan, ham narxlarning mavsumiy oʻzgarib turishini pasaytiradigan mexanizm yaratish lozim.
Shu nuqtayi nazardan yangi va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning samarali usullarini tatbiq etish davr talabidir.
Boisi 2025-yilga borib Oʻzbekiston oʻrtacha darajadan yuqori daromad oladigan mamlakatlar guruhiga oʻtishi maqsad qilingan. Bu turmush tarzi, xulq-atvor andozalari, ovqatlanish tarkibini tegishli tarzda oʻzgarishiga olib keladi. Shularni eʼtiborga olgan holda bir qancha tovarlar boʻyicha qayta ishlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari ulushi oʻsishini taʼminlash zarur boʻladi. Qolaversa, ovqatlanish standartlari va meʼyorlarini joriy etish (shu jumladan, mikroelementlar va zarur nutriyentlar mavjud boʻlishi, zararli moddalar, turli qoʻshimchalar, boʻyoqlar, taʼm beruvchilar, emulgatorlarni nazorat qilish, tayyorlash, tashish texnologiyalariga rioya qilishni nazorat qilish), shuningdek, ovqatlanish sifati ustidan nazorat qilish mexanizmini yanada rivojlantirish lozim. Aholining ovqatlanish modelini yaxshilash maqsadida sogʻlom ovqatlanish toʻgʻrisidagi zarur axborotni tarqatish, bu borada tibbiyot muassasalari faolligini oshirish lozim.
Zotan, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sogʻlikni taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Qishloq xoʻjaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur”.
3. Осиё мамлакатлари озиқ-овқат хавфсизлиги билан боғлиқ жиддий муаммоларга дуч келмоқда. Вазиятни яхшилаш учун минтақа давлатлари ўзгарувчан сув режимига чидамли, серҳосил экин навларини яратиши ва ўзаро савдо ҳажмини ошириши керак.
Осиё тараққиёт банки (ОТБ) экспертлари Буи Мин Гиап ва Ясмин Сиддиқ Марказий Осиёда қандай қилиб озиқ-овқат хавфсизлигини яхшилаш мумкинлиги бўйича ўз тавсияларини тақдим этди.
“Марказий Осиёда қиш тугади. Қалин қор ва аномал совуқ баъзи сабзавотлар ҳосилининг камайишига олиб келди. Ўзбекистон ва Қозоғистон каби давлатлар пиёз экспортини вақтинча тўхтатди.
Ушбу омиллар шундоғам юқори бўлган озиқ-овқат нархларига салбий таъсир кўрсатди. Ўтган йили Россиянинг Украинага бостириб кириши натижасида юзага келган савдо узилишлари ва пандемиянинг узоқ давом этаётган таъсири минтақада озиқ-овқат нархлари инфляциясининг икки хонали ўсиши кузатилишига сабаб бўлди”, дейди ОТБ экспертлари.
Уларнинг қўшимча қилишича, Марказий Осиёда 10 млн гектар ерни суғориш учун асосий манба бўлган Сирдарё ва Амударё ҳавзаларида сув ҳажми 15 фоизга қисқариши кутилмоқда. Музликларнинг эриши экинларни экиш ва суғориш муддатлари билан боғлиқ вазиятни янада оғирлаштиради, чунки дарёларда сув ҳажмининг энг юқори миқдори йил бошида содир бўлмоқда.
Вазиятни яхшилаш учун тез ва осон ечимлар бўлмаса-да, ҳозиргидан самаралироқ ва барқарор қишлоқ хўжалигини ривожлантириш учун минтақага катта миқдорда сармоя ва маблағ керак бўлади.
Ўзаро ҳамкорлик озиқ-овқат хавфсизлигини яхшилашга ёрдам беради. Осиёнинг бошқа қисмларига нисбатан денгиздан узоқда жойлашган Марказий Осиёда минтақа давлатлари ўртасидаги яқин ҳамкорлик иқлимга чидамли озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқаришни рағбатлантириши, шунингдек, эҳтиёжни қондириш учун ўзаро савдо ҳажмини ошириши керак.
“Марказий Осиё минтақавий иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти (CAREC) аъзолари ўтган йили тўғри йўналишда қадам ташлади. Ноябрь ойида улар қишлоқ хўжалигини ривожлантириш ва озиқ-овқат хавфсизлиги соҳасида яқиндан ҳамкорлик қилиш имконини берувчи янги тузилма ташкил қилди. Ҳамкорлик учта асосий йўналишда амалга оширилиши режалаштирилган.
Биринчидан, қишлоқ хўжалигида ўзаро тажриба алмашиш. Буғдой, шоли, маккажўхори каби озиқ-овқат маҳсулотлари ҳудудларда қишлоқ хўжалиги экинларининг асосий қисмини ташкил қилади, бироқ вилоятлардаги кўплаб фермер хўжаликларининг кичиклиги ва механизация даражаси пастлиги ҳосилдорликка ҳам таъсир кўрсатади. Озарбойжон, Қирғизистон, Покистон ва Тожикистонда ўртача деҳқончилик майдонлари 1-3 гектарни ташкил этади. Ушбу кичик ҳажм фермерларнинг ишлаб чиқаришни кўпайтиришга имкон бериши мумкин бўлган ўғитлар ва технологияларни сотиб олишдаги молиявий имкониятини чеклайди.
Қишлоқ хўжалигида замонавий усуллардан фойдаланиш ҳосилдорликни оширишга хизмат қилмоқда. Масалан, Хитойда сувни паст босимда қувурлар тармоғи орқали тарқатиш билан исрофгарчиликнинг олдини олишга қаратилган замонавий технология жорий этилган. Қозоғистон ҳосилдорликни ошириш, ўғит ва пестицидларни қўллашда дронлар ва сунъий йўлдошлар орқали тўпланган тупроқ, об-ҳаво ва экинлар ҳосилдорлиги ҳақидаги маълумотлардан фойдаланади. Мамлакатда амалга оширилаётган ушбу тажриба лойиҳалари самарали натижалар кўрсатган: чорва сути маҳсулдорлиги 18 фоизга ошган, қишлоқ хўжалиги экинлари етиштириш харажатлари 20 фоизга камайган, ғалла ҳосилдорлиги гектарига 2,5 тоннага кўпайган.
Билим алмашишнинг яна бир усули таълим ва тадқиқотлардир. Қишлоқ хўжалиги амалиётида фойдаланиладиган дастурларни ишлаб чиқиш ёш мутахассисларни тайёрлашга ёрдам беради. Зараркунандалар, эпидемиялар ва ўзгарувчан сув режимига чидамли, серҳосил экин навларини яратиш бўйича ҳамкорликда олиб борилган изланишлар ҳосилдорликни оширишга хизмат қилади.
Global pandemiya sharoitida dunyo davlatlari qatori yurtimiz oldida turgan asosiy masala — qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, isteʼmolchilarni sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan talablarini qondirish asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
Barchangizga maʼlumki, sayyoramizda davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi iqtisodiyotning barcha tarmoqlari qatorida qishloq xoʻjaligida ham mavjud resurslar va imkoniyatlardan toʻliq foydalanish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish, uning xavfsizligini taʼminlash, sohaga ilgʻor zamonaviy yondashuvlarni joriy etish boʻyicha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy hamda ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Bugungi kunda butun dunyo olimlari, tahlilchilari, siyosatchilar, davlat arboblari va jamoatchilik vakillari insoniyat boshidan kechirayotgan koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, uni bartaraf etish yoʻllari xususida qizgʻin muhokamaga kirishgan.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining 2020-yil uchun eʼlon qilgan yangi prognozlariga koʻra, bazaviy ssenariy boʻyicha pandemiya natijasida global iqtisodiyot bu yil 3 foizga pasayishi kutilmoqda. Bu, joriy yilning yanvar oyida eʼlon qilingan prognozdan 6,3 foiz punktga pastdir. Agar virus bilan kurashish choʻzilib ketadigan boʻlsa, unda global iqtisod 6 foizga pasayishi mumkinligi eʼtirof etilmoqda.
Xalqaro tashkilotlarning ekspertlari, nufuzli tahlilchilari COVID-19 pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiyotida retsessiya holati yuzaga kelishi muqarrarligini va ushbu tanazzul dunyo tarixida sodir boʻlgan barcha retsessiyalarning “onasi” sifatida namoyon boʻlishini taʼkidlashmoqda.
Barchamizga ayonki, koronavirus pandemiyasi hukumatlarni oʻz chegaralarini yopishga majbur qildi. Natijada dunyo boʻylab tadbirkorlik faoliyati va oʻzaro tovarlar, xizmatlar ayirboshlanishiga jiddiy putur yetdi. Harakatlar cheklanishi, yetkazib berish va aviatsiya sanoatida uzilishlar oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonini, ularni xalqaro koʻlamda tashishni qiyinlashtirdi. Bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish va taʼminot zanjirining buzilishiga hamda oziq-ovqat xavfsizligiga raxna sola boshladi.
Maʼlumki, bunday holat kelajakda oziq-ovqat muammosini yana-da chuqurlashtiradi. Hatto ayrim davlatlarda ocharchilikning avj olishi oqibatida ijtimoiy boʻhronning yuzaga kelish xavfi mavjud. Shunday ekan, ushbu baloga qarshi dunyo olimlari, tajribali ekspertlar birlashgan holda harakat qilishlari lozim boʻladi.
Ushbu jihatlarni eʼtiborga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 20-22-oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Germaniyaning IAMO (Oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti) hamda AQSHning IFPRI (Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqotlari ilmiy tadqiqot instituti) institutlari bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda sogʻlom iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish va hududiy hamkorlik” xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Uch kun davom etgan konferensiya ishida Germaniya, Italiya, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziya, Portugaliya, Rossiya va MDH davlatlarining 30 dan ortiq professor-oʻqituvchilari, ekspert mutaxassislari taqdimot maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Onlayn platforma yurtimiz va xorijlik olimlar, siyosatchi, ishbilarmon doira vakillari hamda fuqarolik jamiyatlari uchun oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xoʻjaligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhokamalar maydoniga aylandi.
Xalqaro konferensiya COVID-19 pandemiyasi sharoitida aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qulay agrobiznes muhitini shakllantirish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish omillari, qishloq xoʻjaligida taʼlim — ilm-fan — ishlab chiqarish integratsiyasi va xalqaro maydonda yuz berayotgan yangi tendensiyalar, qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar va ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish yoʻllari kabi bugungi kunning dolzarb masalalariga bagʻishlangani bilan ham ahamiyatlidir. Unda xorijlik olimlar, xalqaro tashkilotlarning mutaxassis-ekspertlari oʻzlarining amaliy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
— Mazkur yirik tadbirda mamlakatim nomidan soʻzga chiqish men uchun katta sharaf, — dedi Germaniya Federativ Respublikasi Oziq ovqat va Qishloq xoʻjalik vazirining Xalqaro aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari janob Fridrix Voker. — Bugun qishloq xoʻjaligi nafaqat oziq-ovqat xavfsizligi, balki sanoat korxonalarini qayta tiklanuvchi xom-ashyo resurslari bilan taʼminlashda muhim manbaga aylandi. Shu bois, koʻplab davlatlarda ushbu tarmoqqa boʻlgan munosabat oʻzgarib bormoqda. «Inqiroz davrida aqlli va dono koʻprik quradi, axmoq esa qarzga botadi», — degan naql bejiz aytilmagan. Bozorni himoya qilish va izolyatsiya siyosati inqiroz davrida yaxshi yechim emas.
“Biz xalqlarimizga sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ega boʻlish uchun lozim boʻlgan barcha neʼmatlarni yarata olmaymiz. Shu sababli, har bir hududning xususiyati va imkoniyatlarini inobatga olib, oziq-ovqat taʼminoti kanallarini kengaytirishimiz lozim. Shu bilan birga, oziq-ovqat taʼminoti hududlarini diversifikatsiyalash ham xalqaro savdoning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Pandemiya davrida bu oʻz isbotini topganiga guvoh boʻldik.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Oʻzbekistonda bu yoʻnalishda katta ishlar amalga oshirilayotgani tahsinga sazovor. Bu masalada ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ham oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, sohada kichik va oʻrta fermerchilikni rivojlantirish, iqlim oʻzgarishi sharoitida innovatsion va yangi noanʼanaviy usullar orqali barqaror qishloq xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha hududlarda tajriba ortib bormoqda. Bugungi imkoniyatdan foydalangan holda, ushbu anjumanda ishtirok etayotgan tadqiqotchilarning muhim fikr va gʻoyalarini olib, Markaziy Osiyoni yaxlit bir hudud sifatida qarashimiz, har bir davlat ehtiyojiga mos yechimlar topishga intilishimiz lozim”.
Konferensiya dasturiga muvofiq Amerika Qoʻshma Shtatlarining Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqotlari ilmiy tadqiqot instituti (IFPRI) Bosh direktori Yoxan Svinnen janoblari ham soʻzga chiqib quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi.
“Bizning tadqiqotlarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, agar rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud vaziyatni isloh etish yuzasidan davlatning aralashuvi boʻlmaganda, sayyoramizda qashshoqlikka yuz tutganlar soni qisqa fursatda 150 million kishiga koʻpayib ketar edi. Barchamizga maʼlumki, jahonda hukm surayotgan pandemiya sharoitida eng asosiy hayotiy zarurat boʻlmish, oziq-ovqat xavfsizligi dolzarb masalaga aylandi. Buni sogʻliqni saqlash tizimi, iqtisodiyot va oziq-ovqat inqirozi deb baholash lozim. Oziq-ovqat inqirozi iqtisodiy tanazzul va oziq-ovqat tizimining buzilishi oqibatida yuzaga keladi. COVID-19 pandemiyasi oziq-ovqat tizimidagi zaifliklarning naqadar ulkan ekanligini koʻrsatib berdi.
Ushbu baloning taʼsirida oziq-ovqat tizimida uzilishlar vujudga keldi, ayniqsa, oziq-ovqat tizimining koʻp mehnat talab qiladigan sohalarida, xususan meva va sabzavotlarni yetishtirish, ularni isteʼmolchilargi yetkazib berish zanjirlarida muammolar yuzaga keldi. Virus infeksiyasi tufayli taʼminot zanjirlarining parchalanishi va turli xildagi siyosiy cheklovlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlarining oshishiga, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarishning pasayishiga olib keldi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, COVID-19 pandemiyasi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul va buzilishning umumiy taʼsiri, ayniqsa kambagʻallar uchun zararli hisoblanadi, kambagʻal qatlam daromadlari yoʻqolishi yoki pasayishiga taʼsir koʻrsatadi. Pandemiya koʻplab mamlakatlarda ogʻir iqtisodiy turgʻunlikni keltirib chiqaradi. Asosiy boyligi jismoniy mehnat boʻlgan odamlar daromadsiz qoladi va ishdan ayrilish oqibatlaridan eng koʻp zarar koʻrishadi.
Pandemiya tadqiqot olamiga ham taʼsir koʻrsatdi. Bizning faoliyatimiz ham maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va tadqiqotlarni oʻtkazishning yangicha, nostandart usullaridan foydalanishni talab etmoqda. Hozir veb-saytimizda COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq 90 ta oziq-ovqat xavfsizligi va uning qashshoqlikka taʼsiri boʻyicha 50 dan ortiq blogimiz yaratildi. Biz deyarli 25 dan ortiq virtual tadbirlarni uyushtirdik va avgust oyida pandemiya bilan bogʻliq voqea-hodisalar haqida koʻplab olim va ekspertlarning tahlillarini birlashtirgan elektron kitobni nashrdan chiqardik. Bularning barchasi veb-saytimizda oʻz aksini topgan. Bugungi konferensiya ishtirokchilariga shuni maʼlum qilmoqchimanki, virtual kitoblarning barchasi saytimizda ochiq holatda turibdi, undan bemalol foydalanishlaringiz mumkin.
Qadrli doʻstlar, Markaziy Osiyo mintaqasida bir nechta yangi siyosiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Masalan, Oʻzbekiston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqmoqda. U JSTga aʼzo boʻlish uchun ariza berdi va 2030-yilgacha qishloq xoʻjaligida oziq-ovqat sektorini rivojlantirishning yangi va ulkan strategiyasini qabul qildi. Bularning barchasi, oziq-ovqat tizimi mintaqada haqiqatan ham oʻzgarishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi”.
Shuningdek, konferensiyada Qishloq xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tadqiqot institutlari konsorsiumi – CGIAR (Consortium of International Agricultural Research Centers) Bosh direktori oʻrinbosari Yekaterina Krivonos xonim ham nutq soʻzladi. U oʻz nutqida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi.
— Oldingi ishim doirasida bir necha marotaba Toshkentda boʻlganman va u yerda Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni va qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalash boʻyicha tahlillar bilan Oʻzbekiston hukumatini qoʻllab-quvvatlashda qatnashganman. Bugun biz qishloq xoʻjaligi sohasidagi xususan oziq-ovqat, yer va suv tizimidagi bogʻliq muammolar va qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadqiqotlarni olib borish va innovatsiyalarni yetkazib berish usullarini qayta koʻrib chiqish nima uchun kerakligi haqida gaplashamiz.
Bugungi kunda oziq-ovqat tizimidagi vaziyat qanday? Insoniyat soʻnggi oʻn yilliklar ichida qashshoqlik va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida katta yutuqlarga erishdi. Ammo oziq-ovqat tizimi global muammolarni, xususan, atrof-muhitning yomonlashuvi, ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar, semirish va sogʻliqni saqlash inqirozlari, ishchilar va oziq-ovqat tizimlari uchun kam maoshlar belgilash, xavfli ish joylari kabilarni hal qila olmayapti. Bizning atrofimiz, yerimiz, suvimiz va dengiz hayotimiz notoʻgʻri boshqarilmoqda.
Bizda global isish, haddan ziyod qurgʻoqchilik, oʻrmonlarning yoʻq qilinishi, tuproqning degradatsiyasi, suvning ifloslanishi, bioxilma-xillikning yoʻqolishi sodir boʻlmoqda. Shu bilan birga, qashshoqlik, ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik yuqori darajada qolmoqda. Dunyo aholisining toʻqqiz foizi, kuniga 1 dollardan kam boʻlgan daromad bilan yashamoqda. Dunyo aholisining toʻrtdan bir qismi kuniga 3 dollardan 20 dollargacha kun kechirmoqda, bu esa ikki milliard odam sogʻlom ovqatlanmayotganini anglatadi.
Qashshoqlik qishloq joylarda shaharlarga qaraganda uch baravar yuqori darajada. 2019-yilda deyarli 690 million kishi yoki dunyo aholisining 8-9 foizi och boʻlgan. Bu bir yil ichida 10 millionga oshdi. COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy taʼsiri natijasida, 2020-yil qashshoqlik 20 foizga, yaʼni qoʻshimcha 40 million kishiga koʻpayishi kutilmoqda. Pandemiya tufayli 2020-yilda dunyodagi toʻyib ovqatlanmaganlarning umumiy soni 3 milliondan 132 milliongacha koʻpayishi xavotirli holat. Bundan tashqari, tengsizlik, toʻyib ovqatlanmaslik, qashshoqlik qishloq aholisi orasida davom etmoqda. Yer, oziq-ovqat va suv tizimlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, bu muammolarni xususiy, jamoat va fuqarolik jamiyatlari oʻrtasida muvofiqlashtirilgan harakatlar orqali hal qilish kerak va bu harakatlar dalillarga asoslangan boʻlishi kerakligi taʼkidlab oʻtdi.
Shu bilan birga Germaniya Federativ Respublikasida taniqli olim, Oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor Tomas Glaubenning ham chiqishi konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Olim oʻz chiqishida quyidagilarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
— Hozir oziq-ovqat xavfsizligi, inklyuziv oʻsish yoki tabiiy resurslarni saqlash kabi barqaror rivojlanish maqsadlarining barqarorligini ilgari surish har qachongidan ham qiyindir. Ushbu muammolar Markaziy Osiyo kabi oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlariga taʼsir qilishi tabiiydir. Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ekinlaridagi mahsuldorlikning pastligi, oziq-ovqat zanjirining yetarli darajada rivojlanmaganligi, samarasiz logistika tizimining mavjudligi, tranzaksion xarajatlarning yuqori boʻlishi, savdodagi potensial daromad va oziq-ovqat zanjiri ishtirokchilarining bozorga kirishini cheklaydi.
Shunday qilib, oziq-ovqat iqtisodiyotining moslashuvchanligi va barqarorligini oshirish uchun ilgʻor strategiyalar talab qilinadi. Shu nuqtayi nazardan, innovatsiyalar xususan, raqamli yangiliklar ushbu muammolarni hal qilishning muhim vositasi boʻlishi lozim.
Ilm-fan va taʼlim sohasidagi tadqiqotlardan foydalanish uchun ehtiyojlarni hisobga olgan holda yechimlar topish uchun ilm-fanni biznesga oʻtkazish uchun harakat qilish lozim. Shunday qilib, sheriklik va koʻp manfaatli dialoglar barqaror oziq-ovqat sektorini rivojlantirishga yordam berishi mumkinligini qayd etdi.
Konferensiya davomida ilgʻor xorijiy tajribalarni Oʻzbekiston misolida amaliyotga tatbiq etish boʻyicha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy tavsiyalar, Oliy taʼlim — ilm-fan — ishlab chiqarish integratsiyasidan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholini qishloq xoʻjaligi tovar va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini muntazam qondirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
4. Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti (OXBIT) (arab. . المنظمة الإسلامية للأمن الغذائي, ingl. Islamic Organization for Food Security, frans. L’Organisation Islamique pour la Sécurité Alimentaire) xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, uning vazifasi mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdir.
Vazifasi
IOFSning asosiy vazifasi ishtirokchi mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdan iborat. Asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil etadi:
Ishtirokchi davlatlarga sifatli qishloq xo‘jaligi, qishloq taraqqiyotini rivojlanishi, oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiyaning turli jihatlari bo‘yicha tajriba va texnik yordam ko‘rsatishni taqdim etish;
zarur insonparvarlik yordamini aniqlash va ko‘rsatish, shu jumladan oziq-ovqat zahiralarini yaratish maqsadida aʼzo mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini baholash va monitoring qilish;
aʼzo mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun moliyaviy va qishloq xo‘jaligi resurslarini safarbar qilish va boshqarish;
cho‘lga aylanish, o‘rmonlarni kesish, eroziya va sho‘rlanish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish;
Yagona qishloq xo‘jaligi siyosatini muvofiqlashtirish, shakllantirish va xizmat ko‘rsatish, shu jumladan tegishli texnologiyalarni uzatish.
Tashkilot maqsadlariga erishish uchun oziq-ovqat va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida tegishli milliy va mintaqaviy loyihalar, xalqaro dasturlar, huquqiy va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Azo davlatlar


1. Afg'oniston (2013) 2. Bangladesh (2016).3. Benin (2013)
4. Burkina-Faso (2013) 5. Gambiya (2013) 6. Gvineya(2013)
7. Gvineya-Bisau (2013) 8. Jibuti (2013) 9. Misr (2016)
10. Eron (2013) 11. Qozog'iston (2013) 12. Kamerun (2016)
13. Qatar (2013) 14. Komor orollari (2013)15. Kot-d'Ivuar (2016)
16. Quvayt (2016) 17. Liviya Ливия (2013)18. Mavritaniya (2013)
19. Mali Мали (2013) 20. Marokash (2021) 21. Mozambik (2016)
22. Niger (2013) 23. Nigeriya (2019) 24. BAA (2013)
25. Pokiston (2019) 26. Falastin (2013)
27. Saudiya Arabistoni (2015) 28. Senegal (2017) 29. Somali (2013)
30. Syerra-Leone (2013) 31. Sudan (2013) 32. Surinam (2013)
33. Uganda (2013) 34. Tojikiston (2016) 35. Tunis (2021)
36. Turkiya (2013) 37. Chad (2022)


Xulosa
Yer yuzida iqlim o‘zgarishi va turli ekologik muammolar oqibatida yuz berayotgan tabiiy ofatlar, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik, cho‘llanish kabi og‘ir vaziyatlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtirmoqda.
Bu esa oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda, dunyo oziq-ovqat bozorlarida narx-navo ko‘tarilib borishiga sabab bo‘layotir. Bundan tashqari, 2008 yilda boshlangan va hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oziq-ovqat xavfsizligi muammosining keskin tus olishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, dunyo aholisining ko‘payib borayotgani, urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borishi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekini maydonlarining qisqarishi ham oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholining ehtiyojlarini qondirish masalasini keskinlashtirmoqda.
Oziq-ovqat xavsizligini oldini olish uchun bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen taʼsirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilgʻor va rivojlanayotgan davlatlar oʻrtasidagi oziq-ovqat balansi boʻyicha farqning oʻsayotgani, iqlim oʻzgarishlari kabi qator salbiy omillarga befarq bo'lmasligimiz kerak. Ustiga ustak noz-neʼmatlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, oʻrmonlar, biologik xilma-xillik keskin surʼatlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Kun.uz
Lex.uz
wikipedia.org
worldbank.org
Iqtisodiy xavfsizlik (Abulqosimov X.P)


Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling