1. Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi rmm-5 kichik o’lchamli ko’chma ozuqa tarqatgichi rsp-10 ozuqa tarqatgich aralashtirgich
Download 309.54 Kb.
|
13-maruza — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. TVK-80B ozuqa tarqatgichi soni 7.Ozuqalarni yuklash mashina va jihozlari
13-mavzu. Ozuqalarni tarqatishni mexanizatsiyalashtirish Reja 1. Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi 2. RMM-5 kichik o’lchamli ko’chma ozuqa tarqatgichi 3. RSP-10 ozuqa tarqatgich - aralashtirgich 4. RMM-5 kichik o’lchamli ko’chma ozuqa tarqatgichi 5. RSP-10 ozuqa tarqatgich - aralashtirgich 6. TVK-80B ozuqa tarqatgichi soni 7.Ozuqalarni yuklash mashina va jihozlari Fermalarda ozuqa tarqatish hayvonlarga qarov o’tkazish uchun sarflanadigan jami mehnat hajmining 30...40% ini tashkil etadi va bu jarayonni mexanizatsiyalash fermada asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ozuqa tarqatish jarayoni ozuqani (ozuqa aralashmasini) texnika vositasiga yuklash, hayvonlar saqlanadigan joyga tashish va uni belgilangan mehyorda oziqlantirish oxurlariga tarqatishdan iborat. Ozuqa tarqatish qurilmalariga quyiladigan asosiy zooveterinariya talablari quyidagilardan iborat: ozuqani berilgan normada bir tekisda (farqi 15%) tarqatish; ozuqa tarqatish jarayonidagi isrofgarchilikning mehyordan (1%) oshmasligi; ozuqa tarqatgich fermada ishlatiladigan barcha turdagi ozuqalarni tarqatishi, yahni universal bo’lishi; ozuqa tarqatish jarayoni uchun sarflanadigan vaqtning oz miqdorda bo’lishi, yahni bir binoda ko’chma ozuqa tarqatgich ishlatilganda 30 minutdan va turg’un ozuqa tarqatgichlar uchun 20 minutdan oshmasligi; ozuqa tarqatgichlar ortiqcha shovqin chiqarmasliklari va hayvonlar uchun xavfsiz bo’lishi; ozuqa tarqatgichlar chidamli bo’lishi va ishga yaroqlilik koeffitsienti 0,98 dan kam bo’lmasligi. Fermalarda ishlatiladigan ozuqa tarqatgichlar turli ko’rsatkichlariga qarab sinflanadi. Ularning asosiy turlari 3.4.1-jadvalda ko’rsatilgan. 3.4.1-jadval Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi
Hayvonlar saqlanadigan binolarda va oziqlantirish maydonlarida o’rnatiladigan oxurlarining hayvonlarning oziqlanish jarayonidagi fiziologik talablarga to’la javob berishi va mexanizatsiyalashtirilgan holda ozuqa tarqatish imkoniyatiga ega bo’lishi ko’zda tutiladi. Oxurlarning o’rnatishga qulay, chidamli bo’lishi, ishlatish jarayonida hayvonlarga jarohat bermasligi va lozim bo’lganda ularni yyengil ko’chirish, tashish mumkinligi talab etiladi. Ular yog’ochdan, metalldan, betondan va plastik materiallardan tayyorlanadi. Oziqlantirish yo’lagi tomonidan oxurlar himoya bruslari bilan to’siladi. Oziqlantirish oxurlarining umumiy uzunligi me’yorlangan oziqlantirishda bir hayvon guruhi uchun belgilangan normadagi oxur uzunligi bir hayvonga teng deb, me'yorlanmagan oziqlantirishda (hayvonlar ozuqaga erkin yondoshganda) bir hayvon uchun belgilangan oxur uzunligining yarmi miqdorida belgilanadi, yahni mehyorlangan oziqlantirishda (3.4.1) mehyorlanmagan erkin oziqlantirishda (3.4.2) bu yerda, i=1...n - fermadagi hayvon guruhlari soni; mi - i guruhdagi hayvonlar soni; li - i guruhdagi 1 bosh hayvon uchun lozim bo’lgan oxur uzunligi,m Bu turdagi ozuqa tarqatgichlar umumiy ravishda g’ildirakli yurish qismi va ramaga o’rnatilgan bunker, ozuqani mehyorlovchi va oziqlantiruvchi oxurlarga bir tekisda tashlovchi ishchi organlardan va harakat uzatish mexanizmlaridan tuziladi. Ko’chma ozuqa tarqatgichlar ishlatiladigan energetik vositalariga qarab traktor, avtomobil va o’ziyurar shassi yordamida ishlatiladigan turlarga bo’linadi. Ko’chma ozuqa tarqatgichlar, turg’un oziqa tarqatgichlarga qaraganda katta unumdorlikka ega, turli xil sharoitda ishlay oladi va fermalarda ozuqalarni tashish, tushirish ishlarini bajara oladi. SHu bilan birga bu turdagi ozuqa tarqatgichlarning umumiy kamchiligi: - ferma binolari va hayvonlarni saqlash maydonlarida kengligi 1,6...2,5 metrdan kam bo’lmagan ozuqa yo’laklarining bo’lishi: - binodagi havoni ifloslantirish va shovqinli ishlashi; - kontsentrlangan ozuqalarni tarqatishda berilgan normadan 15...20% chetlashishi; - kichik hajmli fermalarda ishlatishda iqtisodiy samaradorligining past bo’lishi. Fermalar uchun ozuqa tarqatish texnologiyasini va texnika tizimini asoslaganda bu kamchiliklarni inobatga olish va avvalo iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlagan holda yondoshish lozim. Fermalarda keng tarqalgan ayrim turdagi ko’chma ozuqa tarqatgichlarning texnik tavsifnomalari 3.4.2-jadvalda ko’rsatilgan. 3.4.2-jadval Ko’chma ozuqa tarqatgichlarning texnik tavsifnomalari
Fermalarda uning sharoiti uchun mos keladigan universal va chidamli turdagi ko’chma ozuqa tarqatgichlar ishlatiladi. Download 309.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling