1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasnifi


PATENT KOOPERATSIYA TO‘G‘RISIDAGI SHARTNOMANING (RST) MOHIYATI


Download 170.5 Kb.
bet11/14
Sana14.03.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1267819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasn

PATENT KOOPERATSIYA TO‘G‘RISIDAGI SHARTNOMANING (RST) MOHIYATI
Keng patentlashda Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (RST) tartiblaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1970 yilda Vashingtonda tuzilgan RST eng muhim xalqaro shartnomalardan biridir. RST, birinchi navbatda, ixtirolarga bir necha mamlakatda muhofaza olishni osonlashtirish va arzonlashtirishga yo‘naltirilgan. SHartnoma shuningdek rivojlanayotgan mamlakatlar patent tizimining ish samaradorligini oshirish va bu mamlakatlar aholisining ilg‘or texnik yechimlar, ixtirolar to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanishini osonlashtirish yo‘li bilan ularning iqtisodiy rivojlanishini raQbatlantirishga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda RST ixtirolarni xorijda patentlash ishlarini amalga oshiradigan asosiy shartnomadir. 2000 yilning 1 yanvaridagi holat bo‘yicha 120 dan ortiq mamlakat RST a’zosidir. O‘zbekiston 1993 yilda RST a’zosi bo‘ldi.
Shartnoma tartiblari bitta xalqaro patent talabnoma berish yo‘li bilan bir vaqtning o‘zida RSTga a’zo ko‘pchilik mamlakatlarning har biridan patent muhofazasi so‘rash imkonini beradi. Bunday talabnomani har qaysi davlatning fuqarosi shu davlat yoki o‘zi yashayotgan mamlakat milliy patent idorasiga berishi mumkin. Bunday idora RST bo‘yicha talabnomalarni oluvchi idora deyiladi. O‘zbekiston fuqarolari uchun O‘zbekiston Davlat patent idorasi talabnomalarni oluvchi idora hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlaymizki, milliy talabnoma beruvchilar hozirgi vaqtda ixtirolarni xorijda kam patentlaydilar. Bunday past ko‘rsatkichlar asosan talabnoma beruvchilarda patentlash uchun zarur valyuta resurslarining yo‘qligi, shuningdek patent bilimlari darajasining pastligi hisoblanadi, bu ularga xorijiy bozorlarga chiqishda turli tartiblarning barcha afzalliklaridan o‘z iqtisodiy manfaatlarida foydalanishga imkon bermaydi. Odatda, faqat haqiqatda xorijiy bozorlarda amal qiladigan, ishbilarmon hamkorlarga ega bo‘lgan yirik mahsulot eksport qiluvchilar va boshqalar xorijiy patentlashga jur’at qiladilar. Biroq, Qarb amaliyoti ixtirolarni xorijda to‘g‘ri muhofazalash muvaffaqiyatli faoliyatning natijasi emas, balki uning sababi ekanligini ishonarli ravishda isbotlab kelmoqda.

Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling