1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasnifi


Download 170.5 Kb.
bet7/14
Sana14.03.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1267819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasn

2. Xalqaro patent tasnifi

Xalqaro patent tasnifining maqsadi axborotni tezda qidirib topish va ishlov berish imkoniyatini ta’minlash uchun patent hujjatlarini sistemalashtirish (tartibga solish) tizimini yaratishdan iborat. Qabul qilingan tasniflash tizimi asosida patent fondlarida patent hujjatlari indeksatsiyalanadi va joy–joyiga qo‘yiladi, ma’lumotlar bazalarida axborot qidiriladi va hokazo.
XPT tashkil etish tarixi 1951 yildan, Yevropa patent ishlari bo‘yicha kengashi tomonidan Patent tasnifi bo‘yicha kichik komitet tashkil etilgan vaqtdan boshlanadi. Bu komitet, bir qator Yevropa davlatlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, o‘sha vaqtda qo‘llanilayotgan ixtirolarni tasniflashning turli milliy tizimlarini unifikatsiyalashtirish ishlarini boshladi.
1954 yilda XPT ning asosiy sxemasi tuzildi. 1966 yilda XPT ni kichik guruhlargacha bo‘lgan aniqlikdagi ishlanmasi (to‘liq sxemasi)ni ishlab chiqish ishlari tugallandi va u 1968 yilning 1 sentyabridan boshlab kuchga kirdi. 1971 yilda Xalqaro patent tasnifi bo‘yicha Strasburg bitimi tuzildi. Ushbu bitimning ishtirokchilari faqat 29 davlatdan iborat bo‘lsa ham, aslida jahonning 70 dan ortiq mamlakatidagi Patent idoralari, shuningdek to‘rtta mintaqaviy patent idorasi ham XPTdan foydalanadi. XPTning doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqish va uning zamon talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun Strasburg bitimiga muvofiq Ekspertlar komiteti ta’sis etilgan bo‘lib, Bitimning barcha ishtirokchi davlatlari vakillari uning a’zosidir. XPT muntazam ravishda har besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi. 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab XPTning ettinchi tahriri amal qilmoqda.
XPT o‘z tuzilishi bo‘yicha ierarxik tasniflarga kiradi va umumiydan xususiyga tamoyili bo‘yicha tashkil etilgan predmetli–mavzuviy ruknlarning ko‘p bosqichli taqsimlash tizimidan iborat.
XPTda ixtirolar ikkita asosiy tamoyili bo‘yicha tasniflanadi:
-predmetli–mavzuviy (tarmoqqa xosligi);
-funksional (bajaradigan vazifalarining o‘xshashligi tamoyili).
XPT bo‘yicha asosiy nashr bu Sinflar ko‘rsatkichi bo‘lib, har biri lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadigan 8 ta bo‘limdan iborat:

Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling