1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari


Download 74.86 Kb.
bet6/8
Sana13.04.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1352979
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarbiyachining pedagogik mahorati 2020

Ko’nikmalar - pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usilidir.
Malakalar - pedagogning ongli faoliyati bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intelektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig’indisidir. Ular pedagog kasbiy faoliyati mexanizmlarining asosini tashkil qiluvchi jaroyonlardir. Ular, qobilyat bilan birgalikda pedagogic mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida pedagog kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo noshud pedagog ko’p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko’nikma va malakalarda ro’yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobilyatli kishinig ko’nikma va malakalari ko’p qirrali va takomillashgan bo’ladi. Ko’nikmalarni umumlashtirib mohirlik deb ham ataydilar. Mohirlik ham qobiliyatning o’zginasidir.Demak, qobilyat ko’nikma va malakalarning paydo bo’lish jaroyonida shakllanadi.
Pedagogning pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V.Kuzmina shunday yozadi: “Ta’lim - tarbiyada ro’y beradigan ko’p gina kamshiliklar pedagog o’z pedagogik qobiliyatining amaliy yo’nalishlarini yaxshi bilmasligi, e’stidodning pedagogda yoq’ligi natijasida ro’y beradi.” Maxsus qobiliyatga ega bo’lgan pedagoglar faqat o’zlari egallagan kasbiy yo’nalishlari bo’yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’illanadilar. Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Qobiliyat kasbiy faoliyat jaroyonida sayqallanib boradi. Buning uchun pedagogda layoqat, zehn va qiziqish bo’lishi kerak.
Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari. Pedagogik - psixologiyada pedagog qobiliyatining cheklangan turlari yo’q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko’payib va o’zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha ‘o’zgarmas irsiyat’ nasldan - naslga o’tuvchi jarayon sifatida ta’lqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib brogan ilmiy - tadqiqotlari va kuzatishlari natiyjasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko’rsatilgan.


Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling