1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
Samimiylik - atrofdagi kishilar bilan munasbatda sofdillik, vijdonlilik ifodalanadigan shaxsiy sifat. Vatanni sevish
Download 74.86 Kb.
|
Tarbiyachining pedagogik mahorati 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi
- Pedagog faoliyatida pedagogik qobiliyat va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Samimiylik - atrofdagi kishilar bilan munasbatda sofdillik, vijdonlilik ifodalanadigan shaxsiy sifat.
Vatanni sevish - ona yurtiga, ota - onasiga va yor u do’stlariga sadoqatli bo’lish va e’tiqod qilish, mustaqil respublikamiz konstituciyasi va qonunlari, davlatimiz ramzlari, milliy urf - odatlar va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik. Fidoyilik - tabiyiy boyliklardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, ota - bobolarimiz qoldirgan ma’daniy me’roslarni to’plash, o’rganish. Pedagogning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi: 1. Pedagogning shaxsiy fazilatlar bo’yicha tayyorgarligi. 2. Pedagogning ruhiy - psixologik tayyorgarligi. 3. Pedagogning ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan tayyorgarligi. 4. Pedagogning maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarini egallab borishi. Pedagog faoliyatida pedagogik qobiliyat va uning o’ziga xos xususiyatlari. Pedagog eng avvalo mulohazali,bosiq, har qanday pedagogic vaziyatni to’g’ri baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. Muloqat jaroyonida pedagogning so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihoqlik, samimiylik, do’stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin. Hozirgi sharoitda jamiyatning pedagoglik kasbiga nisbatan qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’gri tashkil qilish vazifasi pedagogga bog’liq. Ijodiy faoliyat olib boruvchi pedagog faqatgina ta’lim oluvchilarni muvaffaqiyatlarini o’qitish va tarbiyalash, ilg’or pedagoglar ish tajiriybalarini o’rgaish bilangina sheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon pedagogi fan va texnika taraqqiyotining eng so’nggi yutuqlaridan foydalanishi, o’z kasbiy faoliyatida yangi pedagogic texnologiyalarni unumli qo’llay olishi taqozo etiladi. Qobiliyat - shaxsning individual - psixologik xususiyati bo’lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqatli va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart - sharoyatini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig’indisiga aytiladi. Zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual - psixologik xususiyat bo’lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his - tuyg’ulariga qarama - qarshi qo’yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo’yilishi kerak. Qobiliyatni inson tug’ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi. Govard Gardner qobiliyatlarini intelektlar to’plami deb atadi va uning yettida jihatini ajratib ko’rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini pedagog pedagogic mahoratni takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveyeva ushbu jihatalarini psixologik texnologiya bilan kuchaytirib, modifikatsiyalaydi va pedagogning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarini ko’rsatib o’tadi: Muloqat qilish (kommunikativlik) qobiliyati: pedagogning dars va darsdan tashqari jarayonlarida guruhda ijobiy ruhiy iqlim yarata olishi, Voqealarni oldindan ko’ra olish qobiliyati, Ushbu qobiliyat turi har bir pedagogning sergakligida, ta’lim oluvchilarning ruhiystini, ichki dunyosini ko’ra olishida namoyon bo’ladi. Shunda, pedagog kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi. Eshitish va his qilish qobiliyati, Bunday qobiliyatga ega bo’lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamaciya asosida yaxshi o’qishadi, eshitgan narsani xotirada saqlaydi, ayniqsa, she’r va qo’shiqlarni sevib tinglaydi. Kinestetik (teri muskul) qobiliyati, Pedagogning o’z hatti harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilib yo’naltiradi, vaqtni, harakat su’ratini his qilish, maishiy qulayliklarni yarata olish, hayot marhamatlaridan rahotlanish. Mantiqiy qobiliyat, Molohoza yuritishni, raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni sevish, sababaiyat va natiyjalarni tushinish malakasi, voqealikda asosiyni ikkinchi darajasidan ajirata olish. Shaxsning ichki qobiliyati, o’z - o’zini bilish tushunish va his qilish qobiliyati. Erkin shaxsda qo’rquv yoki noerkinlik tuyg’usi kamdan - kam holda bo’ladi. Qobilyat pedagogning individual imkoniyatlarini xarekterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyat li pedagoglar o’z faoliyatlarida ham qobiliyati pas kishilarga qaraganda ko’proq yutuqqa erishadilar. Qobiliyat shaxsning ham umumiy maxsus rivojlanishida tezroq siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yo’qori natiyjalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi. Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim - bu ilmiymutolaa natiyjasidir, qobilyat esa insonning psixologik va pziologik tuzilishi xususiyatidir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart - sharoit bo’lib, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish maqsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jaroyonida qobiliyat mukammmallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqiniroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakalardir. Download 74.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling