1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari


Download 74.86 Kb.
bet1/8
Sana13.04.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1352979
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarbiyachining pedagogik mahorati 2020


Tarbiyachining pedagogik
mahorati

Tarbiyachining pedagogik mahorati

Reja:
1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
2. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
3. Pedagogik qobiliyat va uning asosiy turlari.

Pedagogik mahorat haqida tushuncha.

Pedagogik kasbi o’z mohiyatiga ko’ra individualdir. Har bir pedagogning hayotiy o’rni o’z ishining ustasi bo’lishi , usta (master) juda ilg’or ,bilimdon yoki o’z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Pedagoglik mahorati uning faoliyatida ko’rinadi. Pedagog eng avvalo, pedagogik jarayon qonuniyatlari va mexanizimlarini yaxshi egallagan bo’lishi lozim.


Chu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi kata ahamiyatga ega.
Mahorat - bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada usta bo’lish mumkin emas. Mahoratga erishish ham , erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog’idagina go’zaldir.
Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muyyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajiribasi, fuqorolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
Pedagogik mahorat kategoriya sifatida o’zining ilmiy asosolariga ega. So’ngi yillardagi ilmiy yondashuvlar bu holatga nisbatan quydagicha xulosa qilishag imkon berdi: pedagogic mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko’rinishi sifatida tushuniladi.
Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan kishi induvidulligini xarakterlaydi. Xo’sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiayti nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo’ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi ilmiy manbalarda pedagogik mahorat tushunchasiga nisbatan turlicha izohlarga duch kelmiz. Bu tushuncha mohiyatning aniqroq ta’rifi “Pedagogik enseklopediya” da berilgan. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta’rif pedagogik mazmun-mohiyatini ancha to’g’ri yoritadi. “Tarbiya va o’qitishda yo’qori na’tiyjaga erishish va uni doimo takomillashtirib boorish imkoni ta’minlovchi san’at bo’lib, talabaga mehr qo’ygan o’z kasbini sevgan, har bir pedagogning qiladigan ishi. O’z ishining mohir ustasi bo’lgan pedagog - bu yuksak daraja madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san’atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubyotini mukammal egallagan mutaxassisdir” .
Bu ta’rifni yaxshi tushinib, uning ma’no mohiyatini tahlil etadigan bo’lsak, ushbu ta’rifda pedagogic mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajiratish mumkin bo’ladi:
1.Umumiy madaniyatning yuqori darajasi hamda bilimdonlik va aql zakovatining yuksak ko’rsatgichi.
2.O’zining o’qitayotgan faniga doir keng va bilim sohibi.
3.Pedagogika umumiy va pedagogik - psixologiya kabi fanlar soxasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ulardan o’qitish va tarbiyalash ishlari tajiribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish.
4.O’quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini egallagan bo’lishi.
Mustaqil O’zbekistonda qurilayotgan demokratik huquqiy davlatda faoliyat ko’rsatadigan pedagog qanday bo’lishi kerak? Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asos - bu insonfarvarlik. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo’lgan shaxs. U juda ko’p narsani bilishi kerak. Hozirgi zamonda o’zi o’qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo’lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarni har kuni mashg’ulotlarini o’rgatib borishi uchun o’zi muntazam o’qib, o’rganib, oz’i bilimini to’ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak.
Demak, pedagog, pedagogik mahoratning asosiysi o’z ustida mustaqil o’qishidir. O’zbekiston mustaqillikga erishgannan keyin, ta’lim - tarbiya sohasida milliy ahloq, adobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, a’nanalarini joy - joyiga qo’yish milliy qadiriyatlarni yanada rivojlantirish qususida buyuk burilishlar bo’lgani barchaga ayon. Davlatning buyuk kelajagi, albatta, yoshlarni chuqur bilim va pokiza odob aqloqli qalb egasi ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim.
Bu muommoda mahoratli, bilimli pedagoglarning o’rni muhim va pedagogik mahorat fanining ro’li ulkan.
O’zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov o’zlarinig qator nutqlari va asarlarida ta’lim - tarbiya masalalariga to’qtalar ekanlar, eng avvolo, pedagoglik kasbiga e’tibor berib, bu mashaqatli va sharafli ekanligini jamiyatimizda ta’lim berish tizimin zamon talablari asosida yangilash, munosib avlodni shakllantirishni faoliyati bilan bog’lab, uning o’zida ana shu xususiyatlar bo’lishini ko’rsatib turadi. Pedagogik mahorat - tug’ma yoki nasldan - naslga o’tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Bu ko’p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat yotadi.
Agar pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qarasa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati - mahoratidan ibaorat. Pedagogik mahoratga berilgan ta’riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari ifodalanadi.
Mahorat - bu yuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san’atidan iborat. Pedagog o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san’atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixolologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi ham da yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassisdir. Bo’lajak mutaxasislarning mahoratini oshirishda ma’ruza darslarining o’rni qanchalik zarur bo’lsa, seminar mashg’ulotlarining o’rni ham shunchalik muhimdir.
“Pedagogik mahorat” fanining maqsadi - pedagoglarga kasbiy ijod, mahorat malakalarini shakllantirish, pedagogik texnikani egallash to’g’risida tushuncha berishdan iborat.
Pedagogik mahorat - bu tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, hayrihohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, erudiciyasi va h.k) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o’z fanini chuqur va atroflicha bilishda, psixologik va metodik tayorgarlikda, yoshlarni o’rgatish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo’llarini izlab topib amaliy faoliyatda.


Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling