1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari


Download 74.86 Kb.
bet3/8
Sana13.04.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1352979
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarbiyachining pedagogik mahorati 2020

Tarbiyachining kasbiy mahorati.
Avvalo, tarbiyachinig kasbiy mahoratiga ta’rif beraylik. Tarbiyachinig kasbiy mahorati - bu ma’lum shaxsiy(bolalarni sevishi, mehribonligi, hayrihohligi va h.k.), va kasbiy (bilimdonligi, javovgarlikni his qilishi, ijodkorligi , eruditsiyasi va h.k ) fazilatlarining yig’indisi hisoblanib, u pedagogic - psixologik, usuliy tayyorgarligifda, bolalrni tarbiyalashning optimal yo’llarini izlab topishida namoyon bo’ladi. Shuning uchun, tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi.
Murabbiy faoliyat mahoratini qanday vazifalar belgilaydi? Mohir avvalo, mafkuraviy tayyorgarlikga ega bo’lishi lozim. Bu deganimiz, milliy qadriyatlar, urf - odatlar, ana’nalarni bilishi va ularni yoshlar ongiga yetkazib, tarbiyalanuvchilarni ota - bobolarimiz yaratgan boy me’rosga hurmatni tarbiyalay olishi kerak. Buning uchun avvalo murabbiyning o’zi milliy qadriyatlarning mohiyat - mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat e’tiqodli bo’la olishi darkor. Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy - ahloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash tarbiyalanuvchilarda bobolar, avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagoglik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogic ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuztuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik, qattiylik va maqsadga intilish, vazminlik, o’zini tuta bilish kasbiy layoqatlilik.
Bilim sahosiga: keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intelektual qiziqish , yangilikni his qila bilish.
Faoliyatlar kishini duch kelgan hodisalarni tahlil qilish umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi.
Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko’nikmalarni faoliyatning ma’lum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.
Xo’sh, pedagog mahorati nima va nimalarda tashkil topgan?
Bu fahm - farosat va bilimlarning chinakkam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarning yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlik bolalar qalbinig qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donalik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobilyat mujassamdir.
Shuni alohida qayd qilib o’tmoq zarurki, pedagoglik kasbi murakkab va ma’suliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo’lgan insob bilan muloqatda bo’ladi. Ongli va tirik jonzot esa ahliy, ruhiy va jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo’ladi. Shuning ushun, u bilan doimo muloqatda bo’lganda, unga ta’sir ko’rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o’rganib, o’z kasbiy mahorati ustida ish olib borishi kerak. Bu tarbiyachilarda pedagogik - psixologik va metodik tayyorgarlikni ta’minlaydi. Pedagogik mahorat - pedagogic jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo’lga qo’yib, bo’lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy faoliyatlar egasi bo’lishi lozim. Pedagogning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon - e’tiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyij va faollligi, adob - axloqi, fuqoralik burchlarini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qattiyligi va maqsadga intilishi, insonprvarligi, huquqiy bilimdonligi, va h.k.lar kiradi. Bular pedagoglarda kasbiy xususiyatlarni o’zida tarbiyalab borishga ko’maklashadi.
Yuqorida qayd etilib o’tilgan va pedagogic mahoratga berilgan ta’rif hamda tarbiyachining professiogrammasi xususiyatlari va pedagoglarga qo’yiladigan ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy - madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qismlar) dan iborat.

Pedagogik muomila

Pedagogik ijod



Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling